Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari


YUQORI MOLEKULALI MODDALAR ERITMALARIDA


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#212021
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
8-Maruza-1

YUQORI MOLEKULALI MODDALAR ERITMALARIDA 

SOLVATLANISH HODISASI 

V.A.Kargin, A.A.Tager, S.M.Lipatov va boshqa olimlarning tajribada topgan 

natijalariga  kо‘ra,  qutbli  funksional  guruhlari  bо‘lgan  polimer  kutbli  erituvchida 

eritilganda sistemaning erish issiqlik effekti har doim musbat ishoraga ega bо‘ladi 

(∆H<0), ya’ni bunda solvatlanish issiqligi katta bо‘ladi. 

Solvatlanishda  erigan  modda  makromolekulalari  erituvchi  molekulalari  bilan 

о‘zaro  ta’sirlashib,  bu  jarayon  oqibatida  erigan 

modda  molekulalarini  qurshab  olgan  erituvchi 

molekulalari sof erituvchi molekulalariga qaraganda 

о‘zining aktivligini ancha pasaytiradi. Erituvchi suv 

bо‘lganida  о‘zaro  ta’sir  gidratlanish  deb  ataladi. 

Erituvchi  molekulalari  aktivligining  kamayishi, 

asosan,  erigan  modda  molekulasi  sirtidagi  birinchi 



13 

solvat qavatda rо‘y beradi. 

Solvat  qavatdagi  erituvchining  bug‘  bosimi  aslida  kamroq,  eritish  xususiyati 

zaifroq,  dielektrik  о‘tkazuvchanlik  konstantasining  qiymati  kichikroq,  lekin 

zichligi  yuqoriqroq,  muzlashi  haroratsi  esa  pastroq  bо‘ladi.  Bu  qiymatlarni 

о‘lchash yо‘li bilan solvatlanish issiqligining qiymatini aniqlash mumkin. 

Solvatlanish  issiqligini  о‘lchashning  eng  yaxshi  usuli  –  ma’lum  miqdor 

polimerning ma’lum miqdor erituvchida erish issiqlik effektini о‘lchashdan iborat 

(bunda  erituvchini  ayni  polimerga  ta’sir  kо‘rsatmaydigan  biror  indifferent 

suyuqlikning  ma’lum  miqdori  bilan  aralashtirish  tavsiya  etiladi).  V.A.  Kargin  va 

S.P.  Papkovlarning  tekshirishlariga  kо‘ra,  nitrotsellyuloza  atseton  va  piridinda 

shunday  solvatlanadiki,  polimer  tarkibidagi  har  bir  qutbli  guruh  -ONO

ga  bitta 



erituvchi molekulasi tо‘g‘ri keladi. 

A.V.Dumanskiy  va  uning  shogirdlari  turli  polimerlarning  hо‘llanish 

issiqligini  о‘lchash  natijasida  solvatlanish  issiqligini  aniqlashga  muvaffaq 

bо‘ldilar.  Ularning  fikriga  kо‘ra  kraxmal  makromolekulasi  gidratlanganida  uning 

har  bir  glyukoza  qoldig‘iga  bog‘langan suv  molekulasining  uchtasi  tо‘g‘ri  keladi. 

A.V.Dumanskiy  1  g  bog‘langan  suv  turli  moddalar  bilan  birikkanida  jarayonning 

issiqlik effekti 334,92 Joulni tashkil etishini aniqladi. 

Solvatlanish  issiqligini  aniqlashda  yana  boshqa  usullar  ham  bor.  Turli 

usullarda  aniqlangan  solvatlanish  issiqligining  qiymatlar  bir-biriga  yaqin  keladi. 

Solvatlanishni xarakterlovchi ba’zi ma’lumotlar VIII.1-jadvalda keltirilgan. 

Polimerlarning  qutbli  guruhlariga  (yoki  zvenolariga)  tо‘g‘ri  keladigan 

solvatlangan  suv  molekulalarining,  past  molekulali  moddalardagi  solvatlanish 

sonlaridan  farq  qilmaydi:  ikkala  holda  ham  bitta  solvat  qavat  vujudga  keladi. 

Ba’zan  fazoviy  (sterik)  faktorlar  tо‘liq  solvatlanishga  imkoniyat  bermaydi. 

Shuning  uchun  ham  oqsil  makromoleulasi  tarkibidagi  har  qaysi  peptid  guruh  -

CONH faqat birgina suv molekulasi bilan solvatlanadi. Lekin- COOH, - OH kabi 

erkin  gidrofil  guruhlar  karbon  kislotalarda  necha  molekula  suv  bilan 

solvatlanadigan  bо‘lsa,  polimer  tarkibida  bо‘lganida  ham  xuddi  о‘shancha  suv 

molekulasi bilan solvatlanadi. 



14 

8.1-jadval .  

Polimer tarkibidagi ba’zi qutbli guruh va zvenolarning solvatlanishi 


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling