Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi.
Miloddan avvalgi 175-yilda podsho Demetriy Hindistonda jang olib borayotgan edi. Shu davrda uning sarkardasi Yevkradit qo`zg`olon ko`tarib Yunon-Baqtriya taxtini egallaydi. Demetriy esa janglarning birida halok bo`ladi. Shundan keyin podsholik ikkiga bo`linib ketadi. Birinchisi Yevkradit va uning vorislari boshqargan Yunon-Baqtriya, ikkinchisi Demetriy va vorislari boshqargan Yunon-Hind davlatlaridir. Miloddan avvalgi 162-yili Yevkradit Panjobga qo`shin tortib uni bosib oladi. Lekin ko`p o`tmay Yunon-Hind shohi Menandr qo`shinlari Yevkradit qo`shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi.
Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi. Yunon – Baqtriya davlatining barham topishi
Shu davrda Parfiya podshosi Mitridat I Yunon-Baqtriyaning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. Miloddan avvalgi 160-yili Yevkradit bilan o`g`li Geleokl o`rtasida janjal chiqadi. Yevkradit o`z o`g`li Geleokl tomonidan o`ldiriladi. Geleokl davrida Yunon-Baqtriya davlati kuchsizlanib, uning ixtiyorida Baqtriyagina qoladi. Miloddan avvalgi 140–130-yillar orasida shimoli-sharq va shimoltomondan sak va yuechji qabilalarining shiddatli hujumlari boshlanadi. Bu hujumlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Shu bilan 120 yil davr surgan Yunon-Baqtriya davlati ham barham topadi.
Yunon-Baqtriyada yunon va mahalliy baqtr madaniyatining aralashuvi natijasida ellin madaniyati vujudga kelgan. Haykaltaroshlik, rassomchilik, naqqoshlik kabi tasviriy san`at ham rivoj topgan. Yunon-Baqtriyada hindlarning buddizm, zardushtiylik va yunonlarning ko`p xudolik dinlari aralashib ketgan edi.
Yunon-Baqtriya davlati 130–140 yil yashadi. Lekin u yerda yashagan xalqlar yuksak madaniyat yaratib qo`shni xalqlar madaniyatiga barakali ta`sir ko`rsatgan. Bu madaniyatning rivojida O`rta Osiyo, xususan o`zbek xalqi bobokalonlarining ham katta xizmati bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |