Yozuv, uning paydo bo`lishi, taraqqiyoti va yozuv vositalari


Download 394.14 Kb.
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi394.14 Kb.
#1045522
1   2   3   4
Bog'liq
Yozuv-uning-paydo-bo`lishi

Penna kamari (maktub)
XVII asr oxirida muhim siyosiy hujjat hisoblangan vampum ham bizga ma`lum. Penna vampumi deb ataluvchi, o`rtasiga ikkita qora shakl (kishi shakli) tushirilgan bu oq kamarni lenilenape qabilasidan bo`lgan hindular o`rtasidagi tinchlik va hamkorlik garovi sifatida taqdim qilganlar.
Hozirgi Peruning azalgi aholisi inklarning tugunlardan iborat maktubi – kipu - buyumli Yozuvning ajoyib namunasi bo`lib hisoblanadi. Bunda buyumli Yozuvning hamma imkoniyatlari ochib berilgan, deb sanaladi. Kipu chalkash-chulkash bog`langan, tugilgan tizimchalar osilgan yo`g`on arqon yoki tayoqchadan iborat maktubdir. Tizimchalar va tugunlarning soni, ularning katta-kichikligi, joylashishi va rangi turli ma`noni anglatgan. Kipuning og`irligi ba`zan to`rt kilogrammcha kelgan. Bo`yalmagan tizimchalar sonli hisob uchun va muhim
voqea-hodisalarni yodlab qolish uchun, rang-barang tizimchalar esa ancha murakkab xabarlar uchun qo`llanilgan.
Hindlarda har bir rang muayyan ma`noni: qora rang - baxtsizlikni, o`limni, binafsharang - xavf-xatafni yoki dushmanlikni, qizil rang - urushni, oq rang - tinchlikni, sariq rang - oltinni, yashil rang - don-dunni bildirgan. Hindlar turli ranglarni va tugunlarni turlicha qo`shib ishlatib har xil xabarlarni bildirish imkoniyatiga ega bo`lganlar. Ba`zi olimlar, kipuga qonunlar majmui, xronikalar, xatto she`rlar yozilgan bo`lishi mumkin, degan fikrni aytmokdalar. Boshqa olimlar esa murakkab Yozuvlarni tugunlar va rangba-rang tizimcha yordamida amalga oshirish mumkin emas demoqdalar.

Piktografiya yoki rasmlardan iborat yozuv


Piktografiya yoki rasmlardan iborat Yozuv zamonaviy Yozuvga olib boradigan yo`ldagi navbatdagi bosqich bo`ldi. Uning xususiyati axborot uzatish bilan belgilanar edi. Rasmlardan iborat Yozuvning xususiyati shuki, bunda fikr ayrim tushunchalarga ajratib emas. balki to`la ifodalanadi. Piktogrammaning eng mayda parchalari (fragmentlari) ham, zamonaviy Yozuvdagi jumlalar singari, mazmunan tugaldir. Jumla tarkibiy qismlarga bo`linadi, ammo piktogramma bo`linmaydi. Piktogramma harakatni, voqea-hodisani tasvirlaydi, lekin og`zaki tilni, buyumlarning nomlarini mutlaqo aks ettirmaydi. Piktogramma nimani tasvirlasa o`shani ifodalaydi, unda simvolika yo`q. SHuning uchun piktogrammani har bir kishi, qanday tilda gapirishdan qat`i nazar, sharhlab berishi mumkin.
Piktogrammalar ov haqidagi ma`lumotlarni, ro`zg`or ishlari bilan bog`lik, Yozuvlarni, jangovar yurishlar, bosqinchiliklar, to`qnashuvlar to`g`risidagi xabarlarni, kuf-suflarni (ular ayniqsa SHimoliy Amerika hindulari o`rtasida, shuningdek Indoneziyada ko`p tarqalgan), siyosiy shartnomalarni, arznomalarni, ultimatumlar va sevgi maktublarini o`z ichiga olgan.
Piktogrammalarni izohlash uchun eng qulayi she`riy formadir. Erliklardan biri qiroat bilan o`qigan bunday she`rning har satri ayrim rasmni ifodalaydi.
Piktografiya ibtidoiy san`at quchog`ida vujudga keldi. Olimlar insonlarning bundan 40—10 ming yil ilgari qadimgi paleolit davrida chizgan rasmlarini topishgan. Qadimgi odam toshni o`yib naqsh solgan, suyakka belgilar o`ygan, g`or devorlariga hayvonlar: bizon, mamont, ohular, karkidon, otlar, bug`ular yoki odamlar tasvirini bo`yoqlar bilan chizgan. Bu bilan u go`yo dunyoni bilib olgan va tasvirlagan.
Evropada eramizdan oldingi to`qqizinchi-oltinchi ming yillik deb sana qo`yilgan mezolit davrida umumiy mazmunga birlashtirilgan murakkab tasviriy kompozitsiyalar yanada ko`proq tarqalgan. Ular rasmlar bilan ifodalangan tugal hikoyaga o`xshaydi.

Download 394.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling