Yuqori molekulyar birikmalar reja
Download 404.82 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza Yuqori molekulyar birikmalar
YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR REJA: 20.1. Yuqori molekulyar birikmalar va ularning ahamiyati 20.2. Yuqori molekulyar birikmalarning sinflanishi va nomlanishi 20.3 Quyi molekulyar birikmalardan polimerlar olish Yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar birikmalardan molekulyar massasining nihoyatda kattaligi bilan farq qiladi. Odatda molekulyar massasi 5000 va undan yuqori bo‘lgan moddalar, hoh u tabiiy, hoh sintetik bo‘lsin, yuqori molekulyar birikmalar sinfiga kiritiladi. Demak, yuqori molekulyar birikmalar kimyosi molekulasi yuzlab va minglab atomlardan iborat kimyoviy moddalarni o‘rganadi. Yuqori molekulyar birikmalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ularning molekulalari asosan bir xil qismlardan iborat. Shuning uchun bunday qismlar elementar zvenolar deb nomlanadi. Tabiiy kauchukda elementar zveno izopren molekulasidir: Shu kabi ko‘plab elementar zvenolardan tuzilgan yuqori molekulyar birikmalarni makromolekulalar yoki polimerlar deb nomlash qabul qilingan. Polimerlar va monomerlar oralig‘idagi molekulyar massali moddalar oligomerlar (yunon tilidan olingan bo‘lib, - kam, ko‘p emas, - qism degan ma’noni bildiradi) deb ataladi. Polimerlarning muhim xarakteristikalaridan biri makromolekuladagi elementar zvenolar sonini ko‘rsatuvchi polimerlanish darajasidir. Polimerning molekulyar massasi M va uning polimerlanish darajasi R orasidagi quyidagi nisbat mavjud: m M P бу ерда m – elementar zvenoning molekulyar massasi. Masalan, sellyuloza makromolekulasi 20-30 ming glikozid qoldiqlaridan iborat uzun zanjirsimon makromolekuladan iborat: C H 2 C C H C H 3 C H 2 Tirik tabiatning asosini organik yuqorimolekulyar birikmalar tashkil qiladi. Polisaxaridlar, lignin, oqsillar, pektin moddalar o‘simlik dunyosining asosiy tarkibiga kirib yuqori molekulyar birikmalardan iborat. Yog‘och, paxta, kanop kabi polimerlarning mexanik xossalari ular tarkibida yuqori molekulyar polisaxarid – sellyulozaning katta miqdorda bo‘lishidandir. Bunday yuqori polisaxaridlar assimilyatsion jarayonning so‘nggi muhim natijasi bo‘lib, quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 6nCO 2 + 5nH 2 O [C 6 H 10 O 5 ] n + 6nO 2 Tirik organizm asosini ham yuqorimolekulyar birikmalar tashkil etadi. Bular oqsillar bo‘lib, tirik organizmning deyarli barcha qismi – mushaklar, birlashtiruvchi to‘qimalar, miya, qon, teri, soch, jun, shox, tuyoq va boshqalarni tashkil etuvchilar yuqori molekulyar birikmalardan iborat. Organik yuqori molekulyar birikmalar tirik tabiatda qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, noorganik yuqori molekulyar birikmalar ham shunday rol o‘ynaydi va minerallar dunyosida shunday tarqalgan. Yer qobig‘ining asosiy qismi kremniy, alyuminiy va boshqa makromolekulalar tashkil etuvchi ko‘p valentli elementlar oksidlaridan tashkil topgan. Bular orasida, shubhasiz yuqori molekulyar birikma hisoblangan kremniy oksidi [SiO2]n keng tarqalgan. Yer shari massasining 50% idan ortig‘i kremniy angidrididan iborat, yer qobig‘ining tashqi qismi (granit qavat)da uning miqdori 60% ga yetadi. Kremniyning asosiy qismi yer qobig‘ida toza kremniy oksidi polimeri va yuqori molekulyar murakkab silikatlar (ko‘proq alyuminiy silikatlari) va faqat ozgina qismi quyimolekulyar silikatlar ko‘rinishida bo‘ladi. Kremniy angidridining keng tarqalgan turi tog‘ jinslari va qumning muhim asosiy qismini tashkil etuvchi kvars hisoblanadi. Tog‘ xrustali va ametist ham deyarli toza kremniy angidrididan iborat. O CH 2 OH H OH H H H O H OH O H O H OH H H CH 2 OH OH n Alyuminiy oksidi [Al 2 O 3 ]n polimeri korund minerali va qimmatbaho minerallar – yoqut va sapfir (ko‘kish yoqut) ko‘rinishida uchraydi. Tabiatda uchraydigan elementar uglerodning turli xil modifikatsiyalari (olmos, grafit, amorf uglerod) ham yuqori molekulyar birikmalardir. Organik yuqori molekulyar birikmalar sintezi XIX asr o‘rtalaridan boshlangan. 1835 yilda Renye* vinil xloridning yorug‘lik ta’sirida oddiy quyi molekulyar birikmalardan keskin farqlanuvchi moddaga aylanishini kashf qildi. Keyinchalik bu natija polimer moddalar sintezining birinchilardan ekanligi tan olindi. Polimer atamasi birinchi marta 1833 yilda Berselius** tomonidan kiritilib, u birxil tarkibli, ammo har xil molekulyar massali moddalarga xos ekanligi ko‘rsatildi. Keyinchalik bunday polimerlar polimergomologlar deb atalaboshladi. Asr so‘nggida polimerlanish reaksiyasini organik birikmalar sintezi sohasidagi alohida hodisa emas, balki alohida o‘ziga xos reaksiyalardan biri deb qarala boshlandi. Download 404.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling