Adabiyotlar:
O.Madayev, A.Sobirov, Z.Xolmanova, Sh.Toshmirzayeva, G.Ziyodullayeva, M.Shamsiyeva. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. -Toshkent “Turon zamin ziyo”, 2017.
G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T: Fan va texnologiyalar, 2012.
Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.
To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
5- 6- MAVZU.
DIKTANT VA UNING TURLARI. DIKTANTGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1.Ona tili ta’limida diktantning o‘rni
2.Diktant va uning turlari
3.Diktantga qo‘yiladigan talablar
Tayanch so‘z va iboralar: diktant, imloviy savodxonlik, o‘qish texnikasi, nutqni tashkil etish texnikasi, matn mazmunini tushunish malakasi, mantiqiy tafakkurini o‘stirish
Diktant lotincha dictare “hadeb gapiravermoq”, “takrorlamoq”; “aytib turib” ma’nolarini ifoda etadi. Imloviy va punktuatsion qoidalarning o‘zlashtirilish darajasini tekshirish uchun aytib turib yozdiriladigan yozma ish. (O‘TIL, I, 611)
O‘quvchilarning savodxonlik darajasini oshirishda diktantning o‘rni katta. Diktantning samaradorligi mavzu va uning mazmuni, maqsadning aniqligi hamda metodning izchilligiga ko‘ra belgilanadi. Diktant hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari talablariga javob berishi, uning mazmuni muayyan sinf o‘quvchilari uchun tushunarli bo‘lishi va bog‘lanishli matn asosida tuzilishi zarur.
Ta’limiy diktantlar biror imlo qoidasi bilan bog‘liq bo‘lgan fonetik, so‘z yasalishi va morfologik mavzuni mustahkamlash, o‘quvchi ongiga singdirish va uni yozuvda qo‘llashga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. Ta’limiy diktantlar sinfda o‘qituvchi va o‘quvchilarning faol ishtirokida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |