Bir xil so'zni ko 'p takrorlash.
-Yozda oromgohga bordim. Yozda yahshi dam oldim.
-Bog'da daraxtlar ko'p. Daraxtlar kurtak chiqardi. Daraxtlarni oqladik.
-Biz sayohatga chiqdik. Hayvonot bog'iga chiqdik,
Xatoning sabablari:
o' quvchi so'zboyligiga ega emas;
sinonimlarni bilmaydi;
v) matnga e'tibor kam.
Bartaraf etish usullari:
xatoni o'quvchining o'ziga toptirish;
xato yozilgan gapni to'grilab ko'chirtirish;
v)sinonimlar ustida ishlash;
So 'zni o'z o’rnida qo'llamaslik:
-ariqlarda suvlar oshyapti;
-bog’larda daraxtlar ochilyapti;
-novdalarda gullar chiqyapti.
Xatoning sabablari:
bola so'z ma'nosini yaxshi tushunmaydi;
so'z birikmasi tuzishni bilmaydi.
Bartaraf etish usullari:
a) tuzilgan birikma ustida suhbat;
b) birikma tuzish mashqlari o'tkazish
v) so'z ma'nolari bo'yicha suhbat..
Shevaga xos so 'zlarni ishlatish:
-Daraxtlarga shati qo'ydik;
-Bahorda tolaga chiqdik;
-Bizning eshikda turli gullar ko'p.
Xatoning sabablari:
bola doimo shevaga xos so’zlarni ishlatadi;
dialektal so'z variantini bilmaydi.
Bartaraf etish usullari:
dialektal so’zning adabiy tildagi variantini eslatib borish;
dialektal so'zni adabiy tilidagi varianti bilan almashtirish mashqlarini o'tkazib borish;
O'qituvchi: O’quvchilar:
shati narvon
tola dala
eshik hovli
jiji chaqaloq
Do'stlaringiz bilan baham: |