Yuqori haroratda boradigan jarayonlar reja: Ishlab chiqarishda yuqori haroratdan foydalanish. Hozirgi zamon sanoat pechlari


Download 82.5 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1588544
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yuqori haroratda boradigan jarayonlar

Vannali pechlar – bularda qattiq materiallar suyuqlantiriladi, so`ngra suyuq holda navbatdagi termik va kimyoviy ishlov beriladi. Vannali pechlarning takomillashgan va metallurgiya sanoatida hamda shisha ishlab chiqarishda keng qo`llaniladigan turi – alangali regeneratorli pechlar – Martin pechidir.
Zamonaviy Matin pechlari yuqori unumdorlikka ega, ularda bir marta yuklashda 500 tonnagacha po`lat eritish mumkin.
Trubali pechlar – bularda yonish kamerasida o`txona alangasi ustiga va qizigan dud gazlarining yo`liga ilon izi qilib bukilgan trubalar joylashtirilgan. Bu pechlarda joylashtirilgan trubalarning umumiy uzunligi 1000 metrgacha yetadi. Qizdirilgan suyuqlik yoki gaz trubalar orqali katta tezlikda dud gazlarining oqimiga qarshi oqimda o`tkaziladi. Trubali pechlar nihoyatda katta quvvat intensivlikka, ishga turg`unlikka, nisbatan oddiy tuzilishga ega.
Trubali pechlar kimyo sanoatida yoqilg`ilarni qayta ishlash, organic sintezlarda keng qo`llaniladi.
Elektr pechlarelektrotermik jarayonlarda foydalaniladi, undagi yuqori harorat (3500ºC gacha) elektr energiyasini issiqlik energiyasigaaylantirib hosil qilinadi. Bunday pechlarda asosan o`zgaruvchan (qarshilik yoyi, kombinatsiyalashgan va induksion) tok ishlatiladi. Qiziydigan pechlarda tok o`tkazgich rolini ishlov berilayotgan, katta qarshilikka ega bo`lgan materiallar bajaradi va kerakli issiqlik hosil qilinadi. Vositachi qarshiliklar asosida qiziydigan pechlarda tok sim lentali yoki sterjenli qarshiliklar orqali o`tadi va hosil bo`lgan issiqlik ishlov berilishi zarur bo`lgan materialga o`tadi.
Elektr yoy pech yoylari oddiy tuzilganligi, boshqarishi qulay va elektr energiyasidan foydalanish koeffitsiyenti yuqori bo`lganligidan va bir qator afzalliklarga ega bo`lganligi sababli sanoatda keng tarqalgan.
Bu pechlar o`z navbatida, elektrodlarning pechlarda o`rnatilishiga qarab ikki turga bo`linadi:

  1. Elektrodlar pechda gorizontal o`rnatilgan bo`lsa, shaxta materiallari elektrodlar orasidan chiqadigan yoy ta`sirida eriydi;

  2. Elektrodlar pechda vertikal o`rnatilgan bo`lsa, elektr yoyi har bir elektrod bilan metal orasida hosil bo`ladi.

Yuqori chastotali induksion elektr pechi o`ziga xos havo transformatori bo`lib, uning birlamchi cho`lg`ami (induktori) mis trubadan, ikkilamchi cho`lg`amli esa tigelga qo`yilgan metalldan iborat. Pechni ishga tushirish uchun pechning mis trubali cho`lg`am orqali yuqori chastotali tok o`zgaruvchan magnit maydon hosil qiladi. Natijada tigeldagi metallar yuqori chastotali magnit maydon ta`sirida kuchli tok hosil bo`ladi. Tokning elektrodinamik kuchlari ta`sirida metal zarrachalarining harakati zo`rayib metall qiziydi va suyuqlanadi. Bu aytilganlardan ko`rinib turibdiki, sanoatda yuqori haroratli jarayonlarni amalga oshirishda turli xil pechlar ishlatiladi.
Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling