Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari
YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Maruza-1
YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR
Molekulasi tarkibida о‘zaro kovalent bog‘lanishlar orqali birikkan bir xil guruhlarni bir necha yuz, ming va undan kо‘p marotaba takrorlanishi natijasida hosil bо‘ladigan birikmalar yuqori molekulali birikmalar deb ataladi. О‘rtacha 2 nisbiy molekulyar massasi 5000 dan katta bо‘lgan YUMB polimerlar deyiladi, undan kichiklarini olgomerlar deyiladi. Masalan, tabiiy polimer- sellyulozaning molekula massasi bir million uglerod birligidan ortiqdir. Tabiatda sellyuloza, oqsil, glikogen (gо‘sht tarkibidagi polimer modda), kraxmal, kauchuk va boshqa polimerlar kо‘p tarqalgan. Hozirgi vaqtda polimerlarning juda kо‘p turi sun’iy va sintetik usullar bilan olinmoqda. Sanoatda polimerlar ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan taraqqiy qilmoqda. Kapron, neylon, lavsan, viskoza va atsetat ipaklar, nitron va boshqa tolalar sun’iy yoki sintetik yо‘l bilan olinadi. Polimerlardan har turli buyumlar yasashning osonligi polimer ishlab chiqarishni sanoatning muhim tarmog‘iga aylantirdi. О‘zbekistonda kо‘p miqdorda polietilen sanoat miqyosida ishlab chiqarilmoqda. Polimerlar qora, ayniqsa, rangli metallarni kо‘p miqdorda tejashga yordam beradi. YUMBlarning molekulalari tarkibida ma’lum sondagi kо‘p marta takrorlanuvchi atomlar guruhsini –elementar zvenolar deyiladi. Masalan, polivinil xlorid molekulasining .. – CH
2 – CHCl– CH 2 – CHCl– CH 2 – CHCl-
...
-CH 2 - CHCl- elementar guruh bо‘lib, bir-necha ming marotabacha takrorlanishi mumkin. Umumiy kо‘rinishda quyidagichi ifodalanadi: (-CH
2 - CHCl-) n n-polimerlanish darajasi YUMBlar quyi molekulali moddalardan (monomerlardan) polimerlanish yoki polikondensatlanish reaksiyalari natijasida hosil bо‘ladi. YUMB molekulalarini makromolekula deyiladi. Polimerlanish reaksiyasiga kirishish uchun monomerlarning molekulalarida bitta yoki bir nechta qо‘sh bog‘lar ( >С = С<) bо‘lishi zarur. Polimerlanish vaqtida monomer molekulasining qо‘sh bog‘ining π- bog‘lari bog‘lari uzilib, yangi bog‘lanishlar vujudga keladi. Bunday yangi bog‘lanishlarning hosil bо‘lish mexanizmini quyidagi sxema bilan tasvirlash mumkin:
3 Agar RCH = CH 2 tarkibli monomerning p ta molekulasi polimerlansa, tarkibida p ta zvenosi bor polimer makromolekulasi hosil bо‘lishi sxemadan ochiq kо‘rinib turibdi. p- polimerlanish darajasi. Masalan, tо‘yinmagan uglevodorod - stirol С 6 Н 5 –СН=СН
2 polimerlanganda polistrol hosil bо‘ladi: n (СН = СН 2 ) → (- СН - СН 2 -) n
С 6 Н 5
С 6
5
Turli xil monomerlarning birga polimerlanish mahsulotlari sopolimerlar deb ataladi: masalan, vinilxlorid bilan vinilatsetat quyidagicha sopolimer beradi: nСН
2 = СНСl + nCH 2 = CHOCOCH 3 →(–CH
2 –CHC1–CH
2 -) – CH–) n
OСOСН 3
Agar monomerlardan polimerlarning hosil bо‘lish jarayoni suv; spirt va boshqa quyi molekulali moddalar ajralib chiqishi bilan sodir bо‘lsa, bu jarayon Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling