Yuqorida ta'kidlab o’tilgan psixik hodisalarning turli ko’rinishlarini


Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari


Download 23.38 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi23.38 Kb.
#1164873
1   2
Bog'liq
psixologiya

Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari mavjud bo’lib, inson faoliyatining maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta'minlaydi. Iroda shaxs faoliyatining ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilmadan iborat bo’lib, u o’zini o’zi boshqarish sifatida dastavval o’ziga, o’z Hissiyotiga va xatti-harakatlariga shukmronlik qilishda aks etuvchi psixologik hodisadir. Irodaning kuchi yoki kuchsizligini aks ettiruvchi holatlar uning individual xususiyatlarini namoyon qiladi. Ana shu atamalardan kelib chiqqan holda irodasi kuchli va irodasi sust (kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy va salbiy fazilatlari, sifatlari, xislatlari, illatlari to’g’risida mulohaza yuritiladi
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi-bu yaqqol ko’rinish (yasnovidenie) deb atalib, voqealik, sholat, shordisa va tasodifni yaqqol oldindan ko’rish, yaqqol qoyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir.


Psixologiya fanining ob’yekti — turli ruhiy fenomen tashuvchilarning jamlanmasi bo’lib, ularning asosiylari xulq-atvor, faoliyat, katta va kichik ijtimoiy guruhlardagi odamlar o’rtasidagi munosabatlari hisoblanadi.
Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyati. Inson I. viy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: I. uchun "men xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan kechinma xosdir.
Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam I. ni talab qiladi. I. mehnatda paydo boʻladi va toblanadi. I. ning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vosi-talari va yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Odamda I. ning qay darajada ekanligi maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. I.viy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki I. deb ataladi. Tashqi toʻsiklar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tash-qi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashki I. deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish (tashqi I.) ichki toʻsiqlar (ichki I.) ni yengish bilan uzviy bogʻliq.
I. ning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik va b. I. kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsikdarni yengar ekan, u kuchli I. egasi hisoblanadi. I. kishining harakteri bilan uzviy bogʻliq, uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi

Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta'kidladi. Uning negizida epifenomenalizm (yunoncha “epi” - o’ta, “phainomenon” g’ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya'ni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ro’y beradigan ruhiy hodisalar to’g’risidagi ta'limotga aylandi.


Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko’lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya'ni yaqqol narsa deb tushuntirdi. U determinizm (lotincha “demerminara” - belgilayman) printsipining, ya'ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan, psixik hodisalarning ob'ektiv sabablari bilan belgilanishi haqidagi ta'limot targ’ibotchisi edi. Nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716), ingliz faylasufi Jon Lokk (1632-1704), ingliz tadqiqotchisi Gartli (1705-1757), frantsuz Didro (1713-1784) kabilar g’oyalar assotsiatsiyasi (bog’lanishi) qonuni, idrok va tafakkurning paydo bo’lishi, qobiliyatlar psixologiyasi haqida muhim ta'limotlarini yaratish bilan fanning rivojlanishiga muhim hissa qo’shdilar.
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi (Galler, Proxazka), buning natijasida psixika miyaning funktsiyasi ekanligi haqidagi ta'limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va frantsuz Fransua Majandi tomonidan yozuvchi va harakat nervlari o’rtasidagi tafovut ochib berildi, uning negizida reflektor yoyi degan yangi tushuncha psixologiya fanida paydo bo’ldi. Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf qilindi. Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta'sirida rus olimi I.M. Sechenovning (1829-1905) reflektor nazariyasi ro’yobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining fiziologik asoslari, mexanizmlari, bosh miya reflekslarining o’ziga xos xususiyatlari tabiatini ochib berish imkoniyatiga ega bo’ldi. Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik, empirik, epifenomenalistik, geshtalt, assotsiativ, vyurtsburg, psixogenetik, reduktsionizm, soliptsizm, gumanistik, biogenetik, sotsiogenetik kabi yo’nalishlari tomonidan to’plangan ma'lumotlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi. Xuddi shu yo’nalishlarning rang-barang metodikalari, metodlari umumiy psixologiya fanining predmetini va uning tadqiqoti printsiplarini aniqlab berdi.
Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling