Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari


POLIMERLARNING ERISH JARAYONI


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#212021
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
8-Maruza-1

POLIMERLARNING ERISH JARAYONI 

Polimerning  erishi  uning  bо‘kishidan  boshlanadi.  Bо‘kish  hodisasi  quyi 

molekulali moddalarda uchramaydi. 



18 

Yuqori  molekulali  moddalar  haqidagi  nazariya  polimerlarning  bо‘kish  va 

erish  hodisasini  suyuqliklarning  о‘zaro  aralashish  jarayoni  deb  qaraydi  (chunki 

kо‘p polimerlar kristall holatda bо‘lmaganligi uchun ularni о‘ta sovitilgan suyuqlik 

deb qarash mumkin). 

Polimerlarning bо‘kishi va erishi о‘z-о‘zicha boradigan jarayondir. 

Polimer  erituvchiga  tushirilganida  faqat  erituvchining  molekulalari  polimer 

molekulalari  orasiga  kiradi.  Polimerning  makromolekulalari  nihoyatda  katta 

bо‘lganligi  uchun  ular  juda  sekin  harakatlanadi,  natijada  polimerlarning  erish 

jarayoni uzoq davom etadi. 

Erituvchiga  tushgan  polimer  bо‘ka  boshlaydi.  Bu  vaqtda  erituvchi 

molekulalari  makromolekulalar  orasidagi  bо‘sh  g‘ovaklarni  tо‘latib,  polimerga 

yutiladi.  

 

8.6-rasm.  Bо‘kish  jarayonining 



dastlabki  (a)  va  keyingi  (b) 

bosqichlari: 

1- 

erituvchining 

qutubli molekulalari hajmda (1) va 

solvat  (gidrat)  qavatida  (2);  3- 

maromolekulalararo kuchlar. 

Polimerga  yutilgan  erituvchining  molekulalari  polimer  zanjirlari  zvenolarini 

bir-biridan  uzoqlashtirib,  ular  orasidagi  о‘zaro  ta’sir  kuchlarini  kamaytiradi. 

Natijada  polimer  g‘ovaklashadi.  Polimer  ichida  hosil  bо‘lgan  g‘ovak-  bо‘sh 

joylarni erituvchining yangi-yangi molekulalari band eta boshlaydi. Shunday qilib, 

bо‘kayotgan polimerning hajmi kattalashadi (8.6-rasm).  

Bо‘kkan  polimer  makromolekulalari  bir-biridan  ancha  uzoqlashadi;  bо‘kish 

ana shu tariqa davom etaversa, polimer makromolekulalari polimer jismdan uzilib, 

eritmaga о‘ta boshlaydi, ya’ni polimer eriy boshlaydi. Lekin polimerning bо‘kishi 

hamma vaqt ham erish bilan tugayvermaydi, bо‘kkan polimer erimay qolishi ham 

mumkin.  Suyuqliklar  kabi  polimerlar  ham  cheksiz  bо‘kadigan  (eriydigan)  va 

chekli  bо‘kadigan  bо‘ladi.  Cheksiz  bо‘kadigan  polimerlargina  avval  suyuqlikni 




19 

yutib bо‘kkanidan keyin eriy boshlaydi va gomogen sistema hosil qiladi. Masalan, 

tabiiy  va  sintetik  kauchuk  benzolda,  nitrotsellyuloza  esa  atsetonda  ana  shu  tariqa 

eriydi. 



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling