Yuqori molekulyar birikmalar fanidan
Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi
Download 301.73 Kb.
|
YuMB.Mustaqil ishi 2022. docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu grafikning ko`rinishi quyidagicha bo`ladi
- Ideal erituvchi
- Yaxshi» erituvchi
- Xarakteristik qovushqoqlikning molekulyar massa bilan bog’liqligi
- Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari
Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
Jadval №1
Bu grafikning ko`rinishi quyidagicha bo`ladi: М1 7,5 5,0 2,5 М2 0 0,1 0,2 0,3 0,4 4-rasm. Келтирилган qовушqоqликнинг концентрацияга боғлиqлиги ( ). Polimerlarning xarakteristik qovushqoqligiga erituvchi tabiatining ta`siri Bir xil kimyoviy va geometrik tuzilishga ega bo`lgan polimerlar uchun erituvchining ta`siriga qarab ularning xarakteristik qovushqoqligi har xil bo`ladi. Hamma erituvchilarni polimer bilan ta`sirchanligining xarakteriga qarab uch turga bo`lish mumkin: «ideal» ( – erituvchi), «yaxshi», va «yomon» (termodinamik ta`sirchanlik ma`nosi). Ideal erituvchi deb, polimer erituvchi kimyoviy ta`sirlashuv potentsiali bilan polimer segmentlarining o`zaro ta`sirlashuv erkin energiyasi muvozanatlashgan, ya`ni polimer- polimer, polimer-erituvchi va erituvchi-erituvchi termodinamik ta`sirlashuv muvozanatlashgan erituvchiga aytiladi. Bunday erituvchida polimer molekulalarining xolati (konformatsiyasi) faqat uning kimyoviy strukturasiga bog’liq bo`ladi. «Yaxshi» erituvchilarda polimer-erituvchi ta`sirchanlik energiyasi boshqa energiyalardan ustunroq bo`ladi va natijada chulg’amlari kengaygan xolda bo`lishga intiladi. Demak «yaxshi» erituvchilarda ichki va molekulalararo ta`sirlashuv makromolekulalarning o`lchamlarini o`zgartiradi. Boshqacha aytilganda, «yaxshi» erituvchida makromolekulalar bo`kadi. Xarakteristik qovushqoqlikning molekulyar massa bilan bog’liqligi Polimer eritmalarning gidrodinamik xossalarini o`rganish, ularning xarakteristik qovushqoqligi bilan molekulyar massasi orasidagi bog’lanish quyidagicha ifodalanishini ko`rsatadi: (19) Bu tenglama Mark-Kun-Xauvink tenglamasi deb yuritiladi. Engil egiluvchan makromolekulalar xarakteristik qovushqoqligi nazariyalari (13) tenglamadagi bilan orasidagi bog’lanish daraja ko`rsatgichi “a” ning 0,5≤a≤1 oraliqdagi bo`lishini ko`rsatadi. Erkin chiziqli model’ polimer zanjirlari uchun , ya`ni “a”=1. erituvchi molekulalari uchun nochiziqli polimer chulg’amlarida erituvchi molekulalari chulg’amligida makromolekula bilan birga harakat qiladi) ya`ni a = 0,5. Bu nazariyalarga qarama-qarshi o`laroq Flori-Foks nazariyasi esa “a” daraja ko`rsatgichining 0,5 dan katta qiymatlarini chulg’amning nochiziqligi bilan emas, balki shu chulg’amlarning termodinamik «yaxshi» erituvchilarda bo`kishi bilan bog’laydi (hajmiy effekt). Haqiqatdan ham, ko`pchilik tajribalarda ko`rsatilgandek termodinamik «ideal» erituvchilarda engil egiluvchan polimerlarning qovushqoqligi bo`ladi. Termodinamik «yaxshi» eruvchilarda esa 0,5 va 0,8 qiymatlarga ega bo`ladi. Shunday qilib, engil egiluvchan makromlekulalar uchun Mark-Kun–Xauvink tenglamasidagi daraja ko`rsatgichi “a”, birinchidan, erituvchining termodinamik xususiyatiga bog’liq ravishda o`zgaradi va ikkinchidan makromolekulalarning chiziqlilik darajasiga qarab 0,5 dan 1 gacha o`zgarishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari 1. M. Asqarov, O.Yoriyev ”Polimerlar fizikasi va kimyosi” Toshkent, ”O’qituvchi” 1993. 2. M.A.Asqarov, B.I.Oyxo’jayev, A.B.Alovuddinov ”Sintetik polimerlar kimyosi” Toshkent, ”O’qituvchi” 1981. 3. U.N.Musayev, T.M.Bobyev, B.Sh.Hakimjonov “Polimerlarning fizik-kimyosi” Toshkent, ”ToshDU” 1994. 4. Sh.A.Qurbonov, U.N.Musayev ”Polimerlarning kimyoviy xossasi va destruksiyasi” Toshkent, ”ToshDU” 1998. 5. U.N.Musayev ”Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi” Ma’ruzalar matni. Toshkent, ”O’zMU” 1999. 6. У.А.Мусаев, А.Каримов, С.С.Хамидов «Некоторые аспекты синтеза полимеров медицинского назначения» Ташкент, ФАН, 1978. 7. U.N.Musayev, S.R.Yo’lchiboyev, T.M.Boboyev ”Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi” kursi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar uchun metodik ko’rsatma. Toshkent, 1987. 8. www.arxiv.uz 9. www.ziyo.net 10. www.ximiya.com Download 301.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling