Yozma ishlar hatosi ustida ishlash darslari ishlanmasini tuzish
Download 426.5 Kb.
|
Yozma ishlar hatosi ustida ishlash darslari ishlanmasini tuzish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim metodi va texnikasi
7.1. O’quvchilar yozma ishlarda uchraydigan xatolar va ularning turlari Amaliy mashg’ulot rejasi: 1. Xatolar ustida ishlash darsini tashkil qilish yuzasidan ma’ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarning amalda qo’llanish jarayonini kuzatish. 2. Maktabda kuzatilgan dars tahlili. 3. Kuzatilgan darslar yuzasidan tavsiyalar. 4. Talabalarni baholash. Xatolar ustida ishlash darsini o’rganish yuzasidan ma’ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarning amalda qo’llanish jarayoni bilan tanishtirish va amalda qo’llash ko’nikmalarini shaklantirish. Xatolar ustida ishlash darsini o’rganish dars reja-konspektini tuzish ko’nikmasini hosil qilish. 1. Maktabda Xatolar ustida ishlash darsini o’rganish yuzasidan ma’ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarini amalda tatbiq eta olishni. 2. Xatolar ustida ishlash darsining qurilishini, ishlanmasini o’rganish va mustaqil dars ishlanma tuza olishni bilish. 3. Kuzatilgan dars yuzasidan dars tahlili va yozma hisobot shaklini tayyorlay olishi. 4. Savol-javob va bahs-munozarada qatnashish, berilgan topshiriqlarni bajarish. Ta’lim metodi va texnikasi: Savol-javob, tahlil qilish, izlanish, kuzatish, mustaqil ishlash. Yozma va kompyuter texnologiyasidan foydalanish: taqdimot, ko’rgazmalar. 1. O’qituvchining taqvim-rejasidan xatolar ustida ishlash darsini hajmi va mavzusini belgilaydilar. 2. O’rganiladigan mavzu yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarni kuzatish. 3. O’qituvchilar uchun tavsiya qilingan metodik qo’llanmadagi berilgan mavzu yuzasidan dars ishlanmasini kuzatish va mustaqil dars ishlanma tuzish. 4. 1-4-sinf “Ona tili”da berilgan darslarni tahlil qilish. 5. Mavzu yuzasidan o‘tilgan darsni kuzatish: a) darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga qay darajada erishildi? b) darsning har bir bosqichi dars oldiga qo’yilgan umumiy ta’limiy va tarbiyaviy maqsadni ochishga qaratilganligi; c) darsda qo’llangan metodlarni samaradorligi, o’quvchilarni faollashtirish usullari; d) xatolar ustida ishlash darsini uchun tanlangan matn ustida ishlashda qo’llanilgan usullar haqida bilishi; e) darsni mustahkamlashda qanday vositalar qo’llandi? f) vaqtdan foydalanish va o’quvchilarni baholash darajasi; j) darsni yakunlash va umumlashtirish qanday uyushtirildi? O'quvchilar yo'l qo'ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o'rganish asosida nutqqa oid xatolarni to'g'rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi: nutqqa oid xatolarni o’quvchilar daftarida to’g’rilash; sinf o’quvchilari uchun umumiy boigan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15—20 daqiqalik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, o'quvchilarning yoi qo'yilgan xatoni mustaqil ravishda topishiga va uni to'g'rilashiga imkon beriladi); ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va to’g’rilash; yo’l qo'yilishi mumkin boigan nutqiy xatolarning oldini olishga qaratilgan uslubiy mashqlar tizimi (o’qish va grammatika darslarida matnni til tomonidan tahlil qilish O’quvchilar yoi qo'ygan xato ustida ishlash uchun asos boiib xizmat qiladi); o'quvchilarni tuziladigan matn leksikasidan, ayrim sintaktik qurilmalardan foydalanishga tayyorlash maqsadida har bir hikoya, insho, bayondan oldin uni til jihatidan mashq qilish; imkoni boisa, grammatik mavzu o'rganilayotganda, shu mavzu xatoning oldini olish uchun asos bo’lib xizmat qilishini ko’rsatish — tushuntirish; o'quvchilarni yozgan insho va bayonlarini o’zlari tekshirishiga va mustaqil takomillashtirishi („tahrir qilish“)ga maxsus o’rgatish. Ko’rsatilgan yo'nalishlarning hammasi har bir sinf O’quvchilari uchun, ayniqsa, 3- va 4-sinf o'quvchilari uchun muvofiq keladi. Nutqiy xatolarni to'g'rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bogiab, maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi. Download 426.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling