Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqishda ishlatiladigan yordamchi moddalar


Download 122.95 Kb.
bet4/6
Sana14.01.2023
Hajmi122.95 Kb.
#1092804
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqarishda qo\'shiladigan yordamchi

Gidrofob surtmalar. Bu surtmalar uglevodorodli asoslar (vazelin, vazelin moyi, parafin) yordamida tayyorlanib, tarkibida boshqa turdagi lipofil xossali yordamchi moddalarni ham saqlashi mumkin (o’simlik va hayvon moylari, mumlar, sintetik glitseridlar va suyuq polialkilsiloksanlar). Shuningdek, ularni tarkibida juda kam miqdorda suv yoki dori moddalarning suvli eritmalari ham bo’lishi mumkin. Gidrofob surtmalar ishlatilish davrida yutilish (havo bilan muloqotni to’xtatish), suv bilan qiyin yuvilish, eksudatlar bilan qiyin aralashish va terini bo’shashtirish xossalariga egadir. Absorbsion surtmalar. Bu surtmalar ham gidrofob xossali bo’lib, ular teriga surtilish davomida eksudatni o’ziga absorbsiyalash (emulgirlash) xossasiga ega bo’ladi.
1. Gidrofob asoslar: ular tarkibida juda kam miqdordagi suv yoki dori moddalarining suvli eritmalarini suvning moydagi emulsiyasi ko’rinishida saqlagan uglevodorodlar yoki suvning moydagi emulsiyalari bo’lishi mumkin (vazelin, lanolin yoki junli mumli spirtlar)
2. Gidrofil asoslar: ular tarkibida qo’shimcha ravishda emulgirlangan suv yoki dori moddalarining suvli eritmalarini saqlagan suvning moydagi yoki moy-suv-moy ko’rinishidagi emulsiyalardan iborat (vazelin va suvli lanolin). Gidrofil surtmalar. Bu surtmalar giperosmolyar xossali bo’lib, ular katta miqdordagi eksudatlarni absorbsiya qilish imkoniyatiga egadir.
Gidrofil surtmalar uchun ishlatiladigan asoslar
1. Suvda eruvchan asoslar - ular o’z tarkibida gidrofil xossaga ega bo’lgan suvsiz erituvchilarni saqlaydi (polietilenglikol 400, propilenglikol va boshq.), shuningdek katta konsentratsiyali suvda eruvchan polimerlar (polietilenglikol 1500, proksanol 268 va boshq.)ham bo’lishi mumkin.
2. Suvni shimuvchi asoslar, ular o’z tarkibida suvda eruvchan polimerlar va suvsiz gidrofil erituvchilardan tashqari lipofil moddalarni ham saqlaydi (yuqori molekulali yog’ spirtlari, vazelin, vazelin moyi, lanolin, mum va boshq.). Bu asoslar o’z navbatida moyni suvdagi emulsiyalari hisoblanib, tarkibida moyning suvdagi emulgatorlarini saqlaydi.
Surtmalarga qo’yilgan talablardan yana biri ularni tayyorlash, saqlash va qo’llash davomida bir xilligini (dori va yordamchi moddalarni begona qo’shimchalarsiz bir xil aralashganligi va fizik jihatdan turg’unligi) ta’minlashdir. Agar texnologik jarayon davomida surtmalarni bir xilligi buzilgan bo’lsa maxsus namuna olish yo’li orqali tanlangan surtmalar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda miqdori aniqlanadi.

Download 122.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling