Yuk ko’tarib tushiruvchi kranlar
Download 1.62 Mb.
|
Yuk ko’taruvchi va tushiruvchi mashinalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.43-rasm. Reykali domkrat.
- 6.44-rasm. Vintli domkrat
Maxsus quvur yotqizuvchi kranlar. Bunday kranlarning strelasi yon tomonga joylashgan bo’lib, ular traktorlarga o’rnatiladi. Ularning afzalliklari shundan iboratki, bir–biriga ulangan uzun quvurlarni mashinalardan tushirishda,
neft hamda gaz quvurlarini chuqurga (transheyaga) yotqizishda, chuqur bo’ylab qilinadigan boshqa ishlarni bajarishda qo’l keladi. Domkrat, chig’irlar va ularning asosiy ko’rsatkichlari Qurilishda montaj va ta’mirlash ishlarida yuklarni uncha katta bo’lmagan balandlikka ko’tarish uchun domkratlardan foydalaniladi. Domkratlarning reykali, vintli va gidravlik turlari keng tarqalgan. Reykali domkrat. U yo’naltiruvchi bo’yicha siljuvchi reyka, buriladigan yuk ko’taruvchi kallak, taglik va korpusdan iborat. 6.43-rasm. Reykali domkrat.a — umumiy ko’rinish; b — to’xtatgich. 1 — korpus; 2 — reyka; 3 — buriladigan yuk ko’taruvchi kallak; 4 — taglik; 5 — dasta; 6 —uzatma; 7 — val; 8 — tishli g’ildirak; 9 — xrapovikli g’ildirak; 10 — vint. Yukli reyka dasta 5 ni aylantirish bilan tishli uzatma 6 yordamida ko’tariladi. Domkratning xavfsiz ishlashi uchun to’xtatuvchiqurilma ko’zda tutilgan bo’lib, u quyidagicha ishlaydi. Val 7 va tishli g’idirak 8 vintelsimon rezba 10 ga ega. Vtulka va dastaning yuza tekisliklarida xrapovikli g’ildirak 9 joylashgan. Yukni ko’tarishda dasta rezba bo’ylab chapga siljiydi. Xrapovik g’ildirakni tuxtatadi va reykani tishli uzatma orqali yuqoriga ko’taradi. Ko’tarilish tugashi bilan dasta xrapovikli g’ildirak ilmog’i bilan to’xtatiladi va val orqaga aylanib ketmaydi. Yukni tushirishda dasta qarshi tomonga aylantiriladi va bir vaqtning o’zida xrapovikli g’ildirakni bo’shatib rezba o’ngga harakat qiladi. Yukni ko’tarishga reykali domkrat sarflaydigan kuch quyidagicha aniqlanadi: P Qd0 2Ru (6.18)
bu yerda: d0— shesternya boshlang’ich aylanasi diametri, m; R — dasta uzunligi, m; u — uzatmaning umumiy uzatishlar soni; η —uzatmaning foydali ish koeffitsienti (h=0,65...0,85). Reykali domkratlar yordamida 6 tonna yukni 0,6 m balandlikka ko’tarish mumkin. Vintli domkrat. Vintli domkrat bronza gayka 8 li korpus 1 (6.44-rasm) to’g’ri burchakli yoki trapetsiyasimon rezbali vint 2, yuk kallagi 3 va treshyotkali dastak 6 dan iborat. Dastak vintning doirasimon qismiga erkin o’rnatilgan. 6.44-rasm. Vintli domkratDownload 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling