Yozuv, uning paydo bo`lishi, taraqqiyoti va yozuv vositalari
Download 394.14 Kb.
|
Yozuv-uning-paydo-bo`lishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilning paydo bo’lish to’g’risidagi nazariyalar. Yozuv, uning paydo bo`lishi, taraqqiyoti va yozuv vositalari
O’zbekiston Davlat Jahon tillari universitetiTilshunoslik fanidanMUSTAQIL ISHMavzu: Tilning paydo bo’lish to’g’risidagi nazariyalar.Bajardi: _____________________________________________Tekshirdi: ______________________Tilning paydo bo’lish to’g’risidagi nazariyalar. Yozuv, uning paydo bo`lishi, taraqqiyoti va yozuv vositalariShakldan harfga o`tish uchun zaruriyat. Piktografiya yoki rasmlardan iborat yozuvlar Yozuvning paydo bo`lishi uchun turtki bo`lgan omillar. REJA: Yozuvning paydo bo`lishi uchun turtki bo`lgan omillar. Kishilik jamiyati o`z tarixining ko`proq qismini Yozuvsiz o`tkazgan. U Yozuvga etib kelguncha uzoq yo`lni bosib o`tgan va nutqni yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo`llanila boshlagan. Bu qariyb olti ming yil ilgari, eramizdan oldingi to`rtinchi ming yillikda sodir bo`lgan, deb hisoblaniladi. Biroq 1901 yili Transilvaniyada, Terteriya posyolkasi (Ruminiya) yaqinida arxeologlar juda ham ko`p sirli rasm-belgilar chizilgan uchta sopol taxtacha topishdi. Bular deyarli etti ming yillik o`tmishga ega yozma yodgorliklar edi.
Buyumlardan dastlab mnemonika vositalari yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy Yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo`ldagi birinchi qadam bo`ldi. Bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Biror narsani eslab qolish uchun ro`molning uchini tugish odati shundan qolgan. So`ngra buyumlarga konkret ma`no berila boshlagan. Ular oldindan kelishib olingan narsalarni bildiruvchi o`ziga xos signallar, shartli belgilar bo`lib hisoblangan. Cho`pxatga yoki daraxt tanasiga kertib belgi solish, tugunlar, tizimchalar, urush e`lon qilish vaqtida esa kamon o`qi va boshqa buyumlar Shunday shartli belgi vazifasini o`tagan. Buyumga ma`no birkitib qo`yishning bu usuli «buyumli Yozuv» deb atalgan.
Buyumlardan dastlab mnemonika vositalari yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy Yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo`ldagi birinchi qadam bo`ldi. Bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Biror narsani eslab qolish uchun ro`molning uchini tugish odati shundan qolgan. So`ngra buyumlarga konkret ma`no berila boshlagan. Ular oldindan kelishib olingan narsalarni bildiruvchi o`ziga xos signallar, shartli belgilar bo`lib hisoblangan. Cho`pxatga yoki daraxt tanasiga kertib belgi solish, tugunlar, tizimchalar, urush e`lon qilish vaqtida esa kamon o`qi va boshqa buyumlar Shunday shartli belgi vazifasini o`tagan. Buyumga ma`no birkitib qo`yishning bu usuli «buyumli Yozuv» deb atalgan. Son, raqamlarni bildirish uchun, masalan, taxtachalarga kertib shartli belgilar o`yilgan. Bu xatcho`plardan har xil shartnomalar tuzishda foydalanilgan. SHartnoma tuzishda xatcho`pni bo`yiga qoq o`rtasidan bo`lib, yarmi bir tomonga, ikkinchi yarmi ikkinchi tomonga berilgan. Xatcho`p bo`lakchalari birlashtirilganda kertiklar bir-biriga mos kelgan. Xatcho`plar kalendar sifatida ham qo`llanilgan (unga kunlar, haftalar soni va xakazolar o`yilgan). Ular qarz shartnomalarida tilxat o`rnida ham xizmat qilgan. Xotirada uzoq vaqt saqlab turilishi lozim bo`lgan voqealar to`g`risidagi unutilmas ma`lumotlar ro`yxati sifatida ham xatcho`plardan foydalanilgan. To`g`ri hisob-kitob uchun hisoblash tizimchalari qo`llanilgan. Ular perulik cho`ponlarda, Latin Amerikasi va Afrikaning boshqa ba`zi xalqlarida hozir ham bor. Bir tizimcha ho`kizlarni, boshqa tizimcha sigirlarni sanash uchun xizmat qiladi; bu tizimcha ikki tutamga ajratiladi - bir tutami bilan sog`im sigirlar va boshqa tutami bilan bo`g`oz sigirlar sanaladi. Uchinchi tizimcha buzoqlarni sanash uchun ishlatiladi. Tizimchadagi tugunlar soni shu cho`ponning podasida necha bosh mol borligini bildiradi. «Axborot hassalari» ham o`ziga xos buyum-maktub vazifasini o`tagan. Ular Qadimgi Evropada, Qadimgi Xitoyda, avstriyalik va afrikalik qabilalar o`rtasida mashhur bo`lgan. Boshqa qabilaning elchisi olib kelgan hassa tashrif buyurgan shaxsning vakolatini tasdiqlovchi o`ziga xos hujjat hisoblangan. Hassaga kertib belgilar va xotira nishonlari tushirilgan. Elchi ularga qarab o`ziga qancha topshiriq berilganini eslagan. Kertik-belgilarning joylashishi, ehtimol, ma`lum faktlarni ifoda etgandir. «Vampum» kamari (po`tasi) SHimoliy Amerika hindularining buyumli Yozuvi bo`lib, shakli juda ajoyibdir. «Vampum» kamari rang barang chig`anoqlar qo`shib to`kilgan bo`ladi yoki chig`anoqlar unga tegishlicha osib qo`yiladi. CHig`anoqlarning o`zaro joylashuvi, soni va rangi muayyan ma`noni anglatadi. Ba`zan kamarga xabarning mazmunini aniqlashtiruvchi rasmlar ham chizilgan bo`ladi. Download 394.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling