"yulduzlar mangu yonadi asarida" folklor an’analari otaboyeva Dilnoza


Download 63.5 Kb.
bet2/3
Sana17.02.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1204700
1   2   3
Bog'liq
Dilnoza (1)

Qiyomatli oshnangdan shu ish kelgandan keyin ôzgalardan nima umid-u nima xayr?
Birovga aytma, jonivor, aytgiligi yôq... [1.27]
Ushbu asarda mehnat qôshiqining yozuvchi tomonidan ózgartililgan varyantini ham uchratishimiz mumkin.


Momo ôzi yaxshi qiz, mayda-yo, mayda-yo,
Mayda bilan tôqmiz biz, mayda-yo, mayda-yo,
Buģdoy kirsa omborga, mayda-yo, mayda-yo,
Tôy qilamiz erta kuz, mayda-yo, mayda-yo, [1.27]
Bu qóshiqlar bevosita mehnat jarayonida yuzaga keladi. Ya'ni qòshiq har qanday vaziyatda insonning yóldoshi. Òzbek xalqi ham qóshiqlarga behad boy. Xalqimiz óz mehnat faoliyatining barcha jarayonlarini qóshiq bilan ziynatlagan, qóshiq bilan ishor qiladi. Bugun kunda ģallani ôrish va yanchish ishlari texnika yordamida amalga oshira boshlangach, mayda qóshiqlari asta-sekin untilib bormoqda. Toģay Murod bu qôshiqlarni óz asarlarida qayta jonlantirib xalq oģzaki ijodining unutilmasligiga óz hissasini qòshdi.
Asarda xalq oģzaki ijodining bir necha janrlarini uchratishimiz mumkin.
"Yulduzlar mangu yonadi" asari Zulfiqor polvonnikiga sunnat tóyga aytish bilan boshlanadi. Bilamizki tôyda ayniqsa Surxon diyorida kurash musobaqalari, kôpkari óyinlari, tashillashtiriladi. Bundan tashqari asarda bolalar uchun yaratilgan folklor namunalarini, bolalarning ózlari tomonidan yaratilgan turli óyinlarini ham uchratamiz. Kichik yoshli bolalar óyinlaridan yonģoq, oshiq, shumshak, quloqchôzma, dól, ģirboydi, chillak, zuvillatar kabi bolalar ôyinlarining sakkiz turi sanab ótiladi, yashinmachoq, oqshuyak, moyak urishtirish óyinlarining bajarilish tartibi, ôyin shartlari óquvchiga batafsil tushuntiriladi.
Ijodkor asarlarida hamisha folklorga yondashadi bu esa ôsha asarni yanada ôquvchi qalbiga kirib borishini taminlaydi. Marosimlarda ayniqsa tôylarda xalq oģzaki ijodining gôzal va betakror namunalarini uchratamiz ulardan bahra olamiz, ôzimizni huddi ôsha shod-hurram hursandchilik qilayotgan insonlar qatorida sezamiz. Laparlar, yalla qóshiqlar, yor-yorlar óquvchini sehrlab óziga rom etadi. Sinchiklab nazar tashlasak Toģay Murodning barcha asarlarida shu jumladan "Oydinda yurgan odamlar" qissasining birinchi bobi ham Qoplonbek va Oymomoning tôy marosimi shunday mahorat bulan tasvirlanadiki, xalqning sônmas urf-odatlari, rasm-rusmlari ôquvchi kôz oldida yaqqol gavdalanadi.
Asarda badiiy tasvir va ifoda vositalariga keng órin berilgani, tasvirning jonli va ifodaviyligini kuchaytirishga xizmat qilgan. Shuningdek qissada sunnat tòy marosimi ham tasvirlanadi, lekin bu tóyda bosh qahramonlar chuqur qayģuga botadi, farzandsizliklaridan eziladi. Bitta asardagi ikkita marosim qahramonlar qismati tufayli bir- biriga zid qarama-qarshi tasvirlanadi.
Yozuvchi Said Ahmad ushbu asar haqida shunday fikirlar bildiradi." Toģay, bir birini bobosi, momosi deya atab umr ótkazayotgan, bir juft oq kaptardek pokiza insonlarni oydinda oy nuriga ôrab tasvirlaydi. Oqibat ushbu juftning ózi ham sôzi ham, fikri ham, turish turmushi ham oyning kumush nurlariga yôģrilib ketadi.
Ijodkor ana shunday sof, sammimiy, sodda xalq vakillarining sadoqat ila qurilgan muhabbatlarini jóshib kuylaydi.
Ma'lumki xalq oģzaki ijodining eng kichik janrlaridan biri maqol hisoblanadi. Folklorshunoslikda kichik janrlarni paremiya deb ham ataladi. Maqol hajman ixcham bôlsa ham fikr va mazmun jihatdan keng qamrovga ega. Yulduzlar mangu yonadi asarida kurak jarayonida bir qancha maqol va matallarni uchratamiz.
Menga qara , zór-zòrlarini bir yerga yiģ. Shôrchiliklar kepti... Tushundingmi? Õzing bosh ból. Qurga tartib bilan chiqar. Shoshma, yetti ólchab bir kes. Shórchiliklarning óngi chapiga e'tibor qil.[1.13]
Ushbu maqolda kurashda yoinki har qanday ishda shoshqaloqlik yaramasligi yetti òlchab bir kesish kerakligi kòpni kórgan Bôri polvon tilidan berilmoqda.
Bir-ikkita dadilroģi bilan bizning Tilovberdini davra oxiriga asra. Yôģon chózilib, ingichka uzilganda kunimizga yaraydi.[1 13]
V.I. Dal: " Maqollar ulardan anglashiladigan tushunchalarga qarab joylashtirilsa, xalq ruhiyatining chinakam ocherki vujudga keladi",-deb yozgan edi. Chindan ham insonlar tomonidan yaratilgan maqollarning tematikasi keng va rangbarangdir. Ular shu qadar boyki, keng, rang-barangki, ularda ijtimoiy hayotning eng murakkab muammolaridan tortib, oilaviy hayotning eng kichik urf-odatlarigacha, axloqiy meyyorlardan tortib eng kichik jonivorlarning hususiyatlarigacha ôz ifodasini topgan. Qisqasi jamiyat hayotining har bir sohasi borki, u maqollarda óz aksini topgan. Asarda yana "Itdan bólgan qurbonlikka yaramas" ," Kórpanga qarab oyoq uzat", "Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi", "Egachim elakli bóldi, elagi tilapia bôldi", "Rang kòr, hol sór", "Tanacha kôzini summary, buqacha ipini uzmaydi", "Alp-otadan, zot- onadan" kabi bir qancha maqol, matal va naqllarni uchratamiz.
Yulduzlar mangu yonadi asari faqar kurash kurashchi polvonlar haqida yozilgan asar emas balki, insonning nomusi haqidagi kitob hamdir. Asarda shunday jumlalarning guvohi bólamiz.

Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling