Yuqori molekulyar birikmalar reja


 Yuqori molekulyar birikmalarning sinflanishi va nomlanishi


Download 404.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi404.82 Kb.
#1608175
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-ma\'ruza Yuqori molekulyar birikmalar

20.2. Yuqori molekulyar birikmalarning sinflanishi va nomlanishi. 
Ularning muhim vakillari 
 
1. 
Barcha yuqori molekulyar birikmalar kelib chiqishiga qarab quyidagicha 
sinflanadi: 
2. 
Sintetik polimerlar – quyi molekulyar birikmalardan sintez yo‘li bilan olinadi; 
3. 
Tabiiy polimerlar – tabiiy materiallardan olinadi; 
4. 
Sun’iy polimerlar – tabiiy polimerlarni kimyoviy modifikatsiyalash orqali 
olinadi; 
5. 
Biopolimerlar – biologik faollikka ega tabiiy polimerlar (oqsillar, nuklein 
kislotalar, ba’zi polisaxaridlar va aralash polimerlar). 
Sintetik polimerlar tabiiy polimerlardan kimyoviy strukturasining soddaligi 
bilan ajralib turadi. Masalan, polivinilxlorid quyidagi sodda strukturaga ega: 
1. 
Sintetik polimerlarning ba’zi vakillari 3000 – 4000 C gacha haroratga chidamli. 
Amerikadagi “Jeneral elektrik” kompaniyasi laboratoriyasining kimyogarlari 
5500oS gacha barqaror turaoladigan rezina olish usulini ishlab chiqdilar. 
2. 
Polimerlarning olinishiga ko‘ra sinflash. 
CH
2
CH
CI
CH
2
CH
CH
2
CH
CI
CI


3. 
Polimerlash – tarkibida qo‘shbog‘ tutgan to‘yinmagan uglevodorodlar 
(monomerlar)dan olish: 
2. Polikondensatlash – strukturasida reaksion qobiliyatli ikki va undan ortiq 
funksional guruhlar tutgan birikmalardan olish: 
n НООС – R - NH


HO [- OC – R – NH -]
n
-H + n-1 H
2

3. Polimeranalogik reaksiyalar orqali polimerlardan polimerlar olish: 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek polimerlarni makromolekulasining 
tuzilishiga ko‘ra organik, elementorganik va noorganik polimerlar guruhlariga 
ajratish mumkin, ammo bunday aniq 3 guruhga ajratish birmuncha qiyin, chunki bu 
guruhlar orasida turli xildagi oraliq birikmalar ham mavjud. 
Organik yuqori molekulyar birikmalarga uglerod atomlaridan tashqari vodorod
kislorod, azot, oltingugurt, galoidlar atomlari tutuvchi polimerlar kiradi. Organik 
polimerlarga bulardan tashqari molekulasi tarkibiga boshqa elementlar kirgan 
bo‘lib, xatto bu elementlarning atomlari asosiy zanjirda bo‘lmay va uglerod atomlari 
bilan bevosita bog‘lanmagan bo‘lsa ham (masalan, organik polikislotalarning tuzlari 
va boshqalar) kiritiladi. 
Elementorganik yuqorimolekulyar birikmalarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
a) zanjiri uglerod atomlari va geteroatomlardan (kislorod, oltingugurt va azot 
atomlaridan tashqari) tuzilgan yuqori molekulyar birikmalar; 
b) zanjirga bevosita ulangan uglerod atomli yon guruhlar tutgan noorganik zanjirli 
birikmalar; 
v) zanjirdagi uglerod atomlari bilan bevosita bog‘langan yon guruhlarga 
geteroatomlar kirgan (kislorod, azot, oltingugurt, galoidlar atomlaridan tashqari) 
uglerod atomlaridan iborat asosiy zanjirli birikmalar. 
Noorganik polimerlar – bular uglerod atomlari tutmagan zanjirdan iborat 
polimerlar. 
Noorganik polimer birikmalarga bir-biri bilan kimyoviy bog‘lar orqali 
bog‘langan turli xil atomlardan iborat zanjirsimon strukturali, zanjirlararo ancha 
kuchsiz bog‘lar mavjud bo‘lgan moddalar taalluqli. 

Download 404.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling