76
3.2.3. Kichik va o‘rta biznesni tashkil etishda tadbirkorlik g‘oyasini
(TG‘) tanlashning umumiy qoidalari
Shunday qilib, bo„lajak korxona egasi o„z
xatti-harakatlarining ketma-
ketligi to„g„risida to„la tasavvurga, yangi korxonani tashkil qilish jarayonining
umumiy qonuniyatlari
haqidagi bilimlarga, tanlangan faoliyati sohasiga xos
bo„lgan mahoratga ega. Endi harakatlarning umumiy taqvimiy rejasini bosqichlar
va muammolarning aniq taqsimoti asosida tuzish
va ularni amalga oshirishni
boshlash mumkin.
Ammo tajribalarning ko„rsatishicha, yuqorida keltirilganlarning barchasi
zarur, lekin ularning hammasi muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli emas.
Amerika statistika ma‟lumotlariga qaraganda har 10
ta yangi kichik
korxonadan faqat 5 tasi barcha davr (sikl)lardan muvaffaqiyatli o„tib, o„zining
real natijalarini namoyish qila oladi. Qolgan 5 ta kompaniya barbod bo„ladi
(bankrot)ga uchraydi. Savol tug„iladi, ularga nima etishmaydi? Kichik biznes va
xususiy korxonalarning barbod bo„lishining asosiy sabablaridan biri moddiy po-
tensialga ega bo„lgan yaxshi tadbirkorlik g„oyasini topa olmaslikdir.
Yangi korxonani tashkil qilishga qaratilgan
tadbirlarni bajarishga
kirishishdan oldin, kichik biznes va xususiy korxonalar subyektlari g„oyalarni aniq
va yetarlicha tahlil qilishi lozim, bu esa vaziyatni o„zgarishiga
moslashishga
imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: