"yulduzlar mangu yonadi asarida" folklor an’analari otaboyeva Dilnoza


Download 63.5 Kb.
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1204700
  1   2   3
Bog'liq
Dilnoza (1)


"YULDUZLAR MANGU YONADI ASARIDA" FOLKLOR AN’ANALARI
Otaboyeva Dilnoza
Nukus DPI o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Annatatsiya:
Ushbu maqolada, badiiy asarda folklor an'analari Toģay Murod ijodi misolida tahlil qilindi. Folklor va adabiyotning ózaro munosabatlari, xalq qôshiqlari va maqollarning badiiy asarlardagi tasir doirasi kórib chiqildi.


Kalit so‘zlar: Folklor, xalq qôshiqlari, maqol, paremiya, kurash, miilliy ruh, asardagi zichlik, badiiy obraz, badiiy tasvir.
Xalq oģzaki ijodi xalqning turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat sharoitida shakillanib, avloddan- avlodga, ustozdan shogirdlarga ótib, doimiy shakilda mukammallashib, sayqallanib, toboro an'anaviylashib bugungi avlodga yetib kelmoqda. Kóplab adib va ijodkorlarimiz ózlari bevosita kuzatgan marosim udumlarni, òz yurti haqidagi qadimiy rivoyat va afsonalarni ijod jarayonida yarayotgan badiiy asarlariga singdirib yuboradi. Shunday ijodkorlarimizdan biri Toģay Muroddir. U milliyligimiz, azaliy urf-odat an'analarimizni óz asarlarida qayta jonlantirdi. Ôzbek nasrining an'anaviy dasturlarini davom ettirib, yangi kóz qarashdagi asarlar yaratdi. Har bir asarida folklor an'annalaridan unumli foydalandi. Misol uchun "Yulduzlar mangu yonadi " asarida xalq qóshiqlarining bir necha turlarini uchratishimiz mumkin.
Ózbek xalqi qadimdan chorvachilik bilan shuģullanib kelgan. Bu kasb xalqimiz hayotida muhim ôrin tutgan. Chorvachilikda ishlatiladigan soģin qôshiqlari soģiladigan hayvonning turiga qarab belgilanadi. Echki soģishda "churey-churey" yoki "churiya"lar deb nomlangan va bular hayvonni tinchlantirgan, iydirish uchun kuylangan.
Asarda Bôrining onasi dimoģida kuylab-kuylab echki soģadi.
Esli molim, oqilim,churiya-chur-ey,
Yelkamdagi kokilim, churiya-chur-ey,
Shuncha molning ichida, churiya-chur-ey,
Boģda ochilgan gulim, churiya-chur-ey.[1.16]
Asarda órim haqidagi qõshiqlarni ham uchratamiz.Qizlar ôrkachlarda sochilib-sochilib buģdoy õrdi.Bir qiz qóshiq aytdi. U Momoqiz bòldi. Ònlab qizlar Momoqizga jór bóldi:
G'ujmoqi buģdoy ,
Donginang tóq-ay,
Tòp bòl,ôrayik,
Xôpda kòrayik. [1.19]
Órim qóshiqlari dehqon mehnatining samarasi hisoblanadi, shu boisdan bu qòshiqlar kòtarinki ohangda ijro etish an'ana hisoblanadi. Bu qôshiqda arpa-buģdoyning xalq tirikchiligi uchun naqadar qimmatliligini, rózģorning qut-barakasini ta'minlovchi vosita ekanligini tarranum etilganini kórishimiz mumkin. Bundan tashqari bu qôshiqarlarda mehnatkash omma irodasining hech qachon bukilmasligini kórishimiz mumkin. Bu qôshiqlar kishilarni ruhan tetiklikka, mehnatsevarlika, jasoratga, dôstlikka, birodarlikka chorlaydi.
Ma'lumki, buģdoy órimidan sông Yanchiq qóshiqlari yoki Xôp-maydalar kuylanadi. Hókizlar qadamidan chuqur iz qoldi. Somon tagidagi buģdoy ģijir-ģijir etdi. Bôrining ovozi dardli bóldi.
Ayri-ayri tuyoģim, mayda-yo, mayda-yo,
Olmos bôlsin jonivor-a, mayda-yo, mayda-yo,
Seni boqqan dehqonlar-a, mayda-yo, mayda-yo,
Sarmast bôlsin jonivor-e, mayda-yo, mayda-yo. [1.27]
Xalq qôshiqlarida insonning ichki kechinmalari, ģam-anduh yoki hursandchiliklari, mehnat mashaqqatlarini, sevgi istroblarini, his-tuyģular orqali aniq badiiy obrazlarda gavdalantiriladi.
Bóri polvon ham bu qôshiqda óz ichki kechinmalarini dard bilan kuylaydi. Uning eng yaqin dósti, qiyomatli oshnasi Nasim unga hiyonat qiladi, uni aldaydi. Mehnat qóshiqlarida ba'zan ijrochilar ôz his tuyģularini qóshib kuylaydilar, hayvonlar bilan birodarlikda ishlaydilar, ularga qalb tuģyonlarini aytib kuylaydilar. Asarda Bóri polvon mehnat jarayonida jonvor bilan dardlashadi, unga qalb tuģyonlarini hikoya qiladi. Chunki eng yaqin dóstining hiyonatidan sóng, endi u òz kechinmalarini yaqinlariga aytolmaydi manashu jonvorga aytib taskin topadi.
Birovga aytma, jonivor, hov anavi qirda bir qiz bor,shu qiz mening kinglim edi. Qiyomatli oshnam kónglimga chang soldi ! Uh, kòrgilik! Men oshnamga ishonib edim, jonivor.U ishonchimni oyoqosti qildi.

Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling