Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev
9.2- jadval Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif jadvali
Download 2.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.3. Ishchilarni moddiy rag‘batlantirish
238 9.2- jadval Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif jadvali Razryad Tarif koeffitsienti Razryad Tarif koeffitsienti 0 1,000 10 4,361 1 2,014 11 4,663 2 2,216 12 4,973 3 2,439 13 5,228 4 2,691 14 5,606 5 2,937 15 5,931 6 3,205 16 6,259 7 3,484 17 6,593 8 3,773 18 6,930 9 4,064 9.3. Ishchilarni moddiy rag‘batlantirish Mehnatga tarif bo„yicha haq to„lash shartlaridan tashqari turli ko„rinishdagi qo„shimcha, ustama, mukofotlar va ijtimoiy imtiyozlar, moliyalashtirish manbai- dan qat‟iy nazar amaldagi qonunlar asosida ishlanmagan kunlar (bayramlar, mehnat ta‟tili, menat safarlari va boshqalar) uchun pul yoki natura shaklidagi to„lovlarni o„z ichiga oladi. Hozirgi kunda qo„shimchalar, ustama, mukofotlarning ish haqiga nisbatan miqdorini har bir korxona mustaqil ravishda o„zi belgilaydi. Ish haqiga qo„shimchalar, ustamalar miqdorini mehnat to„g„risidagi qonun- lar, mehnat kodeksi, O„zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me‟yoriy hu- jjatlar asosida belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlovchilarni ijtimoiy himoyalash uchun turli kompensatsiya va qo„shimcha to„lovlarni eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Korxonalar esa, o„zlarining moliyaviy im- koniyatlarini hisobga olgan holda jamoa shartnomasida belgilash imkoniyatiga ega. Barcha turdagi kompensatsiya to„lovlari va ustamalar ikki guruhga bo„linadi. Birinchi guruhga barcha mulk shaklidagi korxonalar uchun majburiy hisoblanib, ish faoliyati sohasi bo„yicha chegaralanmaydigan to„lovlar va ustama- lar kiradi. Bularga: dam olish va bayram kunlarida ishlangan kunlar; ish vaqti me‟yoridan ortiqcha ishlangan vaqt; balog„at yoshiga yetmagan ishlovchilar uchun qisqartirilgan ish kuni; ishchilarning tarif razryadiga nisbatan past razryaddagi ishni bajarganligi; ishchi aybdor bo„lmagan holda me‟yorni bajarilmasligi va ishdagi nuqson- lar; qonunlarda belgilangan shartlarda ish haqini o„rtacha ish haqigacha tenglashtirish kabi to„lovlar kiradi. 239 Ikkinchi guruhga kompensatsiya qo„shimchalari va ustamalar kiradi. Ularn- ing miqdori korxona ma‟muriyati bilan kelishilgan holda belgilanadi. Rag„batlantirish yo„nalishidagi to„lovlar O„zbekiston Respublikasi mak- roiqtisodiyot va statistika Vazirligining 26 oktabr 1998 yildagi 33-Qaroriga mu- vofiq chiqarilgan yo„riqnoma bo„yicha qo„yidagi holatlarda amalga oshiriladi: yil yakuni bo„yicha bir marta beriladigan mukofot; ishlab chiqarishni hajmini hisobga oluvchi birlamchi hujjatlarda ko„zda tutilgan, rag„batlantiruvchi xususiyatiga ega bo„lgan to„lovlar (tariflar, naryadlar, tabellar, va h.k); tarif stavkasi va oklad maoshiga kasb mahorati, ustoz - murabbiyligi uchun qo„shimchalar; mehnat ta‟tiliga moddiy yordam ko„rinishidagi qo„shimchalar; ko„p yillik mehnati uchun xo„jalik yurituvchi subyekt hamda ijtimoiy fondlarning qarori bilan rag„batlantiruvchi va qo„shimcha to„lovlar amalga oshiriladi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling