Yuqori molekulyar birikmalar reja
Yuqori molekulyar birikmalar
Download 404.82 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza Yuqori molekulyar birikmalar
20.1.Yuqori molekulyar birikmalar
va ularning ahamiyati Yuqori molekulyar birikmalar makromolekulasida monomer zvenolarining bir- biri bilan bog‘langanligiga ko‘ra chiziqli, tarmoqlangan va fazoviy (to‘rsimon) tuzilishda bo‘ladi. Yuqori asimmetrik darajali uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar chiziqli polimerlar deyiladi va ularni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: – М – М – М – М – М – М – М – Yon tarmoqlarga ega bo‘lgan va bu tarmoqlar soni hamda uzunligi juda katta oraliqda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan zanjirsimon strukturali polimerlar tarmoqlangan polimerlar deyiladi: Bir-biri bilan fazoda ko‘ndalang kimyoviy bog‘lar bilan bog‘langan uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar fazoviy yoki to‘rsimon polimerlar deyiladi : Makromolekula tuzilishiga ko‘ra bunday polimerlar bir xil yoki har xil monomerlardan hosil bo‘lishi mumkin. Bir turdagi monomerlardan tashkil topgan yuqorimolekulyar birikmalar gomopolimerlar deyiladi. Turli xil monomer zvenolaridan tuzilgan polimer birikmalar sopolimerlar deyiladi. Sopolimerlar makromolekulasida monomer zvenolari turlicha birikkan bo‘lishi mumkin. Agar sopolimer M1 va M2 monomerlardan olingan bo‘lsa, ular zanjirda ko‘proq tartibsiz joylashadi. Bunday sopolimerlar statistik sopolimerlar deyiladi va quyidagicha yoziladi: –М 1 – М 2 – М 2 – М 1 – М 1 – М 1 – М 2 – М 2 – Bundan tashqari takroriy sopolimerlar ham mavjud, bularning makromolekulasida monomerlar aniq takroriylik bo‘yicha joylashgan bo‘ladi: – М 1 – М 2 – М 1 – М 2 – М 1 – М 2 – М 1 – М 2 – Makromolekulalari nisbatan yirik kimyoviy bir xil qismlardan (bloklardan) iborat chiziqli aralash polimerlar bloksopolimerlar deyiladi: – М 1 – М 1 – М 1 – М 1 – М 1 – М 1 – М 2 – М 2 – М 2 – М 2 – M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M M Asosiy zanjiri bir xil, yon tarmoqlari boshqa monomerlardan iborat tarmoqlangan sopolimerlar payvand sopolimerlar deb ataladi: Asosiy zanjirning tuzilishiga ko‘ra barcha yuqori molekulyar birikmalar gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar guruhlariga bo‘linadi: Asosiy zanjiri bir xil atomlardan, masalan uglerod, oltingugurt, fosfor va h.k. iborat bo‘lsa gomozanjirli polimerlar hisoblanadi. Makromolekulaning asosiy zanjiri faqat uglerod atomlaridan tuzilgan bo‘lsa, karbozanjirli polimerlar deyiladi: Asosiy zanjir har xil atomlardan iborat bo‘lsa, geterozanjirli polimerlar deyiladi: Polimerlar haqidagi bu tushunchalar, ularning oddiy moddalardan farqlanuvchi xossalari polimer materiallarning turli sohalarda keng ishlatilishini va ularning ahamiyatini tushuntirishga asos bo‘ladi. Tirik tabiat organik yuqori molekulyar birikmalarning mavjudlik shaklidan iborat. U, asosan yuqori molekulyar birikmalardan iborat noorganik dunyo bilan o‘zaro ta’sirda va uning qurshovida rivojlanadi. Yuqori molekulyar birikmalar yer sharida xuddi suv va havodek tarqalgan, ammo bular insoniyat talabini qondirolmaydi. Shuning uchun ham insoniyat mavjud talablarni qondirish uchun, asosan yuqori molekulyar birikmalardan foydalanadi. O‘z ahamiyatiga ko‘ra insoniyat konstruksion material sifatida metallar, energiya manbai sifatida yoqilg‘ilar va oziq-ovqat mahsulotlari (yoqilg‘i bilan oziq-ovqat mahsulotlarining aksariyat qismi yuqorimolekulyar birikmalardan iborat) raqobatlasha oladi. Yuqori molekulyar birikmalarning bunday keng tarqalganligi va nihoyatda katta ahamiyati makromolekulalarning murakkabligi va juda kattaligi bilan bog‘liq. Makromolekuladagi atomlarning soni nihoyatda ko‘pligi tufayli, ular xatto juda sodda elementar tarkibda ham turli xil izomerlarga ega bo‘laoladi. Masalan, 14 uglerod atomidan iborat to‘yingan uglevodorod 1858 strukturaviy izomerga, 20 M 1 M 1 M 1 M 1 M 1 M 1 M 1 M 1 M 2 M 2 M 2 M 2 C C C C C C C C C C O O C C O uglerod atomidan iborat uglevodorod esa, u hali yuqori molekulyar birikma bo‘lmasa-da, 366319 izomerga ega bo‘ladi. Kimyoviy tarkibning murakkablashishi bilan strukturaviy izomerlanish yanada ortadi. Organik yuqori molekulyar birikmalar ahamiyatining turli-tumanligini ta’riflab G. Shtaudinger shunday degan edi: “Hayotiy jarayonlarni anglash uchun biologik kimyo organik moddalarning cheksiz sonini va shunga mos cheksiz kimyoviy reaksiyalarni o‘rganishni talab qiladi”. Quyi molekulyar birikmalar yengil harakatchanligi hisobiga bir-biri bilan yoki yuqori molekulyar birikmalar bilan tez reaksiyaga kirishadi va polimerlarni o‘zgartiradi yoki parchalaydi. Shunday qilib ular makromolekulalarning tabiatda tashuvchilari hisoblanadi. Makromolekulalarning murakkabligi va kam harakatchanligi yuqori molekulalarning uzoq mavjud bo‘lishini hamda turli- tumanliligini ta’minlaydi. Yuqori molekulyar birikmalarning hosil bo‘lish, o‘zgarish va parchalanishining aniq yo‘llari juda murakkab va o‘ziga xos. Shu bilan bir qatorda tabiatda murakkab yuqori molekulyar birikmalar, masalan oqsillarning hosil bo‘lish va o‘zgarish jarayonlarining hayratlanarli qayta tiklanishi kuzatiladi. Oqsillarning biokimyoviy sintezida ularning o‘ziga xosligini belgilovchi nuklein kislotalar muhim rol o‘ynaydi. Nuklein kislotalarning strukturasida oqsil molekulalarini ma’lum yo‘nalishda sintez qilish va ularning aniq qayta tiklanishida hamda organizmning irsiy belgilarini uzatishda mas’ullik asoslari jamlangan. Shu bilan birgalikda oqsil-ferment nuklein kislotalar, polisaxaridlar va boshqa yuqori molekulyar birikmalar sintezini ta’minlaydi. Oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va ularning kimyoviy o‘zgarishlari – fermentlar, gormonlar, darmon-dorilar kabi moddalarning murakkab kompleksi organizm hayot siklining asosini tashkil qiladi. Yuqori molekulyar birikmalar ko‘plab konstruksion materiallarning asosini tashkil etadi. Bunday materiallar yuqori pishiqlik, elastiklik, qattiqlik kabi xossalarga ega bo‘lishi lozim va bu sohada yuqori molekulyar birikmalar bilan faqat metallargina raqobatlasha oladi. Shunga ko‘ra polimer materiallar ishlatilmaydigan sohani topish qiyin. Jumladan, ular samoletsozlik, avtomobilsozlik, mashinasozlik, tibbiyot, oziq- ovqat sanoati, radiotexnika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va baliqchilik tarmoqlari, qurilish, temir yo‘l va boshqa ko‘plab sohalarda keng ishlatiladi. Sanoatning ba’zi sohalarigina yuqori molekulyar tabiiy materiallarni hech qanday kimyoviy-texnologik jarayonlarni qo‘llamay mexanik texnologiya usullari bilan qayta ishlaydi. Bularga asosan, yog‘ochni qayta ishlash sanoati va paxtani qayta ishlashning ba’zi sohalarini kiritish mumkin. Sanoatning deyarli barcha sohalarida yuqori molekulyar tabiiy materiallarni qayta ishlash jarayonlari mexanik va kimyoviy texnologiya bilan birgalikda olib boriladi. Bunda masalan, ip-gazlama, jun va kanop to‘qimachilik tolalari, tabiiy ipak, mo‘yna va charm sanoatlarida mexanik texnologiya jarayonlari asosiy o‘rin tutadi, ammo ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy texnologiyaning muhim jarayonlaridan tola, mato, mo‘ynani bo‘yash va charmni oshlash hamda bo‘yash va h.k.larda kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi. Sellyuloza – qog‘oz sanoatida, xususan, rezina sanoati, plastmassalar, sun’iy tolalar ishlab chiqarishda, aksincha, qayta ishlashning kimyoviy texnologik jarayonlari ustun turadi. Polimerlarning inson salomatligini muhofaza qilish va ekologiya muammolarini hal qilishdagi ahamiyati beqiyos. Tibbiyotda keng qo‘llaniladigan bir marta ishlatiladigan plastmassa shpritslar, sanitariya va gigiyena anjomlari, jarrohlik vositalari, bog‘lovchi materiallar hammaga ma’lum. Polimer materiallardan tayyorlangan davolash xususiyatiga ega bo‘lgan turli xil vositalar, jarrohlikda qo‘llaniladigan choklovchi materiallar, sun’iy a’zolar, protezlar, plastmassadan yasalgan jag‘lar, tishlar, bo‘g‘imlar, qon tomirlari, yurak klapanlari va turli xil protez vositalar tibbiyotda o‘z o‘rnini topgan. So‘nggi yutuqlardan biri shifobaxsh polimer dori – darmonlarning yaratilishi bo‘ldi. Polivinilpirrolidon eritmasi shaklida tayyorlangan qon zardobi o‘rnini bosuvchi vosita sifatida “Gemodez” keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Download 404.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling