Ishni bajarishga doir uslubiy ko‘rsatmalar
A. Tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirish konsepsiyalarini
ishlab chiqish
Tadbirkorlik g„oyasini amalga oshirish konsepsiyalari umuman olganda,
g„oyani hayotga qanday tadbiq qilishni ya‟ni:
g„oyani amalga oshirish imkoniyatlarining tahlili;
tavakkalchilik darajasining tahlili;
kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik (foyda) ni hisoblash;
g„oyani amalga oshirib, ishlab chiqarishni maqsadli dasturini ishlab chi-
qish;
ta‟sis hujjatlarni tuzish yo„llarini o„rgatadi.
Tadbirkorlik g‘oyasi konsepsiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1) bir yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulot miqdori (yillik dastur).
2) mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo„ladigan ish turlari (ishlab chiqarish
jarayoni).
3) rejalashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo„lgan ishchilar soni,
ularni kasbi va malakasiga bo„lgan talablar.
4) mahsulotni ishlab chiqarish uchun dastgoh, asbob-uskunalar ro„yxati.
5) mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo„lgan xom ashyo, material, yarim
tayyor mahsulotlar miqdori.
6) ishlab chiqarish va ma‟muriyat uchun zarur bo„lgan bino hajmini aniqlay oladi.
Tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirish konsepsiyalarini ishlab chiqishni
quyidagi tartibda (3.12-jadval) olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1. Mahsulotni tayyorlash uchun qaysi operatsiyalarni (ish turlarini) bajarish za-
rurligini aniqlash.
2. Har bir operatsiyani bajarish uchun qanday dastgohlar kerakligini aniqlash
3. Dastgohlarda 1 smenada va 1 yilda qancha mahsulot ishlab chiqarilishi mum-
kinligini belgilash.
121
3.12-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |