Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqishda ishlatiladigan yordamchi moddalar


Kapsula massasini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar


Download 122.95 Kb.
bet3/6
Sana14.01.2023
Hajmi122.95 Kb.
#1092804
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqarishda qo\'shiladigan yordamchi

Kapsula massasini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar
Bir yoki bir nechta biologik faol ta’sirga ega bo’lgan moddani yordamchi moddalar bilan yoki yordamchi moddalarsiz kukun, granula, pellet, mikrodraje, suyuq yoki gazsimon yadroli mikrokapsula, pasta, tabletkalar, jelatin kapsulalar yoki ularning turli xil kombinatsiyalari bilan kapsulaga joylash uchun, to’ldiriluvchining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda turli xil, tibbiyotda qo’llashga ruxsat etilgan yordamchi moddalardan foydalanish mumkin. Foydalaniladigan yordamchi moddalarni indifferent bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Odatda kerakli og’irlikga yetkazish uchun qattiq kapsulalarda to’ldiruvchilar, yumshoq kapsulalarda erituvchilardan foydalaniladi. Qattiq kapsulalar uchun bu maqsadda sut qandi, MKS, kalsiy digidrofosfat va boshqa moddalar ishlatiladi. Bular kerakli miqdorda og’irlik hosil bo’lishi va kapsulalanadigan massaning texnologik ko’rsatkichlarini me’yorlashga yordam beradi.
Yumshoq jelatina kapsulalariga indifferent to’ldiruvchi sifatida o’simlik moylari, polietilenoksid aralashmalari kamdan-kam hollarda silikon moylari va murakkab tarkiblilariga esa yuqoridagilardan tashqari glitserin, propiletilenglikol, tvin-80 va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi.
Yumshoq jelatina kapsulalariga indifferent to’ldiruvchi sifatida o’simlik moylari, polietilenoksid aralashmalari kamdan-kam hollarda silikon moylari va murakkab tarkiblilariga esa yuqoridagilardan tashqari glitserin, propiletilenglikol, tvin-80 va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi.
Sirpantiruvchi agentlar – massaning og’ishi va sirpanishini ta’minlab beradi. Bu maqsadda kalsiy stearat, magniy stearat, stearin kislota, talk va b. foydalaniladi. Dori moddasining tarkibida ularning miqdori odatda 0,5% dan 2,0% gacha bo’ladi. Dezintegrantlar – kapsulalarga presslab solingan kukun odatdagi vaqtdan ikki baravar uzoq muddatda parchalanadi. Dezintegrantlar to’ldiruvchi moddaning agregat holatini o’zgarishiga yo’l qo’ymaydi. Bu maqsadda asosan aerosil (kremniy (IV) oksidining kolloidi), talk, kroskarmelloza, natriy lauril sulfat, kalsiy karbonatdan foydalaniladi. Тiksotroplar – bu moddalar dori moddasining oquvchanligini ta’minlaydi: ma’lum haroratgacha qizdirilganda pastasimon moddaning qovushqoqligi kamayadi (bu maqsadda etil spirti ishlatilishi mumkin). Тez oquvchi moddaning qovushqoqligini oshirish maqsadida PEG, mum (sham), soyali letsitin va zaruriyat tug’ilganda boshqa moddalar ham ishlatilishi mumkin.
Surtmalar. Bu dori turlari boshqa mahalliy ishlatiladigan dori vositalariga nisbatan yuqori qulaylik va imkoniyatlarga ega bo’lib, ular o’z navbatida gidrofob, adsorbsion va gidrofil surtmalarga bo’linadi.

Download 122.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling