Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari
MAKROMOLEKULALARNING ASOSIY TURLARI
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Maruza-1
MAKROMOLEKULALARNING ASOSIY TURLARI
Polimerlar tarkibidagi molekulali zanjirlarning tashqi sharoit о‘zgartirilganda о‘z konfiguratsiyasini о‘zgartirish xususiyati, ya’ni ularning egiluvchan yoki qattiq bо‘lishi makromolekulaning asosiy xususiyatlarini tashkil qiladi. Ana shu jihatdan qaraganda barcha makromolekulalar tuzilishiga kо‘ra quyidagi beshta asosiy turga bо‘linadi: chiziqli, spiralsimon, tarmoqlangan, fazoviy yoki choklangan (uch о‘lchamli).
qilgan makromolekulalarning bir nechta zvenolardan tashkil topgan sigmentlari erkin ravishda aylana oladi va zanjirlar о‘zaro bir-biriga kuchli ta’sir kо‘rsatmaydi.
10 Bunday makromolekulali polimerlarga tabiiy va sintetik kauchuklar, poliizobutilen, polietilen, polipropilen misol bо‘la oladi. Ular nihoyatda elastik bо‘ladi. Agar bu polimerni tashkil qiluvchi zanjirlar soni kattalashib ketsa, ularning makromolekulalari nihoyatda egiluvchan bо‘lganligi uchun makromolekulalari о‘ralashib «molekulali о‘ramlar» hosil qiladi. Tashqi kuch ta’sir etganda molekulali о‘ramlar yozilishi yoki yana zichlanishi mumkin. Tashqi kuch ta’siri tо‘xtatilganda chо‘zilgan yoki zichlashgan о‘ramlar yana о‘zining eski holatiga qaytadi, ya’ni qaytar deformatsiya rо‘y beradi. Kauchukda uchraydigan elastik deformatsiya kristall jismlarda va metallarda bо‘ladigan elastik deformatsiyadan keskin farq qiladi. Deformatsiyani yuzaga chiqarish uchun materialga qо‘yilishi kerak bо‘lgan kuchlanishlarning kattaligida ham farq bor. Materialga qо‘yilgan kuchlanish bilan materialning nisbiy uzayishi orasidagi nisbat elastiklik moduli (yoki Yung moduli) E bilan xarakterlanadi. Masalan, pо‘lat uchun Yung moduli 20 000 kg/mm 2 ni, shisha uchun 6000 kg/mm 2
ni tashkil etgani holda kauchuk uchun Yung moduli 0,1 kg/mm 2 ga tengdir. 2. Chiziqsimon qattiq makromolekulalar. Uzunchoq qattiq makromolekulalardan tuzilgan polimerlar qatoriga sellyuloza va uning efirlari kiradi. Bu turdagi polimerlarning barchasi qutbli polimerlardir. Qutbli
polimerlar makromolekulalari zanjirlarining zvenolari faqat cheklangan darajadagina aylana oladi, chunki makromolekulalar orasida kuchli vodorod bog‘lanishlar hosil bо‘ladi. Shuning uchun qutbli polimerlarga tashqi kuchlanish qо‘yilganida nisbiy uzayish kauchukdagi kabi katta bо‘lmaydi. Ular uchun Yung moduli 100-200 kg/mm 2 ni tashkil qiladi. 3.Spiralsimon makromolekulalar. Oqsillar va nuklein kislotalarning makromolekulalari spiralsimon makromolekulalar jumlasiga kiradi. Oqsil molekulalarining spiral konfiguratsiyasi makromolekulani anchagina qattiq qilib qо‘yadi. Masalan, albuminning elastiklik moduli 15-40 kg/mm 2 ga teng. 4.Tarmoqlangan makromolekulalar. Tarmoqlangan makromolekulalardan tuzilgan polimerlar qatoriga kraxmal, glikogen va ba’zi boshqa polisaxaridlar kiradi. Kraxmal tarkibining 10-20% ini suvda eruvchan va molekula massasi
11 10000-60000 u.b. ga teng bо‘lgan uzunchoq qattiq makromolekulalardan iborat amilaza tashkil qiladi. Kraxmalning qolgan asosiy qismini molekula massasi 1 000000 u.b. ga yaqin amilopektin tashkil qiladi, amilopektin ham tarmoqlangan makromolekulalardan tashkil topgan. Amilopektin suvda erimaydi, faqat chekli bо‘kadi.
Kraxmal sovuq suvda erimaydi. Qaynoq suvda kraxmal zrrachalari bо‘kib, kraxmal yelimini hosil qiladi. Kraxmalni gidroliz qilish natijasida eruvchan kraxmal, dekstrin (sirach), patoka va glyukoza olinadi.
polimerlar texnikada katta ahamiyatga ega.Ularni choklangan makromolekulalar ham deyiladi. Fazoviy polimerlarning chiziksimon makromolekulalardan hosil bо‘lish hollari juda kо‘p uchraydi (masalan, gellarda, kauchukning vulkanizatsiya mahsuloti bо‘lgan rezina, fenolfarmaldegid plastmassalari). Kauchuk va kollagenlar faqat uch о‘lchamli polimerlar holida ishlatiladi. Jun tabiiy fazoviy polimer bо‘lib, unda peptid zanjirlar disulfid bog‘lanishlar orqali birlashgan. Chiziqsimon polimerlarga aktiv tо‘ldirgichlar (masalan, kauchukka qurum) qо‘shilganida fazoviy makromolekulalar hosil bо‘ladi.
. Choklangan makromolekulaning tuzilishi: A–makromolekulaning elementar zvenosi; V – choklovchi modda molekulalari.
Fazoviy polimerlar faqat ma’lum chegaragacha bо‘ka oladi. Ularda oquvchanlik hodisasi mutlaqo kuzatilmaydi. Agar fazoviy makromolekulaning 12 chiziqsimon makromolekulalari orasidagi bog‘lanishlar soni ortib ketsa, makromolekula zanjirlarining erkin harakat qiladigan qismi qisqaradi, polimerning egiluvchanligi pasayadi, qattiqligi ortadi (masalan, ebonitda) va, nihoyat, polimerning kauchuk kabi elastikligi tamomila yо‘qolib, u odatdagi qattiq jismga о‘xshab qoladi. Fenolformaldegid, mochevina formaldegid va boshqa smolalar ham fazoviy (choklangan) polimerlar jumlasiga kiradi. Yuqorida keltirilgan makromolekulalarning sxemasini quyidagi ifodalash mumkin:
8.5-rasm . YUMB makromolekulalarini chiziqli (a), tarmoqlangan (b) va tо‘rsimon (v) strukturalari. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling