Yuqori kuchlanish uzgichlari
Download 1.69 Mb.
|
Atabek
Kam moyli uzgichlar. Kam moyli uzgichlar hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq taqsimlovchi qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Bu uzgichlarda moy asosan yoyni so‘ndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajratilgan kontaktlar orasida qisman izolyasiya muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Tok o‘tkazuvchi qismlari bir-biridan va yerga tutashtirilgan qismlardan chinni yoki boshqa qattiq izolyasiyalovchi materillar yordamida izolyasiyalanadi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli uzgichlar chinni korpusga ega bo‘ladi. 6-10 kV kuchlanishli osma tipdagi uzgichlar keng tarqalgan. Bu uzgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolyatorlarda umumiy ramaga 166 mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so‘ndiruvchi kamera nazarda tutiladi.
8.20,a-rasmda VMG-10 tipdagi kam moyli uzgichning konstruktiv sxemasi ko‘rsatilgan. 8.20,b-rasmda esa VMP tipdagi kam moyli osma uzgichninng konstruktiv sxemasi tasvirlangan. Katta nominal toklarda bir juft kontaktlar (ular ishchi va yoy so‘ndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish qiyin, shuning uchun uzgichning tashqarisiga ham kontaktlar, metall bak ichiga esa yoy so‘ndiruvchi kontaktlar o‘rnatiladi (8.20,v-rasm). Uziladigan tok katta bo‘lganda har bir qutbga ikkitadan yoy so‘ndiruvchi uzilish joyi mavjud bo‘ladi (8.20,g-rasm). SHu sxema asosida MGG va MG seriyadagi 20 kV va undan kichik kuchlanishli uzgichlar ishlab chiqariladi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli uzgichlarning korpusi chinnidan tayyorlanadi (8.20,drasm). 35, 110 kV uzgichlarda har bir qutbga bitta uzilish bo‘lib, katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish bo‘ladi. Kam moyli uzgichlarning afzalliklari: talab etiluchi moy miqdorining kamligi; massasi va gabaritining kichikligi; yoy so‘ndiruvchi kontaktlarga borishning moyli bakli uzgichlardagiga nisbatan ancha qulayligi; unifikatsiyalangan tugunlarni ishlatish orqali turli kuchlanishlarga uzgichlarni turli seriyalarini yaratish imkonining mavjudligi. Kam moyli uzgichlarning kamchiliklari: portlash va yong‘in xavfining mavjudligi (bakli uzgichlardagiga nisbatan ancha kam bo‘lishiga qaramasdan); tez ta’sir etuvchi AQU ni amalga oshirish mumkin emasligi; moyni davriy tarzda nazorat qilib, kamini quyib to‘ldirib turish va yoy so‘ndiruvchi baklardagi moyni nisbatan tez-tez almashtirib turish zarurligi; o‘rnatiluvchi tok transformatorlarini joylashtirishning noqulayligi; uzish qobiliyatining nisbatan pastligi. Kam moyli uzgichlarning qo‘llanilish sohasi – 6, 10, 20, 35 va 110 kV kuchlanishli stansiya va podstansiyalarning yopiq taqsimlash qurilmalari; 6, 10, va 35 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmalari; 35 va 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalari. Havoli uzgichlar. Havoli uzgichlarda yoy siqilgan havo yordamida so‘ndiriladi, tok o‘tkazuvchi qismlar yoy so‘ndiruvchi qurilmadan chinni yoki boshqa izolyasiyalovchi materiallar bilan izolyasiyalanadi. Havoli uzgichlarning kontruktiv sxemalari turlicha bo‘lib, ular nominal kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyasion oraliqni hosil qilish va yoy so‘ndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga ko‘ra farqlanadi. Katta nominal tokka mo‘ljallangan uzgichlarda (8.21,a,b-rasm) kam moyli MG va MGG tipidagi uzgichlarga o‘xshash bosh va yoy so‘ndiruvchi kontaktlar mavjud. Bunday uzgichlarda havoni purkash bo‘ylama (8.21,a-rasm) yoki ko‘ndalang (8.21,brasm) yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyasion oraliq yoy so‘ndiruvchi kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yo‘li bilan (8.21,b-rasm) yoki ochiq joylashgan maxsus ajratkich 5 (8.21,a-rasm) yordamida hosil qilinadi. Ajratkich 5 uzilgandan so‘ng kameraga siqilgan havo haydalishi to‘xtatilib, yoy so‘ndiruvchi kontaktlar tutashadi. Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlangan uzgichlar ichki qurilmalar uchun 15 va 20 kV kuchlanish va 20000 A gacha toklarga mo‘ljallab (VVG seriyasi) ishlab chiqariladi. Ochiq qurilmalardagi uzgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera chinni izolyator ichiga joylashtirilib, ularda 35 kV kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish (8.21,vrasm), 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish joyi mavjud bo‘ladi (8.21,g-rasm). Nominal kuchlanish qancha yuqori va uziladigan quvvat qancha katta bo‘lsa, yoy so‘ndiruvchi kamerada va ajratkichda shuncha ko‘p uzilish joylari mavjud bo‘lishi kerak. Odatda, 330 kV ga – sakkizta; 500 kV ga – o‘nta uzilish joylari mavjud bo‘ladi.. Ko‘rilgan konstruksiyalarda uzgichlarning asosi oldida joylashgan idishdan havo yoy so‘ndiruvchi kameraga beriladi. Agar kontakt tizimi yerdan izolyasiyalangan siqilgan havo idishiga joylatirilsa, u holda yoyni so‘ndirish tezligi ancha ortadi. Shunday prinsip VVB seriyali uzgichlarga asos qilib olingan (8.21,g-rasm). Bunday uzgichlarda ajratkich bo‘lmaydi, uzgich uzganda bir vaqtning o‘zida siqilgan havo idishi hisoblangan yoy so‘ndiruvchi kamera 2, purkash klapanlari orqali atmosfera bilan tutashadi, bunda yoyni so‘ndiruvchi purkash hosil bo‘ladi. Uzilgan holatda kontaktlar siqilgan havo muhitida bo‘ladi. Bunday konstruktiv sxema asosida 750 kV gacha kuchlanishga mo‘ljallangan uzgichlar yaratilgan. Yoy so‘ndiruvchi kameralar (modullar)ning soni kuchlanishga bog‘liq. Odatda 110 kV kuchlanishli uzgichda – bitta; 220 kV da – ikkita; 330 kV da – to‘rtta; 500 kV da – oltita; 750 kV da – sakkizta kamera mavjud bo‘ladi. Uzilishlar bo‘yicha kuchlanishni bir xilda taqsimlash uchun aktiv qarshilikli 3 va kondensatorli 6 kuchlanish bo‘lgichlari ishlatiladi. 8.22- rasmda 330 kV nominal kuchlanishli ochiq taqsimlovchi qurilmada o’rntilvchi havoli uzgichlarning umumiy ko’rinishi tasvirlangan. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling