Yunon adabiyotidagi tarix janrining dastlabki vakillari


Qadimgi yunon adabiyoti va uning asosiy xususiyatlari


Download 65.83 Kb.
bet2/14
Sana08.11.2023
Hajmi65.83 Kb.
#1756061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BOQIYEV TOHIRJON KURS ISHI

Qadimgi yunon adabiyoti va uning asosiy xususiyatlari. Adabiyot xalq hayotining ko‘zgusidir. Shuning uchun antik adabiyotni o‘rganishni ham uni yaratgan xalqlar hayotini o‘rganishdan boshlash lozim bo‘ladi. Bu xalqlar qadimgi yunonlar va rimliklardir. Miloddan oldingi II mingyillikda Yunoniston hududi va Egey dengizidagi orollarda ikki yirik markazlar nomi bilan Krit-Mikena deb atalgan, qadimgi madaniyat paydo bo‘lgan. Qadigi yunonlarning tasavvuri bo‘yicha “muqaddas” Olimp tog‘iga makon qurgan ma'bud va ma'budalar haqidagi miflar ham aynan shu davrda yaratilgan. Krit-Mikena adabiyotining birinchi davri xalq og‘zaki ijodining uzoq asrlarini qamrab olgan bo‘lib, m.o. IX asrda yakunlanadi. Ushbu davr ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan va u haqidagi ba'zi ma'lumotlarni keyingi davr adabiyotidan, Qadimgi Misr va xett hujjatlaridan (Kichik Osiyoga hujum qilgan qabilalarning nomlari “axayvasha” va “danauna” tarzida berilgan bo‘lib, Homerning eposlarida ular yunonlarning “axey” va “danay” qabilalari deb ataladi) topish mumkin. Arxaik davrda bir necha asrlar davomida shakllangan va m.o.VI asrda yozib olingan Homerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari to‘laligacha yetib kelgan yagona namunalar hisoblanadi. 10 yil davom etgan Troya urushi va undan keyingi o‘n yillik voqealari aks etgan bu dostonlar epik qo‘shiqlar va rivoyatlar asosida maydonga kelgan. Agar epos – insonni o‘rab turgan olam va undagi voqealar haqida hikoya qilsa, lirika shaxsning ichki dunyosini hamda shoir va lirik qahramonning kechinmalarini ochib beradi. “Lirika” atamasi torli cholg‘u asbobi lira nomidan kelib chiqqan bo‘lib, “musiqa jo‘rligida ijro etilgan she'r” degan ma'noni anglatadi. Lekin, bu atama ancha keyin – m.av. III-II asrlarda Aleksandriya olimlari tomonidan iste'molga kiritilgan. Unga qadar “Melika” (melos-qo‘shiq) atamasi torli cholg‘u, birinchi navbatda 7 torli lira jo‘rligida ijro etiladigan qo‘shiqlarni ifoda etgan. Qadimgi yunon she'riyatida lirikaning ikki asosiy turi shakllangan bo‘lib, bular yakka xonanda tomonidan ijro etiluvchi – monodik lirika va ko‘pchilik tomonidan kuylanuvchi xor lirikasi. Shoir Pindarning asarlari xor lirikasining ilk namunalari bo‘lsa, monodik lirikani Sapfo va Anakreont she'rlarida kuzatish mumkin. Yunonlar lirik she'riyatni qo‘shiq, musiqa va hatto raqs bilan bog‘liq ravishda tasavvur qilganlar. Asta-sekin lirikaning yamb va elegiya deb atalgan turlari faqat o‘qishga moslashtirilgan janrga aylanib bordi.
Qadimgi yunon she'riyatida qofiya bo‘lmagan. Lirik asarlar ohangdorligini ta'minlovchi yagona vosita vazn bo‘lgan. Shu bois poeziyada vazn turlari takomillashib borgan. Alkey va Sapfo singari shoirlar nomi bilan ataluvchi vazn turlari jahon she'riyatidan abadiy o‘rin egallagan. Miloddan oldingi VII-VI asrlar she'riyatida shaxsning fikr va o‘ylarini diniy-axloqiy yondashuv asosida talqin etish kuchli edi. M.o. VI asrda Ioniyada bayoniy uslubdagi proza dunyoga keldi. Tarixiy va oddiy kishilar obrazlari aks etgan novellalar va Ezop nomi bilan bog‘liq masallar yaratildi. Afina madaniyatining rivojlangan davri m.o. V-IV asrlarga to‘g‘ri kelib, dramatik janrlar, ayniqsa, tragediya rivojlandi. Afina demokratiyasining qaror topishi davrining yirik shoiri Esxil o‘z tragediyalarida ijtimoiy va axloqiy masalalarni qalamga olgan bo‘lsa, Sofokl erkin inson timsolini yaratdi. Komediya an'anaviy shakllarni saqlagani holda, yangi ijtimoiy-satirik mazmun bilan boyidi, taraqqiy etdi. Bu davrda Aristofan asarlari yunon siyosiy va madaniy hayotida o‘tkir satira sifatida maydonga chiqdi. Individuallashgan personajlar bilan bir qatorda umumlashma hajviy obrazlar paydo bo‘ldi. Miloddan oldingi II asrda Rim istilosi natijasida Yunoniston madaniy hayoti tushkunlikka yuz tutib, faqatgina milodning birinchi asriga kelib, jonlanish paydo bo‘ldi va IV asrda qadimgi yunon adabiyoti inqirozga uchradi.

Download 65.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling