Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev
Download 2.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish
Tadbirkorlik g‘oyasi - bu sizning biznesingizning keng ma‟nodagi (ken-
gaytirilgan) tavsifi bo„lib, uning maqsadi, ishlab chiqarish va sotish uchun mo„ljallangan yangi tovar (xizmat)lar tavsifini, ularni amaldagi ishlab chiqarila- yotgan tovarlar va xizmatlardan farqi yoki (an‟anaviy) amaldagi tovar (xizmat) tur- larini ishlab chiqarish va sotish jarayonlariga yangiliklarni joriy qilish va boshqal- arni ifodalashdir. Tadbirkorlik g„oyasi kishining tadbirkorlik salohiyatiga, tadbirkorlikni amalga oshirish imkoniyatlariga asoslanishi kerak. G‘oyani tanlash qoidalari 1. «Men tadbirkor bo„lishni xohlayman va bo„la olaman» degan qarorga keling. 2. Biznesni qaysi turi bilan shug„ullansangiz, qanday qilsa yaxshi bo„lishi mumkinligi to„g„risida doimo: ovqatlanayotgan paytingizda, dam olayotganingizda, sayr qilayotganingizda, gazeta-jurnallarni o„qiyotganingizda, reklamani eshitayotganingizda va hatto uxlayotganingizda ham o„ylang. 3. Siz tadbirkorlik potensialiga egasiz, muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin bo„lgan ko„pgina sohalar mavjud. Sohalarni tahlil qiling, o„zingizni o„rganing, o„z imkoniyatlaringizga mosini tanlang va yangi imkoniyatlarni aniqlang. 4. Sizda g„oya paydo bo„lgandan so„ng, uni doim o„ylang, har tomonla- ma o„rganing, rivojlantiring, oydinlashtiring, yangilang. 5. G„oyani shoshilmay, puxta o„ylang va tanlang, hamda qunt va g„ayrat bilan tezda amalga oshiring. 77 6. Xatolaringizdan qo„rqmang, ruhingizni tushirmang, o„z hara- katlaringizni ayovsiz tahlil qiling, qayerda xatoga yo„l qo„yganingizni aniqlang, tez moslashuvchan va uddaburon bo„ling, xatolaringizni o„z vaqtida tuzatishga odatlaning (harakat qiling). Tabiiyki, sizning tadbirkorlik imkoniyatlaringizga mos keluvchi tovarlar va xizmatlar turlari tadbirkorlik g„oyasini tanlash obyekti bo„lib xizmat qiladi. Tadbirkorlik g„oyasini tanlash, shakllantirish uslubi, ko„p jihatdan ixtirochilik g„oyalarini izlashga o„xshab ketadi. Bu masalani hal qilishning bir necha o„nlab usullari mavjud: morfologik usul, «fikrlar hujumi, IMEN (ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi), nazorat savollarini og„zaki tushuntirish va boshqalar. Tadbirkorlik g„oyasini tanlashda g„oyani har tomonlama o„rganish va tahlil qilish usuli hisoblangan «fikrlar hujumi» asosida tadbirkorlik g„oyasini tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu usulning mohiyati tovarlar va xizmatlar parametrlarini o„zgartirish mumkin bo„lgan yo„llarni o„rganishda nostandart yondashishni rag„batlantirishni ongli ravishda his qilishdan iborat. Bunda g„oyaning paydo bo„lish jarayoni uni baholash va tahlil qilish bilan cheklanadi. Sababi, ko„tarib chiqilayotgan (taklif qilinayotgan) g„oyaga qarata aytilayotgan tanqidiy mulohazalar g„oyani paydo bo„lishiga to„sqinlik qiladi va to„xtatib qo„yadi. Ko„zlangan maqsadni amalga oshirish uchun qilinishi lozim bo„lgan ishlar to„g„risida maxsus kengash o„tkazilishi tavsiya qilinadi, lekin shuni nazarda tutish lozimki, taklif qilinayotgan g„oya qanchalik noo„rin bo„lishidan qat‟iy nazar uni tanqid qilishga ruxsat berilmasligi kerak. Kengashdan so„ng barcha g„oyalar atroflicha o„rganib chiqiladi, ma‟qullari tanlab olinadi, eng istiqbolli g„oyalarni ishlab chiqishga kirishiladi. Yakka tartibda «fikrlar hujumi» o„tkazishni sinab ko„ring. Shunga o„xshash muammolarni yechish tajribalari asosida tuzilgan ro„yxat va jadvallardan foydalaning. «Fikrlar hujumi» jadvali sizning fikrlash jarayoningizni boshqaradi, mulohazalaringizga aniq yo„nalish beradi va ularning ketma-ketligiga erishishga yordam beradi. Siz biror-bir maxsus usullardan foydalanishingiz, hech qanday qonunlarga amal qilishingiz kerak emas, faqat miyangizga (aql-idrokingizga) har bir narsaga iloji boricha sinchkovlik bilan qarashga imkon bersangiz yetarli. «Fikrlar hujumi» so„rovlaridagi har bir savol jarayon yoki ishni, u yoki bu turdagi mahsulotni yaxshilash mumkin bo„lgan yo„nalishni o„zida aks ettiradi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling