Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari
YUQORI MOLEKULALI MODDALAR ERITMALARIDA
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Maruza-1
YUQORI MOLEKULALI MODDALAR ERITMALARIDA
SOLVATLANISH HODISASI V.A.Kargin, A.A.Tager, S.M.Lipatov va boshqa olimlarning tajribada topgan natijalariga kо‘ra, qutbli funksional guruhlari bо‘lgan polimer kutbli erituvchida eritilganda sistemaning erish issiqlik effekti har doim musbat ishoraga ega bо‘ladi (∆H<0), ya’ni bunda solvatlanish issiqligi katta bо‘ladi. Solvatlanishda erigan modda makromolekulalari erituvchi molekulalari bilan о‘zaro ta’sirlashib, bu jarayon oqibatida erigan modda molekulalarini qurshab olgan erituvchi molekulalari sof erituvchi molekulalariga qaraganda о‘zining aktivligini ancha pasaytiradi. Erituvchi suv bо‘lganida о‘zaro ta’sir gidratlanish deb ataladi. Erituvchi molekulalari aktivligining kamayishi, asosan, erigan modda molekulasi sirtidagi birinchi
13 solvat qavatda rо‘y beradi. Solvat qavatdagi erituvchining bug‘ bosimi aslida kamroq, eritish xususiyati zaifroq, dielektrik о‘tkazuvchanlik konstantasining qiymati kichikroq, lekin zichligi yuqoriqroq, muzlashi haroratsi esa pastroq bо‘ladi. Bu qiymatlarni о‘lchash yо‘li bilan solvatlanish issiqligining qiymatini aniqlash mumkin. Solvatlanish issiqligini о‘lchashning eng yaxshi usuli – ma’lum miqdor polimerning ma’lum miqdor erituvchida erish issiqlik effektini о‘lchashdan iborat (bunda erituvchini ayni polimerga ta’sir kо‘rsatmaydigan biror indifferent suyuqlikning ma’lum miqdori bilan aralashtirish tavsiya etiladi). V.A. Kargin va S.P. Papkovlarning tekshirishlariga kо‘ra, nitrotsellyuloza atseton va piridinda shunday solvatlanadiki, polimer tarkibidagi har bir qutbli guruh -ONO 2 ga bitta erituvchi molekulasi tо‘g‘ri keladi. A.V.Dumanskiy va uning shogirdlari turli polimerlarning hо‘llanish issiqligini о‘lchash natijasida solvatlanish issiqligini aniqlashga muvaffaq bо‘ldilar. Ularning fikriga kо‘ra kraxmal makromolekulasi gidratlanganida uning har bir glyukoza qoldig‘iga bog‘langan suv molekulasining uchtasi tо‘g‘ri keladi. A.V.Dumanskiy 1 g bog‘langan suv turli moddalar bilan birikkanida jarayonning issiqlik effekti 334,92 Joulni tashkil etishini aniqladi. Solvatlanish issiqligini aniqlashda yana boshqa usullar ham bor. Turli usullarda aniqlangan solvatlanish issiqligining qiymatlar bir-biriga yaqin keladi. Solvatlanishni xarakterlovchi ba’zi ma’lumotlar VIII.1-jadvalda keltirilgan. Polimerlarning qutbli guruhlariga (yoki zvenolariga) tо‘g‘ri keladigan solvatlangan suv molekulalarining, past molekulali moddalardagi solvatlanish sonlaridan farq qilmaydi: ikkala holda ham bitta solvat qavat vujudga keladi. Ba’zan fazoviy (sterik) faktorlar tо‘liq solvatlanishga imkoniyat bermaydi. Shuning uchun ham oqsil makromoleulasi tarkibidagi har qaysi peptid guruh - CONH faqat birgina suv molekulasi bilan solvatlanadi. Lekin- COOH, - OH kabi erkin gidrofil guruhlar karbon kislotalarda necha molekula suv bilan solvatlanadigan bо‘lsa, polimer tarkibida bо‘lganida ham xuddi о‘shancha suv molekulasi bilan solvatlanadi.
14 8.1-jadval . Polimer tarkibidagi ba’zi qutbli guruh va zvenolarning solvatlanishi
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling