Yozuv, uning paydo bo`lishi, taraqqiyoti va yozuv vositalari


Piktografiya yoki rasmlardan iborat yozuv


Download 394.14 Kb.
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi394.14 Kb.
#1045522
1   2   3   4
Bog'liq
Yozuv-uning-paydo-bo`lishi

Piktografiya yoki rasmlardan iborat yozuv


Tadqiqotchilarning fikricha, piktografik Yozuv neolit davrida, tarqoq urug`dosh guruhlar qabilaga birlasha boshlagan vaqtda uzil-kesil shakllangan.
Piktografik belgilar hozirda ham keng qo`llaniladi. Magazin va ustaxonalarning viveskalaridagi mollar tasviri, ko`cha harakatini tartibga solib turuvchi belgilar, zaharli moddalar solingan idishlar devoridagi bosh suyagi, chalishtirilgan suyaklar tasviri va yo`nalishni ko`rsatuvchi qo`l yoki strelkalar rasmi va hokazo shular jumlasidandir. Masalan, SHimoliy Osetiyada marhumning fazilatlari yoki iste`dodini bildiruvchi piktografik belgi chizish odati saqlanib qolgan: mohir chavandozning qabr toshida - ot yoki egar, olimning qabr toshida - kitob, mohir tikuvchi qabr toshida esa tikuv mashinasi tasvirlanadi.

Ideografik Yozuv


Zamonavny Yozuvga olib keladigan yo`ldagi navbatdagi bosqich jumlalarning ayrim tushunchalarga, so`ngra so`zlarga bo`linishidan iborat bo`ldi. Piktogramma ayrim elementlarga (gap bo`laklariga) bo`linmasdan fakat tugallangan fikrnigina ifodalar edi, endi har bir tushunchaga va konkret buyumga belgi-rasm birkitib qo`yildi. Ulardan, o`z navbatida, Yozuv paydo bo`ldi. Bunday belgilar sistemasi – ideografiya - boshqarish, hisob yurgizish, konunlarni yozish va shu kabi boshqa ishlar uchun barqaror, aniq Yozuvga ehgiyoj sezgan davlat ko`lamida tartibga solingan. Bir qancha mamlakatlarda (Misr, SHumsr, Xitoy, Krit oroli) ideografiya jamiyat taraqkiyotining o`sha bir xil bosqichida, qulchilik davlati bilan birga paydo bo`lib, uning bag`rida kamolotga erishgan - yuksak darajada tarqqiy qilgan.
Ideografik Yozuv axborot mazmunini bayoi qilishi bilan birga, tilning lug`aviy tarkibini ham belgilab bergan. Belgi rasmlarning izchilligi endi manzaraning injiqligiga bog`liq bo`lgan, u tilning o`ziga xos sintaktik tuzilishini aks ettirgan.
Ma`nosi aniq va tasvirlanishi oson bo`lgan so`zlar uchun belgi-ideogrammalar yaratilishi grafik shakllarni soddalashtirish yo`lidan borgan. Masalan:
Krit Yozuvida
Xitoy Yozuvida

Download 394.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling