Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#212021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
8-Maruza-1

Polimerning nomi 

T



0



∆H (kJ) 

∆S  

 

Tabiiy kauchuk 



28 

4,39 


14,6 

Polietilenoksid 

66 

8,25 


24,5 

Polixlorpren (1,4-trans) 

80 

8,4a 


23,5 

Sellyulozaning tributirati 

207 

12,06 


25,6 

Polixlordiftoretilen 

210 

5,0 


10,1 

 

POLIMERLARNI PLASTIFIKATSIYALASH 

Polimerlarning  mо‘rtligini  kamaytirish,  elastikligini  oshirish  va  sovuqqa 

chidamliligini  kuchaytirish,  shishalanish  va  oquvchanlik  haroratlarini  pasaytirish 

ularni  plastifikatsiyalash  deyiladi.  Plastifikatsiyani  quyidagicha  amalga  oshirish 

mumkin: 

1)  polimer  tarkibiga  yuqori  haroratda  qaynaydigan,  polimerni  bо‘ktira 

oladigan quyi molekulali suyuqlik modda qо‘shish, 

2) sopolimerlash yо‘li bilan polimerning kimyoviy tarkibini о‘zgartirish. 




Polimerlar  ba’zi  suyuqliklarni  yuta  oladi.  Polimerga  yutilgan  suyuqlik 

polimerni  bо‘ktirib,  polimer  zanjirlarining  о‘zaro  bog‘lanish  kuchlarini 

kamaytiradi. 

Shu 

sababli 


polimerning 

shishalanish 

haroratsi 

pasayadi, 

qovushqoqligi  kamayadi.  Polimerga  qо‘shilganida  unga  ana  shunday  xossalar 

baxsh  etadigan  suyuq  organik  moddalar  plastifikatorlar  deyiladi.  Masalan, 

nitrotsellyuloza,  atsetilsellyuloza  va  polivinilxlorid  kabi  polimerlar  uchun 

plastifikator  sifatida  dibutilftalat  yoki  trikrezolfosfatlar  ishlatiladi.  Agar 

nitrotsellyulozaga  40%  trikrezolfosfat  kiritilsa,  polimerning  shishalanish  haroratsi 

40°C dan – 30°C gacha pasayadi; atsetilsellyulozaniki esa 60°C dan – 30°C gacha 

kamayadi. 

Plastifikatsiyaning  ikkinchi  usulda  amalga  oshirilishini  kо‘rsatish  uchun 

quyidagi  misolni  keltiramiz.  Stiroldan  tayyorlangan  polimer  polistirolning 

shishalanish  harorati  +81°C.  Agar  sopolimerlash  usuli  bilan  tarkibida  66,66  % 

stirol  va  33,34  %  butadiyen  bо‘lgan  polimer  hosil  qilinsa,  uning  shishalanish 

haroratsi –30° ga teng bо‘ladi. 




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling