Yun lipos yogʻ barcha tirik hujayralar tarkibida boʻladigan yogʻsimon


Download 54.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi54.1 Kb.
#225092
Bog'liq
Lipidlar - Vikipediya



Lipidlar

Lipidlar (yun.lipos — yogʻ) — barcha tirik

hujayralar tarkibida boʻladigan yogʻsimon

moddalar. Tirik organizm hayot

faoliyatida L. muhim ahamiyatga ega. L.

biologik membrananing asosiy

komponentlaridan biri boʻlib,

hujayralarning oʻtkazuvchanligiga,

koʻpgina fermentlarning faolligiga taʼsir

koʻrsatadi, nerv impulsini uzatishda,

muskullar qisqarishida, hujjatlararo

kontaktlarni yuzaga keltirishda va

immunokimeviy jarayenlarda qat-




nashadi. L.ning yana bir funksiyasi

energiya rezervi, hayvon va oʻsimliklarda

suv qochiruvchi himoya va

termoizolyasiya qoplamasi hosil qilish,

shuningdek, turli organlarni mexanik

taʼsirlardan saqlashdan iborat.

Koʻpchilik L. yuqori yogʻ kislotalari,

spirtlar yoki aldegidlarning hosilalaridir.

Kimyoviy tarkibiga koʻra, L. bir necha

sinfga boʻlinadi. Oddiy L. yogʻ kislotalari

(yoki aldegidlar) va spirtlar qoldigʻidan

tarkib topgan moddalardan iborat.

Bularga yegʻlar (triglitseridlar va boshqa

tabiiy glitseridlar), mum (yogʻ kislotalari

va yogʻ spirtlari efirlari) va diol L. (yogʻ

kislotalari va etilenglikol yoki b. ikki




atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab L.

ortofosfat kislota hosilalari (fosfolipidlar)

hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan

tarkib toptan moddalardan iborat.

Murakkab L. molekulalarida koʻp atomli

spirtlar — glitserin (glitserin-fosfatidlar)

yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham

boʻladi. Koʻpchilik L. sirt faol moddalar

hisoblanadi. L. organizmda lipazalar

taʼsirida fermentativ gidrolizga uchraydi.

Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yogʻ

kislotalar (adenozintrifosfat kislotalar —

ATF) va koferment A bilan taʼsirlashib

faollashadi, soʻngra oksidlanadi.

KoʻpchilikL. hujayralarda oqsillar bilan

kompleks murakkab moddalar

(lipoproteidlar) holida boʻladi.



Lipidlar ekstraksiya usuli bilan olinadi.

Oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni

davolashda xdmda turli sanoat

tarmoqlarida ishlatiladi (yana q. Yogʻ).

Yoʻldoshxon Qodirov.

[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Lipidlar&oldid=1809869



dan olindi 



Download 54.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling