Yozma ishlar va ularning turlari


Download 225.5 Kb.
bet12/21
Sana28.10.2023
Hajmi225.5 Kb.
#1729740
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
4-ma\'ruza. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi

Tavsifiy bayon — nisbatan murakkab yozma ish turi. Tavsifiy bayonlarda narsa-buyum (hodisa, holat, shaxsning tashqi qiyofasi) va belgilarining to‘liq tasviri aks etadi. Bu tipdagi bayon turini yozishda umumiy kartinani tashkil etuvchi har bir predmet, kichik detalni ham ko‘zdan qochirmaslik kerak.
Narsa-buyum tavsifi bilan bog‘liq matnni o‘zlashtirishda o‘quvchi quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:
1. Narsa-buyum qanday detallardan iborat ekanligini va narsa-buyumni tavsiflashda nega aynan shu belgilar tanlanganligini izohlay olishi kerak.
2. Bu detalning matnda aks etgan belgilarini tavsiflash talab qilinadi.
3. Bu belgilarning guruhlanishiga e’tibor qaratish lozim.
4. Qaysi til vositalaridan foydalanilganligini tahlil qila bilishi kerak.
Bu talablarga javob berish tavsifiy bayonga tayyorgarlikni ifoda etadi. Bu tayyorgarlikda mavjudlik va mavjud emaslikni farqlash; ularni butun kartinani tasvirlash jarayonida tavsiflash kerak bo‘ladi. Masalan, kitoblarni, kartinalarni, markalar kolleksiyasini, nishonlarni yig‘ish, kutubxona, muzey, ona yurtning diqqatga sazovor joylarini tavsiflash jarayonida xotira pand bersa, matn to‘lig‘icha esda qolmasa, eruditsiya yordamga kelishi mumkin: bu sohadagi shaxsiy taassurotlar va qo‘shimcha bilim bayon yozishda asqotadi.
Muhokama bayon o‘quvchilardan ko‘proq bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab etadi. Bu o‘rinda tafakkurning tahlil qilinishi, “Nima va qayerda sodir bo‘lyapti?” savoligagina emas, “Nima sababdan yuz beryapti?”, “Sodir bo‘lish manbai nimada?”, “Kelajakdagi rejalar qanday?” kabi savollarga ham javob berish talab qilinadi.
Bayon yozish uchun o‘qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlash;

  • faktik materialni o‘ziga xos tartibda keltirish;

  • til vositalarini saralash;

  • matnni uchinchi shaxs tilidan bayon qilish.

  • o‘qib eshittirilgan matndan ma’lum xulosalar bilan asoslangan mustaqil fikr, mulohazalarni to‘g‘ri tartiblash kerak bo‘ladi.

Muhokama bayon mantiqiy tafakkurni o‘stirishda, matndan qisqa xulosa chiqarishda, tezislarga ajratib tahlil qilishda ahamiyatlidir.
Agar o‘quvchining xotirasi mustahkam bo‘lsa, berilgan matndagi faktik materialni, asosiy mantiqni, mazmunni, xulosani ajrata olsa, og‘zaki va yozma nutq me’yorlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lsa, batafsil bayon matnini yarata oladi. O‘quvchi asosiy fikr bilan ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan mulohazani ajrata olmasa, xotirasi kuchsiz bo‘lsa, o‘qilgan matnning barcha qirralarini yorita olmasa, matnning mohiyati qolib keraksiz ma’lumotlarni keltirsa, bayon matnini qisqa yozgani ma’qul.
Sinov maqsadida o‘tkazilgan bayonlarda matnni imkon qadar aniq, ravon uslubda, izchil, mantiqiy jihatdan muvofiq tarzda, tavsiflangan voqea-hodisaning muhim elementlarini tushirib qoldirmasdan, kamida ikki-uch standart sahifa hajmida yozish talab qilinadi.
Bayon o‘tkazishda uning barcha turlari (ijodiy, saylanma, ixcham, matnga yaqinlashtirilgan bayon, qisqartirilgan bayon, tekshiruv-sinov bayoni)da o‘quvchilar matnni qanday tushunganliklari, o‘z fikr va tushunchalarini qanday ifodalaganliklari, nutq malakasi va savodxonligini sinab ko‘rish talab etiladi. Bayon nazorat shaklida o‘tkaziladi.
Bayon yozish uchun tavsiyalar:

  1. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing (eshiting).

  2. Siz uchun tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar ma’nosini aniqlang.

  3. Matnning asosiy mazmunini anglab oling. Mazmunni yoritish uchun muhim bo‘lgan so‘z, so‘z birikmasi va gap (jumla)ni toping.

  4. Matnni qismlarga bo‘ling va ularga sarlavha qo‘ying.

  5. Tinish belgilarining o‘rni va vazifalarini anglab oling.

  6. Matnni yozishdan oldin yana bir bor o‘qib chiqing (yoki eshiting).

Bayonni baholash mezoni:


Bayon va insho uchun baho me’yor va mezonini alohida-alohida belgilash muhim amaliy va didaktik ahamiyat kasb etadi. Chunki bayon va insho tabiatan bir-biridan farqlanadi.



Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling