Yozuv, uning paydo bo`lishi, taraqqiyoti va yozuv vositalari


Download 394.14 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi394.14 Kb.
#1045522
  1   2   3   4
Bog'liq
Yozuv-uning-paydo-bo`lishi

O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti

Tilshunoslik fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Tilning paydo bo’lish to’g’risidagi nazariyalar.

Bajardi: ______________________

_______________________

Tekshirdi: ______________________

Tilning paydo bo’lish to’g’risidagi nazariyalar. Yozuv, uning paydo bo`lishi, taraqqiyoti va yozuv vositalari


Shakldan harfga o`tish
uchun zaruriyat.
Piktografiya yoki rasmlardan
iborat yozuvlar
Yozuvning paydo bo`lishi uchun
turtki bo`lgan omillar.
REJA:
Yozuvning paydo bo`lishi uchun turtki bo`lgan omillar.
Kishilik jamiyati o`z tarixining ko`proq qismini Yozuvsiz o`tkazgan. U Yozuvga etib kelguncha uzoq yo`lni bosib o`tgan va nutqni yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo`llanila boshlagan. Bu qariyb olti ming yil ilgari, eramizdan oldingi to`rtinchi ming yillikda sodir bo`lgan, deb hisoblaniladi. Biroq 1901 yili Transilvaniyada, Terteriya posyolkasi (Ruminiya) yaqinida arxeologlar juda ham ko`p sirli rasm-belgilar chizilgan uchta sopol taxtacha topishdi. Bular deyarli etti ming yillik o`tmishga ega yozma yodgorliklar edi.
    • Odamning tajribasi va bilimi orta borgan sari unda bilganlarini yodda tutish va boshqalarga berish zarurati tug`ildi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va uzatish problemasi kelib chiqdi.Bevosita aloqa bog`lash yo`li bilan buni amalga oshirish qiyin emas edi, biroq bu holda inson xotirasining mukammal emasligi tufayli ko`p axborotlar esdan chiqib qolgan, yo`qolgan. Bunga fazo hamda vaqt asosiy to`sik bo`lib, yozilgan so`zgina ulardan ustun kela olardi.

Buyumlardan dastlab mnemonika vositalari yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy Yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo`ldagi birinchi qadam bo`ldi. Bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Biror narsani eslab qolish uchun ro`molning uchini tugish odati shundan qolgan.
So`ngra buyumlarga konkret ma`no berila boshlagan. Ular oldindan kelishib olingan narsalarni bildiruvchi o`ziga xos signallar, shartli belgilar bo`lib hisoblangan. Cho`pxatga yoki daraxt tanasiga kertib belgi solish, tugunlar, tizimchalar, urush e`lon qilish vaqtida esa kamon o`qi va boshqa buyumlar Shunday shartli belgi vazifasini o`tagan. Buyumga ma`no birkitib qo`yishning bu usuli «buyumli Yozuv» deb atalgan.
    • Son, raqamlarni bildirish uchun, masalan, taxtachalarga kertib shartli belgilar o`yilgan. Bu xatcho`plardan har xil shartnomalar tuzishda foydalanilgan. SHartnoma tuzishda xatcho`pni bo`yiga qoq o`rtasidan bo`lib, yarmi bir tomonga, ikkinchi yarmi ikkinchi tomonga berilgan.

Buyumlardan dastlab mnemonika vositalari yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy Yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo`ldagi birinchi qadam bo`ldi. Bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Biror narsani eslab qolish uchun ro`molning uchini tugish odati shundan qolgan.
So`ngra buyumlarga konkret ma`no berila boshlagan. Ular oldindan kelishib olingan narsalarni bildiruvchi o`ziga xos signallar, shartli belgilar bo`lib hisoblangan. Cho`pxatga yoki daraxt tanasiga kertib belgi solish, tugunlar, tizimchalar, urush e`lon qilish vaqtida esa kamon o`qi va boshqa buyumlar Shunday shartli belgi vazifasini o`tagan. Buyumga ma`no birkitib qo`yishning bu usuli «buyumli Yozuv» deb atalgan.
Son, raqamlarni bildirish uchun, masalan, taxtachalarga kertib shartli belgilar o`yilgan. Bu xatcho`plardan har xil shartnomalar tuzishda foydalanilgan. SHartnoma tuzishda xatcho`pni bo`yiga qoq o`rtasidan bo`lib, yarmi bir tomonga, ikkinchi yarmi ikkinchi tomonga berilgan.
Xatcho`p bo`lakchalari birlashtirilganda kertiklar bir-biriga mos kelgan. Xatcho`plar kalendar sifatida ham qo`llanilgan (unga kunlar, haftalar soni va xakazolar o`yilgan). Ular qarz shartnomalarida tilxat o`rnida ham xizmat qilgan. Xotirada uzoq vaqt saqlab turilishi lozim bo`lgan voqealar to`g`risidagi unutilmas ma`lumotlar ro`yxati sifatida ham xatcho`plardan foydalanilgan.
To`g`ri hisob-kitob uchun hisoblash tizimchalari qo`llanilgan. Ular perulik cho`ponlarda, Latin Amerikasi va Afrikaning boshqa ba`zi xalqlarida hozir ham bor. Bir tizimcha ho`kizlarni, boshqa tizimcha sigirlarni sanash uchun xizmat qiladi; bu tizimcha ikki tutamga ajratiladi - bir tutami bilan sog`im sigirlar va boshqa tutami bilan bo`g`oz sigirlar sanaladi. Uchinchi tizimcha buzoqlarni sanash uchun ishlatiladi. Tizimchadagi tugunlar soni shu cho`ponning podasida necha bosh mol borligini bildiradi.
«Axborot hassalari» ham o`ziga xos buyum-maktub vazifasini o`tagan. Ular Qadimgi Evropada, Qadimgi Xitoyda, avstriyalik va afrikalik qabilalar o`rtasida mashhur bo`lgan. Boshqa qabilaning elchisi olib kelgan hassa tashrif buyurgan shaxsning vakolatini tasdiqlovchi o`ziga xos hujjat hisoblangan. Hassaga kertib belgilar va xotira nishonlari tushirilgan. Elchi ularga qarab o`ziga qancha topshiriq berilganini eslagan. Kertik-belgilarning joylashishi, ehtimol, ma`lum faktlarni ifoda etgandir.
«Vampum» kamari (po`tasi) SHimoliy Amerika hindularining buyumli Yozuvi bo`lib, shakli juda ajoyibdir. «Vampum» kamari rang barang chig`anoqlar qo`shib to`kilgan bo`ladi yoki chig`anoqlar unga tegishlicha osib qo`yiladi. CHig`anoqlarning o`zaro joylashuvi, soni va rangi muayyan ma`noni anglatadi. Ba`zan kamarga xabarning mazmunini aniqlashtiruvchi rasmlar ham chizilgan bo`ladi.

Download 394.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling