Yuqori molekulali birikmalar va ularning xossalari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Maruza-1
Polimerning nomi
T S 0 C ∆H (kJ) ∆S
Tabiiy kauchuk 28 4,39
14,6 Polietilenoksid 66 8,25
24,5 Polixlorpren (1,4-trans) 80 8,4a
23,5 Sellyulozaning tributirati 207 12,06
25,6 Polixlordiftoretilen 210 5,0
10,1 POLIMERLARNI PLASTIFIKATSIYALASH Polimerlarning mо‘rtligini kamaytirish, elastikligini oshirish va sovuqqa chidamliligini kuchaytirish, shishalanish va oquvchanlik haroratlarini pasaytirish ularni plastifikatsiyalash deyiladi. Plastifikatsiyani quyidagicha amalga oshirish mumkin: 1) polimer tarkibiga yuqori haroratda qaynaydigan, polimerni bо‘ktira oladigan quyi molekulali suyuqlik modda qо‘shish, 2) sopolimerlash yо‘li bilan polimerning kimyoviy tarkibini о‘zgartirish. 9 Polimerlar ba’zi suyuqliklarni yuta oladi. Polimerga yutilgan suyuqlik polimerni bо‘ktirib, polimer zanjirlarining о‘zaro bog‘lanish kuchlarini kamaytiradi. Shu sababli
polimerning shishalanish haroratsi pasayadi, qovushqoqligi kamayadi. Polimerga qо‘shilganida unga ana shunday xossalar baxsh etadigan suyuq organik moddalar plastifikatorlar deyiladi. Masalan, nitrotsellyuloza, atsetilsellyuloza va polivinilxlorid kabi polimerlar uchun plastifikator sifatida dibutilftalat yoki trikrezolfosfatlar ishlatiladi. Agar nitrotsellyulozaga 40% trikrezolfosfat kiritilsa, polimerning shishalanish haroratsi 40°C dan – 30°C gacha pasayadi; atsetilsellyulozaniki esa 60°C dan – 30°C gacha kamayadi. Plastifikatsiyaning ikkinchi usulda amalga oshirilishini kо‘rsatish uchun quyidagi misolni keltiramiz. Stiroldan tayyorlangan polimer polistirolning shishalanish harorati +81°C. Agar sopolimerlash usuli bilan tarkibida 66,66 % stirol va 33,34 % butadiyen bо‘lgan polimer hosil qilinsa, uning shishalanish haroratsi –30° ga teng bо‘ladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling