Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqishda ishlatiladigan yordamchi moddalar
Download 122.95 Kb.
|
Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqarishda qo\'shiladigan yordamchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тabletkalarni qobiqlashning ahamiyati.
Granulalar – qattiq dori shakli bo’lib, ular zarrachalarining o’lchami 3,0 mkm dan katta bo’lgan bir yoki bir necha dori moddalarini maydalash orqali olingan yoki bir yoki bir necha dori moddalari yoki ularni yordamchi moddalar bilan hosil qilgan aralashmalarini namlovchi-bog’lovchi moddalar yordamida zarrachalar o’lchamini 0,2 mm dan katta, 3,0 mm dan kichik bo’lgan o’lchamlarga yetkazilgan, faqat ichish uchun mo’ljallangan, dozalarga bo’lingan, sochiluvchan xossaga ega bo’lgan dori turlaridir. Granula - lotincha "granum" so’zidan olingan bo’lib, “donacha”, “bug’doycha” degan ma’nolarni anglatadi.
Granulalar amaliyotda ikki xil maqsadlar uchun qo’llaniladi: 1. Тayyor dori vositasi sifatida biron-bir kasallikni davolash yoki oldini olish maqsadida. 2. Sifatli tabletka olish uchun oraliq mahsulot sifatida.
Granulyatsiyalash quydagi usullarda olib boriladi: Тabletkalarni qobiqlashning ahamiyati. Тabletkalarni tashqi muhit ta’siridan (namlik, yorug’lik, quyosh nuri) saqlash, yoqimsiz ta’m va mazaga ega, tarkibida bo’yovchi xossaga ega dori moddasi saqlagan tabletkalarni organoleptik xossasini bildirmaslik, turg’unligini oshirish, tananing ma’lum qismida yoki uzoq muddat ta’sir ko’rsatishiga erishish, o’zaro bir biri bilan reaksiyaga kirishib ketadigan moddalardan tabletka olish hamda ularni estetik ko’rinishini yaxshilash maqsadida qobiq bilan qoplanadi.Тabletkalarni qobiq bilan qoplash uchun shellak, mum, titan IV oksidi, bug’doy uni, tropeolin 00, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan rang beruvchi moddalar, mineral va o’simlik yog’lari, magniy oksidi kabi moddalardan foydalaniladi. Qobiq bilan qoplash presslash, obakilash va parda hosil qilish usullari yordamida amalga oshiriladi. Obakilash yo’li bilan qoplangan tabletka og’irligi qoplangungacha bo’lgan tabletka og’irligiga qaraganda 2 martagacha ko’p bo’lishi mumkin. Presslash usulida qobiq og’irligi, tabletka massasining 50-100% dan, yupqa parda bilan qoplashda esa 3% dan ortmasligi kerak. Download 122.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling