Yozma ishlar va ularning turlari
Nazoratga qaratilgan insholar
Download 225.5 Kb.
|
4-ma\'ruza. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rik-tanlov uchun yozilgan insholar
Nazoratga qaratilgan insholar, odatda, katta bo‘limlar o‘rganilgandan keyin yoki chorak va o‘quv yili so‘ngida o‘tkazilishi mumkin. Ular, asosan, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. Shuning uchun insho mavzusi oldindan e’lon qilinmaydi. Bu insholar avval qoralama nusxada bajarilib, keyin takomillashtirilgach, oqqa ko‘chiriladi. Odatda, nazorat maqsadini ko‘zlagan insholarga ikki soat vaqt ajratiladi.
Nazoratga qaratilgan insholar til o‘qitish amaliyotida va reyting tizimida ham katta bo‘limlar, mavzular o‘rganilganidan so‘ng yoki chorak oxirida, ya’ni oraliq nazorat va yakuniy nazoratda o‘tkaziladi. Ular, asosan, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish, sinash maqsadida tashkil qilinadi. Bunday insholar o‘z mavzusiga ko‘ra ilmiy, adabiy va erkin insho ko‘rinishida bo‘ladi. Ko‘rik-tanlov uchun yozilgan insholar sinf yoki maktab doirasidagi ko‘rik-tanlov, ma’lum bir nomdagi tanlov g‘oliblarini aniqlash maqsadida, fan olimpiadalari bosqichlarida o‘tkaziladi. Ona tilidan insho mavzulari dasturi oldindan e’lon qilinadi; o‘quvchilar ko‘rik-tanlov shartlari bilan tanishtiriladi. Shubhasiz, g‘olib o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan bunday ko‘riklar ijodiy ishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Inshoning bu turlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ta’limiy insholar ayni vaqtda nazorat uchun ham xizmat qiladi. Har qanday nazorat qilishga qaratilgan insho ta’limiy maqsadni ko‘zlaydi. Ko‘rik-tanlov uchun yozilgan insholar ham ta’limiy maqsad, ham tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Mavzu tanlash, asosiy g‘oyani belgilash, material yig‘ish, reja tuzish, shu asosda to‘plangan materialni saralash, fikrni muayyan izchillikda bayon qilish, yozilgan matnni qayta ishlash va takomillashtirish kabi vazifalar barcha turdagi insholar uchun xosdir. Yuqorida tilga olingan insho turlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular ustida ishlash usullari ham bir-biridan farq qiladi. Matn yaratishning ham o‘ziga xos usullari, darajalari, yuzaga kelish sabablari mavjud. Tabiat tasvirini yaratish insonning tashqi qiyofasini tasvirlashdan tamomila farq qiladi. Har bir insho turining alohida o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutish lozim bo‘ladi. Insho mustaqil yaratiladigan o‘ziga xos ijod mahsuli bo‘lib, o‘quvchi faoliyatining eng murakkab ko‘rinishi hisoblanadi. Inshoda o‘quvchining o‘zligi namoyon bo‘ladi. Uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga, o‘zgalarga, jamiyatga munosabati, axloqiy-ma’naviy saviyasi, mustaqil turmushga tayyorlik darajasi aks etadi. Boshqacha aytganda, insho o‘quvchining qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi ko‘zgudir. Bu ko‘zgu orqali u nafaqat o‘zini ko‘radi, balki boshqalarga o‘zligini tanitadi, munosabatini ifoda etadi, qalb tuyg‘ularini, fikr-o‘ylarini, ichki kechinmalarini bayon qiladi. Insho o‘quvchining ijodiy fikrlash darajasi, dunyoqarashi, adabiy til me’yorlarini nutqiy vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatlarini belgilovchi asosiy mezondir. Download 225.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling