Yuqori kuchlanish uzgichlari


Download 1.69 Mb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1638918
1   2   3
Bog'liq
Atabek

Elektromagnit uzgichlar. Elektromagnit uzichlarida yoyni so‘ndirish uchun moy ham siqilgan havo ham ishlatilmaydi, bu ularning boshqa tipdpgi uzgichlarga nisbatan katta afzalligi hisoblanadi. Bu tipdagi uzgichlar 6-10 kV li kuchlanishga, 3200 A gacha nominal tokka va 40 kA gacha uzish tokiga mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Uzgich ishchi va yoy so‘ndiruvchi kontaktlarga ega. Uzishda avval ishchi, so‘ngra esa yoy so‘ndiruvchi kontaktlar ajralib, ular orasida yoy hosil bo‘ladi. Konturning elektrodinamik kuchi va porshenli qurilma hosil qilgan havo oqimining ta’siri ostida, yoy oldindagi yoy so‘ndiruvchi shoxga o‘tadi va zanjirga magnit puflash g‘altagini ulaydi. Magnit maydon hosil bo‘lib, u yoy toki bilan o‘zaro ta’sirlashadi va yoy so‘ndiruvchi kamera ichida yoyni 30 m/s tezlikda harakatlantiradi. Kamera yoyga chidamli yuqori issiqlik o‘tkazuvchan keramikadan tayyorlangan. Yuqoriga harakatlanganda yoy cho‘zilib, kameraning aylanma (labirint) tirqishlariga tushadi. Kameraning devorlariga tegib yoy soviydi va 0,01-0,02 s dan so‘ng so‘nadi.
Elektromagnit uzgichlarning afzalliklari qo‘yidagilardan iborat: portlash va yong‘inga xavfsiz; yoy so‘ndiruvchi kontaktlarning eyilish darajasi kichik; tez takrorlanadigan ulash va uzish sharoitida ishlash uchun yaroqli (tok yuklamasini ko‘p marta uzishga sinash shuni ko‘rsatadiki, 100 A tokni 1000 marta uzgandan so‘ng yoy so‘ndiruvchi kamera va kontaktlarda eyilish izlari deyarli sezilmaydi va taftish hamda remont qilishni talab etmaydi); nisbatan yuqori uzish qobiliyatiga ega. Elektromagnit uzgichlarning kamchiliklari qo‘yidagilardan iborat: magnitli puflash tizimi bo‘lgan yoy so‘ndirgich konstruksiyasining murakkabligi; nominal kuchlanishning yuqoriligi chegarasining cheklanganligi (15-20 kV dan ortiq emas); tashqi qurilmalar uchun qo‘llanilishi cheklanganligi.
Vakuumli uzgichlar. Ma’lumki, vakuum oraliqning elektr mustahkamligi atmosfera bosimidagi havo oralag‘iga nisbatan bir necha marta katta. Bu xususiyatdan vakuum yoy so‘ndiruvchi kameralar KDV da (8.23-rasm) foydalaniladi. Kontaktlar birbiridan ajraoganda ularning kontakt yuzalari tez kamayadi, shuning uchun tegib turgan nuqtada undan o‘tayotgan tok hisobiga harorat keskin ko‘tarilib, erigan metalldan ko‘prikcha hosil bo‘ladi. Bu ko‘prikcha juda qisqa vaqt ichida qiziydi va bug‘lanadi. Metall bug‘lari muhitida yoy yonadi. Kuchli vakuum ostida zaryadlangan zarrachalar atrofdagi bo‘shliqqa tez diffuziyalanadi.

Tok noldan o‘tishida yoy so‘nadi. Taxminan 10 mks dan so‘ng kontaktlar orasidagi vakuumning mustahkamligi tiklanadi. Metall bug‘lari kameraning shisha korpusini ifloslanishdan saqlovchi po‘lat ekranlar 5 va 8 ga o‘tiradi. Kontaktlarning bug‘lanishini kamaytirish uchun qiyin eriydigan metalldan tayyorlangan kontakt uchliklar qo‘llaniladi. KDV-5 kamerasi (8.23-rasm) silindrik shisha korpusga ega bo‘lib, uning ichiga qo‘zg‘almas kontakt yuqorigi flanets 10 orqali, qo‘zg‘aluvchan kontakt esa, pastki flanets bilan silfon zichlagich orqali kiradi. Qo‘zg‘aluvchan kontakt 4 mm gacha suriladi. Kameradan havo yuqorigi flanetsga payvandlangan nippel orqali chiqariladi. Kameradagi bosim 10-4 Pa. Kameraning barcha qismlari vakkuumni saqlovchi zich choklar bilan biriktiriladi. Uzishda kontaktlarning bug‘lanishi hisobiga vakuum pasayadi, biroq kontaktlar qiyin eruvchan metalldan tayyorlansa, kamera ko‘p marta uzishga chidaydi. 10 kV kuchlanishli ko‘rilayotgan kamera 600 A li tokni 500 martadan ko‘p, 200 A li tokni esa 30000 martagacha uza oladi. Kameraning eng katta uzish toki 1000 A, sinalgan kuchlanishi 42 kV. Uza oladigan toki nisbatan kichik bo‘lganligi sababli vakuumli uzgichlarni qisqa tutashuv tokini uzish uchun ishlatib bo‘lmaydi. Ular sig‘im toklarini uzish uchun qo‘llanilishi mumkin (yuqori kuchlanishli yuksiz liniyalar, kondensator batareyalari). Yuqori kuchlanishli uzgichlar yaratish uchun bir necha yoy so‘ndiruvchi kameralar ketma-ket ulanadi. Uziladigan tokni ko‘paytirish uchun ham magnitli puflash qo‘llanilib, u yoyni kontaktlar sirti bo‘yicha tez aylanishini ta’minlaydi. Dunyo amaliyotida vakuumli uzgichlar 500 kV va undan past kuchlanishli tarmoq qurilmalarida yuklamalarni uzish uchun qo‘llaniladi. Vakuum uzgichlarining kamchiligi bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan toklarni uzishi va kichik induktiv toklarni uzishda kommutatsion o‘takuchlanish hosil bo‘lishining mumkinligidir (bunda kamerada yoyning o‘chishi tokning tabiiy noldan o‘tishida sodr bo‘ladi).



Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling