Yuk ko’tarib tushiruvchi kranlar
Yuk ko’taruvchi va tushiruvchi mashinalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Greyfer kranlari
- Strelali o’zi yurar montaj kranlari
Umumiy ishlarga mo’ljallangan kranlar:
| |
| |
yyengil ish rejimi |
1,2 |
o’rta ish rejimi |
1,3 |
og’ir ish rejimi |
1,4 |
Greyfer kranlari |
|
Montaj kranlari (Q>50,0 t) |
1,1 |
Quymachilikda ishlatiladigan kranlar |
1,1 |
O’zgaruvchi yuklanishlarga yukli aravachalar g’ildiraklarining metall konstruksiyasiga ta’sir etuvchi bosim kuchi kiradi.
Bunday yuklanishlar yuk va yukli aravachalarning o’z massasidan hosil bo’ladi. Ular quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Ruzg=RG+KYuRa, N (7.3)
bu yerda: Ruzg – o’zgaruvchi yuklanish, N; Ra – yukli aravacha massasidan uning g’ildiraklarida hosil bo’ladigan, metall konstruksiyaga ta’sir etuvchi bosim kuchi; uning qiymati 1,05 R ga teng, bu yerda: Ra – g’ildirakning spetsifikatsiya bo’yicha hisoblangan bosim kuchi; Ra – yukning massasidan aravacha g’ildiraklari orqali balkaga ta’sir qiladigan bosim kuchi, N.
Gorizontal inersion yuklanishlar mashina yuritmali kranlarda metall konstruksiyaning harakatlanish jarayonida tormozlash va yurgizishda hosil bo’ladi. Ularning qiymati tajribalar asosida aniqlangan bo’lib, amaliy hisoblashlarda vertikal yuklanishning ma’lum foiziga teng qilib, turli kranlar uchun turlicha olinadi.
Shamol yuklanishi. Bunday yuklanish kran ishlaydigan relef sharoitiga bog’liq bo’lib, kranning ish holati va tinch holatida ta’sir etadi.
Shamol kuchidan hosil bo’ladigan yuklanish kran metall konstruksiyasining shamol keladigan tomonidagi yuzasiga tik ta’sir etadi va teng tarqalgan bo’ladi.
Burilish yuklanishlari vertikal yuklanishlar va gorizontal inersion yuklanishlarning buralish o’qiga nisbatan ekstsentrik holda joylashishidan hosil bo’lib, to’plangan kuch deb qabul qilinadi.
Bundan tashqari, metall konstruksiyalarni loyihalashda haroratning (400S da) o’zgarishini hisobga oluvchi temperatura yuklanishi, kranlarni ko’chirib yurishda montaj remont hamda ish sharoitlarini hisobga oluvchi montaj va transport massasi yuklanishlari hisobga olinadi. Buning uchun to’g’rilash koefftisientlari kiritiladi, ya’ni montaj yuklanish uchun 1,2 transport yuklanishi uchun avtotransport bilan tashishda 1,3 temir yo’l va suv transporti bilan tashishda 1,1 ga teng yuklanishlari koefftisienti hisobga olinadi.
Metall konstruksiyalarni loyihalashda yuqorida qayd etilgan yuklanishlar, quyidagi kombinatsiyalarda hisoblanadi.
Doimiy va o’zgaruvchi yuklanishlar va agar mavjud bo’lsa, buralish yuklanishlari hisobga olinadi.
Birinchi kombinatsiyada hisobga olingan yuklanishlardan tashqari, yana gorizontal inersion yuklanish va kranning ish holatida ta’sir etuvchi shamol yuklanishi hisobga olinadi.
Yuqoridagi ikki kombinatsiyada hisobga olingan yuklanishlardan tashqari, montaj va transport yuklanishlari hisobga olinadi.
Strelali kranlar uchun yuqorida hisobga olingan yuklanishlardan tashqari, kranning tinch holatida (to’g’rilash «KQ» koefftisientini hisobga olmagan holda) kranning o’z massasidan, strela qulochi eng kichik bo’lganda strelaning bosh
qismlarining elementlari massasidan hosil bo’luvchi yuklanishlar va tinch holat uchun shamol yuklanishi hisobga olinadi.
Metall konstruksiyalarni loyihalashda metall konstruksiya elementlariga ta’sir etuvchi hisobiy yuklanishlar kombinatsiyasiga bog’liq holda, materiallarning cho’zilishdagi, siqilishdagi, egilishdagi ruxsat etilgan kuchlanishlari hisobga olinadi. Umumiy ishlarga mo’ljallangan ko’prik kranlarning metall konstruksiyasini
7.2 va 7.3 jadvalda keltirilgan ruxsat etilgan kuchlanishlar bo’yicha hisoblab tayyorlanadi.
Prokat po’latlarning normativ va hisobiy qarshiliklari
– jadval.
Po’lat markasi |
Oquvchanlik chegarasi, MPa |
Yuklanish ta’siridagi ruxsat etilgan kuchlanish, MPa | ||
O’q bo’ylab ta’sir etuvchi yuklanish |
Eguvchi moment |
Kesuvchi kuch | ||
VSt, 3 (GOST 380-71) |
240 |
190 |
200 |
120 |
10G2SD (GOST 5058-57) |
340 |
240 |
265 |
145 |
15 XNSD |
350 |
260 |
275 |
160 |
VSt 3 kp, sp po’latlar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar
– jadval.
Ish rejimi |
Yuklanishlar kombinatsiyasi | |||
1 |
2 | |||
Ruxsat etilgan kuchlanishlar, MPa | ||||
Normal |
Urinma |
Normal |
Urinma | |
Yengil va o’rta Og’ir va juda og’ir |
160 140
|
100 85
|
180 170
|
110 100
|
Siqilishdagi ruxsat etilgan kuchlanish 320 MPa ga teng qilib olinadi. 7.2- jadvaldan ko’rsatilgan ruxsat etilgan kuchlanish St.3 markali po’lat uchun varaqa qalinligi 40-60 mm bo’lganda – 15 %ga, 60 mm dan ortiq bo’lganda 20 % ga, 32...40 mm qalinlikdagi kam legirlangan po’lat varaqa uchun 8 % ga kamaytiriladi. Metall konstruksiyalar elementlarining flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik usulida, shuningdek, 342A elektrod bilan qo’lda payvandlangan choklari uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar 7.4, 7.5 – jadvallarda keltirilgan.
Payvand chok uchun hisobiy qarshiliklar
7.4-jadval.
Payvand chok |
Kuchlanish turi |
Elektrod bilan qo’lda va avtomatik payvandlangan choklar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar | ||
E42 va |
Z42A |
E50A | ||
Payvandlangan po’lat markasi | ||||
St3 va VSt3 |
10G2SD |
15XNSD | ||
Uchma- uch |
Siqilish
|
190 |
240 |
260 |
|
Odatdagi sinash usulini qo’llashdagi cho’zilish |
160
|
200
|
220
|
|
Yuqori aniqlikdagi sinash usulini qo’llashdagi cho’zilish |
190
|
240
|
260
|
|
Siqilish, cho’zilish, qirqilish |
115 |
140 |
155 |
Burchakli |
|
|
|
|
Ish rejimiga bog’liq holda payvand choklar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar
7.5-jadval
Payvand chok turi |
Ta’sir etish turi |
Ish rejimi | |
Yengil va o’rta |
Og’ir | ||
Ruxsat etilgan kuchlanish, MPa |
Uchma-uch Uchma-uch va valikli |
CHo’zilish Siqilish Qirqilish |
160 180
115
|
150 170
110
|
Elementlar parchinlab yoki boltlar yordamida biriktirilgan metall konstruksiyalarning parchin mixlari va boltlari uchun hisobiy qarshiliklar 7.6- jadvalda keltirilgan.
Parchin mixlar va boltlar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar. Mpa.
7.6-jadval
Po’lat parchin mix markasi |
St2 va St3 |
St3 |
09G2 | |||
Konstruksiya po’lat materialining markasi |
St3 |
10G2SD |
15XNSD | |||
Kuchlanish turi |
Qirqi lish |
Siqili sh |
Qirqi lish |
Siqili sh |
Qirqi lish |
Siqili sh |
Zavod sharoitida tayyorlash Montaj qilish sharoitida tayyorlash uchun |
150 130
|
380 320
|
190 170
|
480 410
|
210 160
|
520 440
|
Strelali o’zi yurar montaj kranlari
Strelali o’zi yurar kranlar qurilish, montaj va yuklash–tushirish ishlarida keng qo’llaniladi. Ularning asosiy afzalligi yuritmasining avtonomligi, o’zini–o’zi mustaqil yurita olishi, bir obyektdan boshqasiga tez o’tishi va almashinuvchi ishchi jihozlarining ko’pligidadir.
Strelali o’zi yurar kranlar yurish qismi va yuritmasi hamda strela jihozi konstruksiyasiga ko’ra tavsiflanadi. Ular yurish qismiga ko’ra avtomobilga o’rnatilgan, pnevmog’ildirakli, avtomobil turidagi maxsus shassiga, traktor va pritsepga o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Yuritmasining turi bo’yicha strelali o’zi
yurar kranlar bir yoki ko’p motorli bo’lishi mumkin. Ko’proqko’p motorli yuritma qo’llaniladi, ya’ni elektrik, dizel elektrik va gidravlik yuritmalar qo’llaniladi.
Strela jihozining konstruksiyasiga ko’ra, doimiy uzunlikdagi va teleskopik bo’lishi mumkin. Teleskopik strelalar asosan avtomobil va maxsus shassiga o’rnatilgan kranlarda qo’llaniladi. Strelali o’zi yurar kranlar faqatgina chiqarma tayanchlar o’rnatilganholda ishlatilishi kerak.
Download 1.62 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling