Yuk ko’tarib tushiruvchi kranlar
Download 1.62 Mb.
|
Yuk ko’taruvchi va tushiruvchi mashinalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- –rasm. Ko’prik kran
- –rasm. Kabelli kran
- Nazorat savollari.
Ko’prik kranlar. Yirik inshootlarning fundamentini qurishda, sanoat binolari qurilmalari va konstruksiyalarini montaj qilishda hamda ishlab chiqarish jarayonida sanoat binolarida ko’prik kranlardan foydalaniladi. U ikki asosiy qismdan iborat: (7.16– rasm) ko’prik 2 va yuk aravachasi 3.
–rasm. Ko’prik kran1 — operator kabinasi; 2 — ko’prik; 3 — yuk aravachasi; 4 — yukni ko’tarish mexanizmi; 5 — aravachani siljitish mexanizmi; 6 — ko’prikni siljitish mexanizmi. Kran ko’prigi metall konstruksiyadan iborat bo’lib, rels bo’ylab harakatlanuvchi aravachalarga o’rnatilgan. Aravacha kranni harakatlanti– ruvchi mexanizm 6 dan harakat oladi. Konstruksiyasiga ko’ra ko’prik kranlar bir va ikki balkali bo’ladi. Bir balkali kranlar 10 tonnagacha yuk ko’tarib, tayanchlar orasidagi masofa (5...17m) uncha katta bo’lmaydi. Katta yuk ko’taruvchi kranlarda ko’prik ko’ndalang kesimi to’rt burchak yoki tavrdan iborat bo’lgan bo’ylama ikkita balkalardan tayyorlanadi. Bu bo’ylama balkalarda yuk aravachasi harakatlanadi. Aravacha harakatlanish 5 va yuk ko’tarish 4 mexanizmlaridan iborat. Yuk ko’tarish qobiliyati 20 tonnadan ortiq bo’lgan kranlarda asosiy va yor- damchi yuk ko’tarish mexanizmlari qo’llaniladi. Yordamchi yuk ko’tarish mexanizmining yuk ko’tarish qobiliyati asosiy yuk ko’tarish mexanizmining yuk ko’tarish qobiliyatidan 3...5 marta kichik. Ko’prik kranning uchchala mexanizmi alohida yuritma orqali harakatlanadi. Ular dvigatel – mufta — to’xtatgich — reduktor — ijrochi qism (yurish g’ildiragi yoki chig’ir barabani) sxemasi bo’yicha tayyorlanadi. Kranni boshqarish ko’prikka osilgan kabina 1 orqali amalga oshiriladi. Kabelli kran. Kabelli kranlarda (7.15–rasm) yuk telejkasi 6 tortish arqoni 5 orqali ikkita machta 1 ga tortilgan maxsus konstruksiyadagi po’lat simli tashuvchi arqon 3 da harakatlanadi. –rasm. Kabelli kran1 — machta; 2 — vant; 3 — tashuvchi arqon; 4 — yuk arqoni; 5 —tortish arqoni; 6 — yuk aravachasi; 7—polispast; 8—polispast. Kabelli kranlar 5...15 tonna, ba’zi hollarda 25 tonnagacha yukni ko’taradi. Bu kranlarning asosiy kamchiligi yukning vertikal tekislikda tebranishi, arqonning salqilanishi va doimiy nazorat qilish kerakligidadir. Kran machtalari yakorga mahkamlangan vant 2 lar bilan tortilgan. Yuk arqoni 4 yuk aravachasi va ilmoq o’rtasidagi bloklar bilan polispast 8 ni tashkil qiladi. Bu arqonning bir tomoni machtaga ikkinchi tomoni yuk chig’irining barabaniga mahkamlanadi. Tashuvchi arqonning tortilishi polispast 7 yordamida amalga oshiriladi. Machtalar orasiga maxsus arqonlar tortilgan bo’lib, unda barcha arqonlarni oralaridagi masofani ushlab turuvchi moslama o’rnatilgan. Kran chig’irlari machtalar tayanch qismlarida kabinalarga joylashgan. Kabelli kranlar qurilish materiallarini daryolar orqali olib o’tishda va borish qiyin bo’lgan uzoq masofaga (1000 m) yukni siljitadi. Yukni ko’tarish balandligi joyning sharoitidan va qurilayotgan inshootning balad-pastligidan kelib chiqib belgilanadi. Nazorat savollari.Minorali kranlarni turlarini va ishchi organ tuzilishlarini tushuntirib bering. Kranlar turg‘unligini shartlari to‘g‘risida va hisoblash tartibi to‘g‘risida tushuncha bering. Strelali o‘zi yurar montaj kranlari to‘g‘risida tushuncha bering. Pnevmog‘ildirakli va zanjirli montaj kranlari, ularning texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida gapirib bering. Quvur yotqizuvchi va kabelli kranlar to‘g‘risida tushuncha bering. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling