Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Maruza-1
polikondensatlanish deyiladi. Masalan, aminokislotalar polikondensatlanganda
polipeptid bog‘lar hosil bо‘ladi va suv ajralib chiqadi. Polikondensatlanish reaksiyasiga misol tariqasida polisilikat kislotalar hosil bо‘lishini keltirish mumkin: 2H 4
4 → H
2 O + H
6 Si 2 O 7 (bu yerda yana murakkablanish davom etib, oxirida silikat kislota geli hosil bо‘ladi). Ba’zi YUMBlar ham polimerlanish, ham kondensatlanish usullari bilan hosil bо‘lishi mumkin. Masalan, polietilen oksid ikkala yо‘l bilan ham olinadi. Etilen oksidi polimerlanib, polioksietilen hosil bо‘ladi:
Etilen glikolni polikondensatlanishi natijasida ham polioksietilen hosil bо‘ladi: n(HOCH 2 —CH 2 OH) →( – CH 2 – CH
2 – O – )
n + nH 2 O monomer polimer
4 YUMBlar ochiq zanjirli va yopiq (halqa) zanjirli bо‘lishi mumkin. Ochiq zanjirli yuqori molekulali birikmalarga kauchuk misol bо‘la oladi; kauchukning empirik formulasi (C 5 H
) n . Kauchukning asosiy struktura zvenosi ikkita qо‘shbog‘li uglevodorod- izoprendan iborat. Izoprenning polimerlanish sxemasi quyidagicha: nCH 2
3 – CH = CH 2 →.(– CH
2 – C CH
3 = CH– CH 2 –)
n
izopren poliizopren Halqali zanjirlardan iborat yuqori polimer moddalarga sellyuloza misol bо‘la oladi. Sellyulozaning empirik formulasini (C 6 H
O 5 ) n shaklida yozish. mumkin. Sellyuloza yuqori molekulali polisaxarid bо‘lib, о‘simliklarning hujayra devorlarining asosiy tarkibiy qismini (skleti) tashkil qiladi. Tabiatda sellyuloza о‘simliklarda bо‘ladigan murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida hosil bо‘ladi. Bu jarayonlarni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: 6nCO 2
2 O → (C
6 H 10 O 5 ) n + 6nO
2 Sellyuloza tabiatda toza holda bо‘lmaydi. Masalan, paxta tolalari tarkibida 99 % gacha sellyuloza bо‘ladi. Toza sellyuloza olish uchun paxta tolalariga tegishli sharoitda organik erituvchi va ishqor eritmasi bilan ishlov berish kerak (tolaning sirtidagi mum-yog‘ moddalarni eritadi). Sellyulozaga mineral kislotalar qо‘shib uzoq vaqt qaynatilsa,chuqur gidroliz reaksiyasi natijasida, oxirigi mahsulot- glyukoza C 6 H 12 O 6 hosil bо‘ladi. Sellyuloza makromolekulasi parchalanganda oraliq
mahsulot sifatida glyukoza molekulasining ikkita qoldig‘idan iborat birikma – sellobioza ham hosil bо‘ladi. Sellyuloza suvda erimaydi, molekula massasi 250 000 dan 1000 000 gacha, undan ham katta bо‘ladi. Sellyulozaga kimyoviy ishlov berishning eng muhim usullari uni efirlarga aylantirishga asoslangan. Bunda hosil bо‘ladigan sellyuloza nitratlari, atsetatlari atsetonda, xloroformda va boshqa erituvchilarda eriydi. Sellyuloza efirlaridan fotoplyonka va tolalar (atsetatli ipak) olishda foydalaniladi. Sellyulozaga oid ilmiy-tekshirish ishlari respublikamizda sobiq Paxta sellyulozasining kimyosi va texnologiyasi institutida keng kо‘lamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, sellyulozaning fizik-kimyoviy va mexanik xossalarini 5 tekshirish sohasida yaxshi natijalar olingan. G‘о‘za gullagan kundan boshlab unda sellyuloza hosil bо‘lishi aniqlangan; sellyuloza tolasining mexanik xossalarini uning molekulyarust strukturasiga bog‘liqligi aniqlangan. Hayot uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bо‘lgan oqsillar (proteinlar) ham yuqori molekulali birikmalardir. Oksillar aminokislotalardan tuzilgan bо‘lib, suvda gidrolizlanganda oxirgi mahsulot sifatida α-aminokislotalar (umumiy formulasi RCHNH
2 COOH bunda R- radikal) hosil bо‘ladi:
Oqsilning murakkab molekulalari parchalanganda α -aminokislotalar hosil bо‘lishiga asoslanib, oqsil molekulasi kо‘pdan-kо‘p α-aminokislotalarning kondensatlanish mahsulotidir, degan fikrga kelindi. Ikki aminokislota molekulalari kondensatlanganida bir molekula suv chiqib ketadida, bir aminokislotaning karboksil guruhsi ikkinchi kislotaning aminoguruhsi bilan peptid bog‘lanish orqali birikadi.
Bir-biri bilan bog‘lanishlar orqali birikkan bir necha aminokislota polipeptidlar deb ataladi. Demak, oqsillar yuqori molekulali polipeptidlardir. Oqsillarda aminokislotalarning qoldiqlari о‘zaro vodorod bog‘lar orqali birikkan bо‘ladi. Oqsil tarkibida azot, uglerod, kislorod va boshqa (oltingugurt, fosfor, ba’zilarida temir, mis va hokazo) elementlar bо‘ladi. Oqsil tarkibining 16% gacha azot bо‘lishi mumkin. Aminokislotalarning metil ionlar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari meditsina va qishloq xо‘jalik uchun zaruriy preparatlar ekanligi aniqlandi. Oqsillar tarkibiga kiruvchi α-aminokislotalarning soni 22 ta. Inson hayoti uchun 9 ta α-aminokislota (gistidin, lizin, triptofan, fenilalanin, leysin, izoleysin, treonin, metionin, valin) albatta zarur. Bular organizmda sintez qilinmaydi (yoki juda sustlik bilan sintez qilinib, organizmning fiziologik 6 ehtiyojini ta’minlay olmaydi). Inson organizmi о‘zi uchun kerakli aminokislotalarni ovqat orqali qabul qiladi. 8.1-rasm. Oqsil molekulasi α–spiralining yо‘li qalin chiziq bilan, vodorod bog‘lanishlar punktir chiziqlar bilan tasvirlangan Faqat oqsillar va nuklein kislotalarning makromolekulalarigina spiral konfiguratsiyaga ega: ular shu jihatdan barcha boshqa turdagi yuqori molekulali birikmalardan farq qiladi. VIII.1-rasmda
oqsil molekulasi spiralining fragmenti keltirilgan. (Poling va Korey nazariyasiga muvofiq). Rasmda valent bog‘lanishlar qalin chiziqlar bilan, vodorod bog‘lanishlar punktir chiziqlar bilan tasvirlangan. Polimerlar chiziqsimon, tarmoqlangan va fazoviy strukturaga ega bо‘ladi. Chiziqsimon polimerlar elastik va yaxshi eriydigan, fazoviy strukturaga ega bо‘lganlari ancha qattiq va faqat bо‘kadigan bо‘ladi. Tarmoqlangan polimerlar oraliq holatni egallaydi. Ma’lum bir polimerning hamma makromolekulalari bir xil kattalikda bо‘lmaydi, chunki molekulani hosil qiladigan zvenolarning tarkibi bir xil bо‘lsa- da, ularning soni hamma makromolekulalarda ham bir xil bо‘lavermaydi. Bu jihatdan qaraganda polimerlar, bir jinsli emas: bu hodisa polidisperslik deb ataladi. Tabiiy va sun’iy polimerlar polidispers bо‘lganligi uchun ba’zan ularni fraksiyalarga ajratishga tо‘g‘ri keladi. Fraksiyalarga ajratishda polimerlarning eruvchanlik, diffuziya va sedimentatsion xossalaridagi farqdan foydalaniladi.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling