Yuk ko’tarib tushiruvchi kranlar


Download 1.62 Mb.
bet2/18
Sana27.03.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1299940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Yuk ko’taruvchi va tushiruvchi mashinalar

Qurilish ko’targichlari. Bu mashinalar yuk yoki odamlarni yuqoriga ko’tarishda ishlatiladi. Ular qattiq biriktirilgan yo’naltiruvchi reykalarda harakat qiladi va yuklarni maydonchalarda, odamlarni esa maxsus kabinalarda ko’taradi.

Qurilish kranlari. Bu kranlar anchagina murakkab va universal bo’lib, donador yuklarni ko’chirishda, qurilish konstruksiyalarini va texnologik qurilmalarni ko’tarishda xizmat qiladi. Ular konstruksiyasiga va xizmat ko’rsatish maydoniga ko’ra konsolli (strelali) yoki proletay, statsionar yoki ko’chma turlariga bo’linadi.
Konsolli kranlarga statsionar—machtali, machta—strelali, minorali, strelali o’zi yurar kranlar va maxsus quvur yotqizuvchi kranlar kiradi.
Proletli kranlarga: ko’prikli, chorpoyali va kabelli kranlar kiradi. Statsionar strelali kranlar yukni faqat o’zstrelasi aylanadigan doira yoki sektor atrofida ko’chiradi.
Minorali kranlar relsli yo’lda harakatlanib, yukni ko’chiradi hamda uzunligi rels uzunligiga teng va eni kran qulochining ikki barobariga teng to’rtburchak maydonda xizmat qiladi.
Minorali kranlar ko’p sonli konstruksiyalarni ko’tarib o’rniga qo’yishda qo’l keladi. Strelali o’zi yurar kranlar (avtomobil, pnevmog’ildirakli, gusenitsali maxsus shassiga o’rnatilgan) yuklarni yer bo’ylab ko’chiradi va har qanday ko’rinishdagi maydonda xizmat qiladi.
Chorpoyali va ko’prikli kranlar maxsus temir yullarda harakat qilib, to’g’ri burchakli hududda xizmat ko’rsatadi. Kabel kranlar ikki ustun oralig’ida tortilgan arqonbo’yicha yukni harakatlantiradi. Kranlarning metall konstruksiyasiga bir nechta mexanizmlar o’rnatilgan bo’ladi. Tipaviy kran mexanizmlari: yukni ilib oluvchi qism; kran harakatini ta’minlovchi mexanizm; strela qulochini o’zgartiruvchi mexanizm; buriladigan qismni aylantiruvchi mexanizmlardan iborat.
Kran mexanizmlari yuritmalarida ichki yonuv dvigatellari, gidravlik yoki elektrodvigatellar qo’llaniladi. Elektrodvigatellar o’zgaruvchan yoki o’zgarmas tok bilan ishlaydi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling