Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Maruza-1
BО‘KISH JARAYONI
Kserogelni bо‘ktirish uchun uning bir bо‘lagini suyuqlik bug‘iga tutish yoki suyuqlikka botirib qо‘yish kerak. Har bir kserogel turli erituvchilarda turlicha bо‘kadi. Masalan, jelatina suvda yaxshi bо‘kkani holda, organik erituvchilarda sira bо‘kmaydi. Kauchuk esa efir, benzol va xloroformda yaxshi bо‘kadi, ammo suv va spirtda bо‘kmaydi. 8.8- rasm . Bо‘kish jarayonining birinchi (a) va ikkinchi bosqichlari: 1 va 2- qutubli erituvchining molekulalari hajmda (1) va solvat (gidrat) qavatda(2); 3- makromolekulalar orasidagi zaif bog‘lar.
Bо‘kish jarayonida, avval erituvchining molekulalari polimerning (kserogelning) g‘ovaklarini tо‘ldiradi, sо‘ngra makromolekulalar oralariga kirib boradi. Natijada uning makromolekulalari atrofida erituvchining birinchi solvat qavatini hosil qiladi, uning usida ikkinchi, uchinchi va h.k. solvat qavatlar yuzaga keladi. Har bir makromolekulalar oralaridagi masofa kattalashib, polimerning bо‘kishi kuzatiladi (8.8-rasm).
22 Bо‘kish jarayonining intensivligi haqida fikr yuritish uchun kserogelning massasi yoki hajmi о‘lchanadi. Bо‘kish vaqtda kserogel massasining ortishidan foydalanib kserogel bо‘kkanda qancha suyuqlik shimilganligini topish mumkin. Kserogel bо‘kkanda shimiladigan suyuqlik massasini quruq ksirogel massasiga nisbati bо‘kish darajasi (bо‘kish koeffitsiyenti) deyiladi va α harfi bilan belgilanadi:
( )
( ) shimilgan suyuqlik massasi g quruq modda massasi g (8.8) Agar polimerning bо‘kishga qadar (ya’ni quruq modda) massasini m 0 bilan,
bо‘kkandan keyingi massasini t bilan belgilasak, bо‘kish darajasi 0 0 m m m (8.9) bо‘ladi.
Kauchukning turli organik suyuqliklarda bо‘kish quyidagi jadvalda kо‘rsatilgan. 8.4-jadval 1 g kauchukning turli organik erituvchilarda bо‘kishi
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling