Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari
POLIMERLARNING ERISH JARAYONI
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Maruza-1
POLIMERLARNING ERISH JARAYONI
Polimerning erishi uning bо‘kishidan boshlanadi. Bо‘kish hodisasi quyi molekulali moddalarda uchramaydi.
18 Yuqori molekulali moddalar haqidagi nazariya polimerlarning bо‘kish va erish hodisasini suyuqliklarning о‘zaro aralashish jarayoni deb qaraydi (chunki kо‘p polimerlar kristall holatda bо‘lmaganligi uchun ularni о‘ta sovitilgan suyuqlik deb qarash mumkin). Polimerlarning bо‘kishi va erishi о‘z-о‘zicha boradigan jarayondir. Polimer erituvchiga tushirilganida faqat erituvchining molekulalari polimer molekulalari orasiga kiradi. Polimerning makromolekulalari nihoyatda katta bо‘lganligi uchun ular juda sekin harakatlanadi, natijada polimerlarning erish jarayoni uzoq davom etadi. Erituvchiga tushgan polimer bо‘ka boshlaydi. Bu vaqtda erituvchi molekulalari makromolekulalar orasidagi bо‘sh g‘ovaklarni tо‘latib, polimerga yutiladi.
dastlabki (a) va keyingi (b) bosqichlari: 1- erituvchining qutubli molekulalari hajmda (1) va solvat (gidrat) qavatida (2); 3- maromolekulalararo kuchlar. Polimerga yutilgan erituvchining molekulalari polimer zanjirlari zvenolarini bir-biridan uzoqlashtirib, ular orasidagi о‘zaro ta’sir kuchlarini kamaytiradi. Natijada polimer g‘ovaklashadi. Polimer ichida hosil bо‘lgan g‘ovak- bо‘sh joylarni erituvchining yangi-yangi molekulalari band eta boshlaydi. Shunday qilib, bо‘kayotgan polimerning hajmi kattalashadi (8.6-rasm). Bо‘kkan polimer makromolekulalari bir-biridan ancha uzoqlashadi; bо‘kish ana shu tariqa davom etaversa, polimer makromolekulalari polimer jismdan uzilib, eritmaga о‘ta boshlaydi, ya’ni polimer eriy boshlaydi. Lekin polimerning bо‘kishi hamma vaqt ham erish bilan tugayvermaydi, bо‘kkan polimer erimay qolishi ham mumkin. Suyuqliklar kabi polimerlar ham cheksiz bо‘kadigan (eriydigan) va chekli bо‘kadigan bо‘ladi. Cheksiz bо‘kadigan polimerlargina avval suyuqlikni 19 yutib bо‘kkanidan keyin eriy boshlaydi va gomogen sistema hosil qiladi. Masalan, tabiiy va sintetik kauchuk benzolda, nitrotsellyuloza esa atsetonda ana shu tariqa eriydi.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling