Yuk ko’tarib tushiruvchi kranlar


Download 1.62 Mb.
bet12/18
Sana27.03.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1299940
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Yuk ko’taruvchi va tushiruvchi mashinalar

9— baraban; 10 gidromotor; 11–gidravlik nasos; 12 quvvat tanlash reduktori; 13 tezliklar qutisi; 14 avtomobil dvigateli.
Asosiy ishchi jihoz teleskopik strela bo’lib, u siljuvchi va siljimaydigan seksiyalardan iborat. Siljuvchi seksiya ikki tomonga harakatlanuvchi gidrosilindr 2 yordamida harakatlanadi. Strela ostidagi bo’shliqni ko’paytirish uchun strelaga turli uzunliklardagi g’ozsimon (gusak) mexanizmlar bo’ylama o’qqa nisbatan turli burchakda o’rnatiladi. Strelaning qiyalik burchagi parallel ishlovchi ikkita
gidrosilindr 3 lar yordamida o’zgartirilib, ularning shtoklari kerakli holatda gidroqulflar yordamida ushlab turiladi. Yukni ko’tarish va tushirish gidromotor 10, reduktor 8, baraban 9 va normal yopik–to’xtatgichdan iborat bo’lgan yuk chig’iri orqali amalga oshiriladi. Aylanish mexanizmi 7 gidromotor 6 va reduktor 4 dan iborat bo’lib, reduktorning chiqish valiga o’rnatilgan shesternya tayanch burilish platformasining qo’zg’almas tishli gardishi bilan ilashishda bo’ladi.
Gidravlik nasos 11 uzatmalar qutisi 13 va quvvat tanlash reduktori 12 orqali avtomobil dvigatelidan harakat oladi. Boshqarish va yuritma tizimi quyidagi jarayonlarni birgalikda amalga oshirish imkonini beradi: strelani ko’tarib tushirish; platformani burish va teleskopik strela uzunligini o’zgartirish bilan yukni ko’tarish–tushirish; strela seksiyalarini chiqarib-kirgizish va platformani burish bilan strelani ko’tarib-tushirish.
Pnevmog’ildirakli kranlar. Pnevmog’ildirakli kranlar 25, 40, 63, va 100 tonna yuk ko’taradigan bo’ladi. Yuk ko’tarishqobiliyatining yuqoriligi va yukni balandga (55 metrgacha) ko’tarishi hamda ilmoqqulochining kattaligi (38 metrgacha) pnevmog’ildirakli kranlardan sanoat korxonalari, inshootlar va issiqlik elektrostantsiyalarini qurishda hamda texnologik uskunalarni o’rnatishda keng foydalanishga imkon yaratadi. Ular bir–biri bilan tayanch burilish qismi bilan qo’shilgan yurish va burilish qismlaridan iborat. Burilish qismida ishchi qurilmalar va kuch jihozlari, yuk ko’taruvchi bosh va yordamchi mexanizmlar, strela qulochini o’zgartirish va burilish qismini aylantirish mexanizmi hamda boshqarish kabinasi joylashgan. Kranning barcha mexanizmlari G—D tizimi bo’yicha (generator–dvigatel) individual o’zgarmas tokli yuritmaga ega.
Kranning yurish qismi payvandlangan yurish ramasidan iborat bo’lib, yetaklovchi va boshqariluvchi avtomobil tipidagi ko’priklarga hamda chiqarma tayanchlarga tayanadi. Kranning yuk ko’tarishqobiliyatiga ko’ra, ko’priklar 2...5 ta bo’lishi mumkin. Kranni boshqarish kabinadan amalga oshiriladi va kranning tezligi 18 km/soatdan oshmaydi.

    1. – rasmda 100 t yuk ko’taradigan pnevmog’ildirakli kranning umumiy ko’rinishi, asosiy va almashib turuvchi qurilmalar ishlashida po’lat arqonlarning o’ralish sxemalari keltirilgan.



    1. rasm. 100 t. Yuk ko’taradigan pnevmog’ildirakli kran




Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling