Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Maruza-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- POLIMERLARNING DEFORMATSIYALANISHI
BО‘KISH KINETIKASI
YUMB ning bо‘kish darajasi 0 0
m
formula bilan ifodalanishini yuqorida kо‘rib о‘tdik. Endi bо‘kish kinetikasini kо‘rib chiqamiz. Bо‘kkan modda massasi m ikki massa yig‘indisiga teng; biri quruq modda massasi m
g = V∙d ga teng bu yerda V- suyuqlik hajmi, d-uning zichligi. Endi bо‘kish darajasi uchun quyidagi formulaga ega bо‘lamiz: 0 V d m
(8.11) 27 Polimerning bо‘kish jarayoni ma’lum vaqt ichida sodir bо‘ladi. Bо‘kish tezligi
uchun quyidagi tenglamani yozish mumkin: max d k dm
(8.12)
bu yerda α max
- maksimal bо‘kish darajasi ayni vaqtdagi bо‘kish darajasi. Bu tenglama integrallanganida quyidagi ifoda kelib chiqadi:
ln km const
2,303
max k lg m const
m = 0 bо‘lganda α =0. Binobarin, -lgα max =const,
yoki – –
2,30 ( 3 ) max max k lg lg m
yoxud
2,303 max max k lg m
(8.13)
Bu tenglama tо‘g‘ri chiziq tenglamasidan iborat. Tajribada t о‘zgarishi bilan max max lg ning о‘zgarishidan foydalanib, diagramma tuziladi. Hosil qilingan diagrammada tо‘g‘ri chiziqning og‘ish burchagi tangensiga teng bо‘ladi. Bundan foydalanib, bо‘kish jarayonining tezlik konstantasi k ni hisoblab topish mumkin. POLIMERLARNING DEFORMATSIYALANISHI Uzun zanjirsimon polimer makromolekulasi о‘zining konformatsiyasini mexanik yuk, harorat, erituvchi va hokazolar ta’siri natijasida о‘zgartirishi mumkin. Lekin polimer shaklining bunday о‘zgarishlari sekinlik bilan amalga oshadi. Buning sababi shundaki, polimer makromolekulasining о‘lchami juda katta va ular bir-biriga ta’sir kо‘rsatib turadi. Shunga kо‘ra polimerga tashqi ta’sir 28 kо‘rsatilganida uning strukturasining о‘zgarish jarayoni asta-sekin ma’lum (ba’zan ancha uzoq) vaqt ichida sodir bо‘ladi, natijada polimer munosib muvozanat holatga keladi. Avval kо‘rsatilgan tashqi ta’sir natijasida polimer holatining kechikib о‘zgarishi relaksatsiya deb ataladi. Bu hodisa, masalan, polimerning mexanik xossalari о‘zgarishida namoyon bо‘ladi. Polimerga tashqi mexanik ta’sir kо‘rsatilganida polimer materiali holatining о‘zgarishi bu ta’sir qancha vaqt davom etishiga bog‘liq. Bir bо‘lak polimer material olib, uning tepa tomonini taxtaga mahkamlab, past tomoniga yuk osilsa, avval polimer parchasi ozgina uzayadi, yuk uzoq vaqt shu holda qoldirilganida uzayish kо‘payadi. Polimer yoyiluvchanlik namoyon qiladi. Buni 8.8-rasmda keltirilgan diagramma shaklida kо‘rsatish mumkin.
8.12-rasm. Polimer parchasining о‘zgarmas yuk ta’sirida chо‘zilishi a) va yuk olingandan keyingi (b) relaksatsiyasi.v e – elastik deformatsiya, v yu.e. – yuqori elastik deformatsiya, v q – qoldiq deformatsiya, v u – umumiy deformatsiya, γ yuk – yuk, τ relak – relaksatsiyaga muvofiq keladigan yukning qiymati. Elastik deformatsiya (γ e ), yuqori elastik deformatsiya (γ yue ) va qoldiq deformatsiya (γ q ) lar polimerning umumiy deformatsiyasi (γ u ) ni tashkil etadi:
.
e yu e q
Elastik deformatsiya polimer zanjirida bо‘lgan va о‘zining dastlabki holatiga qaytayotgan atomlararo valent burchaklarning о‘zgarishi tufayli vujudga keladi. Shuning uchun ham polimerning ayni vaqtdagi harakati prujina harakatini eslatadi. Makromolekula zanjirlari bir-biriga nisbatan siljimagan holda tо‘g‘rilanganida yuqori elastik deformatsiya kelib chiqadi. 29 Qoldiq deformatsiya makromolekulalarning bir-biriga nisbatan siljishi («siyqalanishi») natijasida vujudga keladi, bunda polimer xuddi suyuqlik kabi oqa boshlaydi, shu sababdan qoldiq deformatsiya ba’zan «oquvchi deformatsiya» deb ham ataladi. Demak, elastik va yuqori elastik deformatsiyalar qaytar deformatsiyalar bо‘lib, birinchisi bir lahzada, ikkinchisi ma’lum vaqt mobaynida sodir bо‘ladi. Lekin qoldiq deformatsiya qaytmas jarayonlar jumlasiga kiradi. Polimer deformatsiyalanganida uning hajmida ichki kuchlanishlar (tortilish yoki siqilishlar) vujudga keladi. Polimer parchasi tez chо‘zilsa, uning makromolekulasi zanjirlari qayta joylanishga ulgura olmagani sababli polimerda katta ichki kuchlanishlar hosil bо‘ladi. CHо‘zilib turgan polimerda chо‘zuvchi kuch ta’sirida makromolekulalar qayta joylana boshlaydi, ma’lum vaqt о‘tgandan keyin polimerdagi ichki kuchlanishlar qamaya boradi. Agar polimer asta-sekin chо‘zilsa, makromolekula zanjirlari qayta joylanishga ulguradi, juda ham tez chо‘zilsa, polimerda yuqori elastik va qoldiq deformatsiyalar rivojlanishga ulgurmaydi, polimerda mо‘rtlik paydo bо‘lib, polimer material hatto uzilib (yemirilib) ketadi.
Polimerlardan buyumlar tayyordashda ularning deformatsiyalanish xususiyatlari hisobga olinadi.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling