Yuqori molekulyar birikmalar reja
Quyi molekulyar birikmalardan polimerlar olish
Download 404.82 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza Yuqori molekulyar birikmalar
20.3 Quyi molekulyar birikmalardan polimerlar olish
~[CH 2 CH O COCH 3 ]~ n NaOH ~[CH 2 CH OH ] n + nCH 3 COONa Monomerlardan polimerlar sintez qilish uchun ikkita usul – polimerlash va polikondensatlash ishlatiladi. Polimerlash – mohiyatiga ko‘ra birikish reaksiyasining xususiy holati bo‘lib, qo‘shbog‘ tutgan yoki sikllarning qo‘shimcha mahsulotlar hosil qilmay juda ko‘p monomer molekulalarining o‘zaro bir-biri bilan birikishidan iborat, buning oqibatida polimer va monomer bir xil elementar tarkibga ega bo‘ladi. Polikondensatlash – quyi molekulyar qo‘shimcha mahsulotlar (suv, HCI, ammiak va boshqalar) ajrab chiqishi bilan boradigan yuqori molekulyar birikmalar hosil qiluvchi jarayon bo‘lib, unga o‘rinolish reaksiyasi deb qarash mumkin. Bunda har bir monomer molekulasi xuddi shunday yoki boshqa monomerning funksional guruhlari bilan reaksiyaga kirisha oladigan kamida ikkita funksional guruhlar (OH, COOH, Cl, NH 2 va h.k.)ga ega bo‘lishi lozim. Polikondensatlash reaksiyasi bilan olingan polimerning polimerlanish reaksiyasi orqali hosil qilingandan farqi shundaki, uning elementar tarkibi dastlabki monomer tarkibiga to‘g‘ri kelmaydi, chunki bu reaksiyada qo‘shimcha mahsulotlar hosil bo‘ladi. Polimerlash va polikondensatlash reaksiyalarining keltirilgan ta’riflari asosan monomerlar va polimerlarning tuzilishi va tarkibidagi farqni aks ettiradi. Bundan tashqari yanada ahamiyatliroq bo‘lgan polibirikish reaksiyalari ham mavjud bo‘lib, ular polikondensatlash reaksiyasiga o‘xshasa-da, quyimolekulyar qo‘shimcha mahsulotlar ajrab chiqishi bilan bormaydi. Polimerlanish jarayonining o‘ziga xos tomoni shundaki, monomer molekulalarining birikishi - faol markazlar ishtirokida amalga oshadi va har bir birikishdan keyin yangi faol markaz hosil bo‘ladi: M M R M M R MM R M R M R x M x M x M 1 ) 1 ( ) ( ) ( Reaksiya oxirgi zveno o‘z faolligini yo‘qotguncha yoki reaksion aralashmadagi monomer batamom tugamaguncha davom etadi. Polikondensatlashda esa zanjir o‘sishi nafaqat monomer molekulalaridagi, balki ularning o‘zaro ta’siridan hosil bo‘lgan mahsulotlar tarkibidagi funksional guruhlar hisobiga boradi. Boshqacha aytganda, zanjir o‘sish jarayonida polimerlashdagi kabi monomer molekulalari reaksiya davomida to‘planadigan ancha yirik zarrachalar misoli qatnashadi. М х + М у М х+у Polimerlash va polikondensatlash mexanizmlarining o‘ziga xos tomonlari quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: Download 404.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling