Yuqori haroratda boradigan jarayonlar reja: Ishlab chiqarishda yuqori haroratdan foydalanish. Hozirgi zamon sanoat pechlari


Download 82.5 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1588544
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yuqori haroratda boradigan jarayonlar

Qizdirish usuliga ko`ra:

  1. Bevosita qizdirilgan pechlar – bularda issiqlik manbai to`g`ridan-to`g`ri qizdirilayotgan material bilan kontaktda (sement pechlari, giltuproqni kalsinatsiyalash pechlari, elektr yoy pechlari) bo`ladi. Issiqlik qizdirilayotgan materiallardan (shaxta pechlarida shaxta materiallaridagi yoqilg`idan, kolchedanni kuydirish, metallning termooksidlanishidan) ajralib chiqishi mumkin;

  2. Bilvosita qizdiriladigan pechlar – bularda issiqlik, issiqlik energiyasi manbaidan qizdirilayotgan materialga pech devoir orqali (masalan, tashqaridan qizdiriladigan kokslash va yarim kokslash pechlari, tigel va mufel pechlari, trubkali pechlar va h.k.) o`tkaziladi.

Texnologik vasifasiga ko`ra:

  1. Quritish pechlari – bular qattiq materiallar tarkibidan namligini chiqarishda ishlatiladi (paxta quritish pechlari);

  2. Qizdirish pechlari – bular materiallarning agregat holatini o`zgartirmay qizdirishda qo`llaniladi (metallarga termik ishlov berish, shishani toblash va shunga o`xshashlar);

  3. Kuydirish pechlari – bular mineral xom ashyolarni va ulardan olingan mahsulotlarni kuydirish (kolchedan, ohaktosh, sopolni kuydirish) da qo`llaniladi;

  4. Suyuqlantirish pechlari – bular ishlov berilayotgan materiallarni suyuqlantirishda (elektropechlar, vagrankalar) ishlatiladi;

  5. Piroliz pechlari – bular yoqilg`ilarga havo yubormasdan termik ishlob berishda qo`llaniladi.

Quyidagi jadvalda kimyo, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish materiallari hamda oziq-ovqat sanoatida, shuningdek, boshqa sanoat tarmoqlarida texnologik jarayonlarni o`tkazish uchun keng ishlatiladigan pechlarning klassifikatsiyasi keltirilgan. Bunday klassifikatsiyalash pechlarning qurilishi va ishlash prinsipi asosida ichlab chiqilgan bo`lib, u mavjud barcha konstruksiyali pechlarni o`z ichiga olmagan (masalan, siklonli pechlar, yadro reaktorlari va shu kabilar).
Quyida har bir pech turning qisqacha solishtirma ko`rsatkichlari beriladi.
Shaxta pechlari – bular bevosita qizdiriladigan pechlar bo`lib, issiqlik qizdirilayotgan material tarkibiga qo`shilgan qattiq yoqilg`i (koks) ning oksidlanishi hisoniga hosil bo`ladi. bu pechlarning ish hajmlari uning vertikal o`qi bo`ylab joylashtirilgan bo`lib, u aylanma shaxtani tashkil etadi. Bu pechlarda ishlov beriladigan qattiq materiallar yoqilg`i (koks) bilan aralashgan holda pastga harakat qiladi, pastdan esa unga qarshi havo oqimi puflanadi. Ba`zan shaxta pechlari gaz yordamida ham qizdiriladi.
Shaxta pechlari sanoatda keng tarqalgan bo`lib, cho`yan olishda, ohaktoshni kuydirishda, qattiq yoqilg`ilarni gazga aylantirishda qo`llaniladi. Shaxta pechlarining o`lchami juda katta bo`lib, bu tipdagi pechlarga domna pechlari misol bo`ladi. Masalan, zamonaviy metallurgiya zavodlarida, odatda, bir vaqtda ishlovchi bir necha domna bo`ladi. Hisoblashlar shuni ko`rsatadiki, bir sutka davomida 1700 tonnagacha cho`yan ishlab chiqaradigan domna pechlariga o`rtacha har kuni taxminan 3000 tonnagacha ruda, 1700 tonnagacha koks va 700 tonna flyus yuklanadi. Zamonaviy yirik domnalarda esaa bu raqamlar yanada ortadi. Shaxta pechlaei uzluksiz (masalan, domna pechi 5…10 yil davomida) ishlaydi, ish jarayonlari to`la mexanizatsiyalashtirilgan va qisman avtomatlashtirilgan.
Harq anday pechning ishiga baho berish uchun uning sutkada qancha mahsulot ishlab chiqara olishi va buning uchun qancha yoqilg`i sarflanishini bilish lozim. Pechning ish unumi foydali hajmdan foydalanish koeffitsiyenti K orqali quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda Vpechning foydali hajmi, m3/t – bir sutkada ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.



Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling