Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Maruza-1
1 MA’RUZA-8 YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR VA ULARNING XOSSALARI Yuqori molekulali moddalar (YUMB) eritmalarining liofob kolloid sistemalardan asosiy farqi shundaki, ular xuddi quyi molekulali modda (masalan, qand) eritmalari kabi, termodinamik jihatdan barqaror bо‘ladi. Shunga muvofiq, yuqori molekulali moddalarning eritmalarida haqiqiy muvozanat qaror topa oladi. Biroq bu muvozanat asta-sekin (haftalar va yuqori konsentratsiyali eritmalarda oylar davomida) qaror topadi. Bu jihatdan yuqori molekulali moddalarning eritmalari quyi molekulali moddalarning eritmalaridan farq qiladi. Yuqori molekulali moddalar eritmalari uchun fazalar qoidasini tatbiq etish mumkin. Galeoti, Zerensen, Mak-Ben va boshqa olimlar oqsillarning eritmalari uchun fazalar qoidasi о‘z kuchini saqlab qolishini tajribada isbot qildilar. Akademik V.A.Kargin va uning shogirdlari fazalar qoidasi yuqori molekulali moddlarning eritmalari uchun qо‘llanilishini va bu eritmalarning chin eritmalar deb qaralishi mumkinligini juda kо‘p misollarda kо‘rsatdilar. Masalan, V.A.Kargin, 3.A.Rogovin va S.P.Papkov atsetilsellyulozaning dixloretandagi va xloroformdagi eritmalarini tekshirib, bu sistemalarning holat diagrammasi chin eritmalarning (masalan, fenolning suvdagi eritmasi) diagrammalariga batamom о‘xshash ekanligini aniqladilar. Zamonaviy tekshirishlar kо‘rsatishicha, polimerlarning eritmalari, umuman barcha liozollar kabi, haqiqiy mikrogeterogen sistemalar bilan haqiqiy eritmalar о‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Ularning juda suyultirilgan eritmalari chin eritmani hosil qilsa, suyultirilgan eritmalari liofil kolloid eritmani, konsentirilgan eritmalari esa, strukturalangan iviqlarni (gellarni) hosil qiladilar. YUMB eritmalari liofil kolloid eritmalar hisoblanadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling