Yuqori kuchlanish uzgichlari
Download 1.69 Mb.
|
Atabek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moyli bakli uzgichlar.
Yuqori kuchlanish uzgichlari. Uzgichlar elektr qurilmalarida asosiy kommutatsion apparat hisoblanib, istalgan holatlarda: uzoq muddatli yuklamada, o‘ta yuklanishda, qisqa tutashuvda, salt ishlashda, asinxron ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud qisqa tutashuvga ulash eng og‘ir mas’uliyatli amal hisoblanadi. Yuqori kuchlanish uzgichlariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi: - o‘rnatilgan zanjirida istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish; - tez ishlash, ya’ni uzish vaqtining kichik bo‘lishi; - avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya’ni uzgichlar uzilgan zahoti tez qayta ulash; - 110 kV va undan yuqori kuchlanish uzgichlari uchun faza (qutb) bo‘yicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi; - kontaktlarini kuzatish va nazorat qilishning qulayligi; - yong‘in va portlashga qarshi xavfsizligi; - tashish va uni ishlatishning qulayligi. Moyli bakli uzgichlar. Moyli bakli uzgichlardagi moy yoyni so‘ndirish va tok o‘tkazuvchi qismlarni izolyasiyalash uchun xizmat qiladi. 1- kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarda (35 kV gacha bo‘lgan ayrim uzgichlarning turlarida) uzgich bitta bakka ega bo‘lib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari joylashtiriladi, kuchlanish katta bo‘lganda esa har bir faza alohida baklarda o‘rnatiladi. 8.18-rasmda yoyni so‘ndarish uchun maxsus qurilmaga ega bo‘lmagan moyli bakli uzgichning sxemasi ko‘rsatilgan. Unda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilma bo‘lmaganligi sababli uzish qobiliyati yuqori emas. Bunday uzgichlar 6-10 kV kuchlanishli qurilmalarda qo‘llaniladi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun moyli bakli uzgichlarning tuzilishi soddaligi sababli ular hozirgi paytda ham etarli darajada keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ularda maxsus o‘chirish kameralari ham mavjud. Ishlash prinsipi bo‘yicha yoy so‘ndiruvchi qurilmalarni uch guruhga bo‘lish mumkin: - yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi va yuqori bosimning hosil bo‘lishi yoyda ajraladigan energiya hisobiga ta’minlanadigan avtopuflagichli yoy so‘ndiruvchi qurilmalar; - yoy zonasiga moy maxsus giravlik mexanizm yordamida yuboriluvchi majburiy puflash liniyasiga ega bo‘lgan yoy so‘ndiruvchi qurilmalar; - magnit maydoni ta’sirida yoy tor kanal tirqishlariga yo‘naltirilish orqali so‘ndiriluvchi magnatli yoy so‘ndiruvchi qurilmalar. Moyli bakli uzgichlarning asosiy afzalliklari: tuzilishining soddaligi; tashqi qurilmalar uchun ham yaroqliligi; joylashtirilgan tok transformatorlarining mavjudligi. Moyli bakli uzgichlarning kamchiliklari: protlash va yong‘in sodir bo‘lishi jihatidan xavfliligi; bakdagi va kirgichlardagi moy holati va sathini davriy nazorat qilib turish zarurligi; ko‘p hajmdagi moyning talab etilishi; xonaning ichida o‘rnatish mumkin emasligi; tez ta’sir etuvchi AQUni ishlatish mumkin emasligi; metall sarfining ko‘pligi; massasi va gabaritining kattaligi sababli bir joydan ikkinchi joyga olib borish, montaj qilish va sozlashning noqulayligi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling