4 — elektrodvigatel; 5 — gidravlik nasos.
Avtomobil tipidagi maxsus shassilarga o’rnatilgan kranlar. Bu kranlar 231ata yuk ko’tarishqobiliyati va o’tag’onligi hamda manyovrchanligi bilan qurilish maydonidagi tarqoqholda joylashgan ishlarni samarali ravishda amalga oshiradi. Maxsus shassidagi kranlarning yuk ko’tarishqobiliyati 250 tonnagacha va harakat tezligi 70 km/soat gacha boradi. Ular 3… 8 o’qli qilib tayyorlanadi.
—rasmda to’rtta boshqariluvchi o’qqa ega, g’ildirak ifodasi 12x8 va 6 o’qli maxsus shassiga o’rnatilgan hamda yuk ko’tarish qobiliyati 120 tonna bo’lgan kran ko’rsatilgan.
–rasm. Yuk ko’tarish qobiliyati 120 t bo’lgan avtomobil tipidagi maxsus shassidagi strelali kran
1—shassi; 2—teleskopik strela; 3—strelani ko’tarish silindri; 4—burilish qismi; 5—chig’ir; 6 — chiqarma tayanch
Maxsus shassiga o’rnatilgan kranlarning (7.13– rasm) alohida xususiyati shundan iboratki, ularda ikkita kuch qurilmasi bo’lib, bittasi shassi 1 ga, ikkinchisi esa kranning burilish qismi 4 ga o’rnatilgan. Shassiga o’rnatilgan kuch qurilmasi kranni yurgizadi va chiqarma tayanchlarni boshqaruvchi gidravlik nasos uchun yuritma bo’lib hisoblanadi. Burilish qismidagi kuch qurilmasi kran mexanizmlari ishini ta’minlaydi. U dizel dvigatel, gidrotarqatgich orqali bosh va yordamchi ko’taruvchi chig’irlar 5 ning gidravlik motorlarini ta’minlovchi gidronasos va kranni aylantirish mexanizmidan iborat. Bulardan tashqari, gidronasos strelani
ko’tarish silindri 3 va teleskopik strela 2 seksiyalarini siljituvchi gidrosilindrlarini hamharakatga keltiradi.
Pnevmog’ilgirakli va zanjirli montaj kranlari, ularning texnik ko’rsatkichlarini hisobi
Qurilishda yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanish, qurilish me’yorlari va qoidalari talablari asosida olib boriladi. Ulardan foydalanishni nazorat qilish
«Davlat tog’–texnika nazorati» tomonidan amalga oshiriladi. Kranlardan foydalanishda qo’yiladigan talablarga, ya’ni xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda maksimal yuk ko’tarish qobiliyati bilan kran ustuvorligini uzoq vaqt saqlashga va ularning ish unumdorligini oshirishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |